Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

NAVRO'Z QO'SHIG'I
Bahorni  bilmagan  ellarni  ko'rdim,
Bir chechak  kulmagan  erlarni  ko'rdim. 
O'zingni  sog'inib  keladi  navro'z,
Kaftingga  ko'z suray,  dehqonim,  yurtim, 
O'zingdan  o'rgulay,  bog'bonim,  yurtim.
Chuchmoma  chayqalib,  chalar qo'ng'iroq, 
Hayot  hidin  sochar uyg'ongan  tuproq, 
Ildiz suvratini chizadi chaqmoq,
Kaftingga  ko'z suray,  dehqonim,  yurtim, 
O'zingdan  o'rgulay,  bog'bonim,  yurtim.
Mehmonni chorlaydi  sumalaklaring, 
Qizlaring  bog'laydi jamalaklarin.
Saodatga  ko'prik  kamalaklaring, 
Kaftingga  ko'z suray,  dehqonim,  yurtim, 
O'zingdan  o'rgulay,  bog'bonim,  yurtim.
Ey,  kafti  qadog'u  ko'ngli  yumshoq  el, 
Quyoshda  qoraygan,  yuragi oq  el,
Duoga  qo'l  ochgan,  tilagi  oq  el,
Kaftingga  ko'z suray,  dehqonim,  yurtim, 
O'zingdan  o'rgulay,  bog'bonim,  yurtim.
Muqaddas yering  bor,  qutlug'  osmon  bor, 
Suyangan  tog'ing  bor,  dilda  iymon  bor. 
Ulug'  bog'istonga  buyuk  bog'bon  bor, 
Kaftingga  ko'z suray,  dehqonim,  yurtim, 
O'zingdan  o'rgulay,  bog'bonim,  yurtim.
2006
O'ZBEK O'G'LI
Ikki  daryo o'rtasi  keng  dasturxon, 
Tuz totgansan,  tuzlig'ingni  unutma 
Dasturxonni  belbog'  qilib o'stirgan


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
O'zbek o'g'li,  o'zligingni  unutma!
Sadarayhon  bukilgani  -  so'lgani,
Er yigitning  egilgani  -  o'lgani.
Yo'l  bermagil  dushmanlarga  kulgani, 
O'zbek o'g'li,  o'zligingni  unutma!
O'zbek desam jaranglagan tor kelur, 
Undan  oldin  nomus  ila  or kelur.
Burgut kelur,  lochin  kelur,  sor kelur, 
O'zbek o'g'li,  o'zligingni  unutma!
Unutmagil  nasabingni,  zotingni,
Umid  bilan  otang  qo'ygan  otingni.
Asra  erta  kuningni  -  zuryodingni, 
O'zbek o'g'li,  o'zligingni  unutma!
Bo'shamasin  zinhor yog'och  beshiging, 
Qulf ko'rmasin  darvozayu  eshiging. 
Yig'ilmasin  supadagi to'shaging,
O'zbek o'g'li,  o'zligingni  unutma!
Ko'pga  kelgan  kulfatlarga  chap  berma, 
Mahmadona  maynalarga  gap  berma. 
Ko'ngil  obod  bo'lsin,  sirtga  zeb  berma, 
O'zbek o'g'li,  o'zligingni  unutma!
Nochor qolsang  nokas qo'lini tutma, 
Arslonsan-ku tulki  yo'lini tutma. 
O'zingdan  o'zgadan  marhamat kutma, 
O'zbek o'g'li,  o'zligingni  unutma!
2004

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin