Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

SENI  DEB
Zulm  qilsam  har qachon  o'zimga  zulm  etdim, 
Qaramadim  sen  tomon,  ko'zimga  zulm  etdim. 
Imlasang  bormadim  ham,  siltasang  ketmadim  ham, 
Yerdan  uzmadim  tovon,  izimga  zulm  etdim. 
Zulmning  lazzatini faqat mazlum  biladi,
Baxtiyor kimsalarni  ko'rsam  rahmim  keladi.
Hovuzda  xudoyimning  aksini  ko'rgandayman, 
Bulutlar va  baliqlar raqsini  ko'rgandayman.
Yashil  quyosh,  moviy tosh,  safsar ko'z yosh  oralab, 
Odamning  va  Havvoning  nafsini  ko'rgandayman. 
Yuzimga  suvlar urdim,  yuzimga  zulm  etdim, 
O'zimga  zulm  etdim,  ko'zimga  zulm  etdim.
Ko'rlar hamda  karlarning  o'zgacha  baxti  bordir, 
Baxtsizligin  bilmagan  kimsalar baxtiyordir,
Ko'rib,  tinglab turibman,  o'zim  anglab turibman, 
Ixtiyorimdan  xorij tilaklar ixtiyordir.
Bosh  bergali  dor qayda,  ketgali  mozor qayda,
Dil  yorgali  yor qayda,  inon-ixtiyor qayda.
Gulzoringga  kirmadim,  gulimni asrayin  deb, 
Nigohimni  bermadim,  dilimni asrayin  deb.
Adolat,  shafqat,  qadr,  muruvvat,  insof nadir,


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Ko'zlarimdan  ketmading  qulimni asrayin  deb, 
Zulmning  lazzatini faqat qullar biladi,
Baxtiyor kimsalarni  ko'rsam  rahmim  keladi.
Dag'al,  o'jar o'smirni  mayin  etgan  savdolar,
Bozorda  baholarni tayin  etgan  savdolar,
Qorako'z gavharidan  shoda  munchoqlar tizib, 
Yurakni  pufak qilib o'yin  etgan  savdolar,
Nog'ora  qoq,  nog'ora,  lunjing  to'la  zog'ora,
Eshon,  xo'ja  va  qora  o'yin  bilan  ovora.
Chumoli  xirmon  yoysa,  siz dasturxon  yozgaysiz, 
Rizq  axtarib  kalamush  inlarini  buzgaysiz.
Oyni  etagingizga  kulchadek o'rab olib,
Atirgulga  qaldirg'och jasadini  osgaysiz.
Ko'zning  oqu  qorasin  oqu  qora  tosh  qiling,
Go'daklar sut tishidan  guruch  damlab osh  qiling.
Baliqlarga  rang  bergan  musavvirga  qaranglar, 
Bo'yog'i  qurimagan  barmoqlarin  yalanglar.
Dilingiz  rangin  bo'lsin,  kapalak,  qo'ng'iz qo'nsin, 
Tomoshaga  kelsinlar juvonlar,  yosh-yalanglar. 
Hovuzda  xudoyimning  aksini  ko'rgandayman, 
Bulutlar va  baliqlar raqsini  ko'rgandayman.
Har nafasda  bir nafas  umrim  qisqarib  borar, 
Cho'pchaklarga  ishonib cho'pon  qiz qarib  borar. 
Chigal,  xilvat yo'limda  pisib yotibdi  ajal,
Lahza  sayin  pichog'i  ko'ksimni yorib  borar.
Shayton  chalg'itdi,  asli  senga  munosib  edim,
Ko'rgin  deb yuragimni  loylarga  bosib edim.
Ko'klamni tinglab yotsang  bug'doy  ungan  tomlarda, 
Bobo  Mashrab  nafasi  kelar salqin  shomlarda. 
Sababsizdek tuyular bo'g'zingdan  toshgan  o'kinch, 
Simobdek ko'char nedir yuraging  tomonlarda. 
Ko'rlar hamda  karlarning
Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin