Sizni kuylayman (she'rlar to'plami). Iqbol Mirzo
Ya'ni odamsan, xolos!
Menga tekkandi pari,
Yo'q, to'g'risi, jin chaldi.
Pirpiradi lablarim:
«Sani go'rasim galdi...»
Hayron turding. Bo'shashding,
Chaqildi ishq chaqmog'i.
Men oshiqdim. Men shoshdim.
Gulga to'ldi quchog'im.
Bilagingdan, labingdan
Binafsha bo'yi keldi.
Bir o't chiqdi qalbimdan,
Tomog'im kuyib keldi.
Shivirlading, shoirim,
Ishq yolg'ondir, yig'ingil.
Muhabbatning oxiri
Pushaymondir, yig'ingil.
Soching yuzimga surdim,
0, ko'zimning qorasi.
Qayda ertaklar yurti,
Qay tomonda Xorazm?
Tongda firoq muqarrar,
Hijron kutar saharda,
Birga ichaylik zahar,
O, agarda, agarda!
... Parilar hiylasini
Bilmas odam bolasi.
Ko'ylagim tugmasiga
Bog'langan soch tolasi...
1995
Dostları ilə paylaş: