Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

YANGI YIL
Qor zarrasin  tutib  qololmas  nigoh,
Goh  zarra  nigohdan  bag'rim  tilindi. 
Qor yog'sin  - yopilsin  izlaring,  gunoh. 
Yangi yil,  yaxshi  yil  bo'lib  kel  endi.
Qormi  -  kul  ostida  miltiraydi  cho'g', 
Ketganlar jon  uzib  ketmaganlar,  yo'q! 
Senga  etganlar bor,  etmaganlar yo'q, 
Yangi yil,  yaxshi  yil  bo'lib  kel  endi.
Dehqonning  uyini to'ldir bug'doyga, 
Sabr ber miskinga,  insof ber boyga. 
Tinchlik,  ko'nglito'qlik shoxu  gadoyga, 
Yangi yil,  yaxshi  yil  bo'lib  kel  endi.
Qirq  yilda  bir yigit kelar olamga,
Yigit yuragimni  ko'mma  alamga.
Yana  qirq  yil  xizmat qilay onamga 
Yangi yil,  yaxshi  yil  bo'lib  kel  endi.
Archajon,  yumshatgil  ignalaringni,
Kel,  tashla,  arazu  ginalaringni.
Ko'kka  chiqay  bosib zinalaringni,
Yangi yil,  yaxshi  yil  bo'lib  kel  endi.
Ko'k toqiga  hilolchiroq  ilindi,
Yorug'  g'ussalarga  oshno  dil  endi. 
Kipriklar ham  oppoq,  atirgul  endi, 
Yangi yil,  yaxshi  yil  bo'lib  kel  endi.
2006

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin