Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

SINGLIMGA
"Ko'ngil" degan  so'zga  qofiya "singil". 
Singlim!
Seni  desam  isiydi  ko'nglim.
Yurak xinaguldek o'ynaydi  engil, 
Munisginam,  singlim, 
anisim,  singlim!
Esimda


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
qirovlar bog'lagan  dala,
Tumanda  adashgan  ikki  murg'ak jon. 
Paxta jondan  aziz  bo'lgan  mahallar, 
G'o'zapo'choqdek xor bo'lgandi  inson.
Jovdirab-jovdirab turarding  qaqshab, 
Qo'lchalaring  kuhlab  isitardim  men. 
Tushida  gapirgan tentakka  o'xshab, 
Almoyi,  poyma-poy she'r aytardim  men.
She'r yupanch  edimi,  taskin  edimi,
She'r afsun  edimi,  afsusmidi yo?
Sakkiz yashar dilga  ilhom  berdimi, 
Achindimi xudo,  kuldimi  xudo?
"Ko'ngil" degan  so'zga  qofiya "singil". 
Singlim!
Seni  desam  isiydi  ko'nglim.
Xirmonin  ko'tardi  bugun  o'ttiz yil,
Yana  Farg'onaga  boshladi  yo'lim.
Sho'x edim,  urushqoq,  bezori  edim, 
Haydalgan  paykallar tayyor jangmaydon. 
Qahramonligimni  sen  ko'rsang  derdim, 
Maqtangim  kelardi  senga,  singiljon.
Toki sen  g'ururlan  akangga  qarab, 
Xotirjam  bo'l,  sening  himoyaching  bor. 
Dunyo  bir tarafu  o'zim  bir taraf,
Yana  nima  kerak?
Senga  ne darkor?!
Munisginam  singlim, 
anisim  singlim,
Tuyg'u  so'zga  ko'chsa  -  siyqa,  bachkana. 
O'ylasam  buzilib  ketadi  ko'nglim,
Uni  she'rga  solib turibman,  mana...
Senga  hasratimni  qanday aytayin, 
Sochga  qirov tushdi  kuzak  kelmasdan. 
Yomonga  yaxshilik qildim  atayin, 
Yaxshiga  yomonlik qildim  bilmasdan.
Hamma  yurakka tig'  urar albatta,
Nishon  sifatida  kerakman  asli.
Ne qilay,  yuragim  o'zimdan  katta,
Odam  shaklidagi yurakman  asli...


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Qismat kimni  siylar, 
kimni  kamsitar,
Kim  obro'  -  martaba  istab ovora.
Bechora  emasdir majruh  kimsalar 
Aslida  singlisi yo'qlar bechora!
Meni  shoir qildi  o'sha  dalalar,
Meni  paxtazorga  ko'minglar,  o'lsam... 
Kechir meni,  singlim, 
g'aflatda  agar
Yomon  kun  yoningda  bo'lmagan  bo'lsam.
Sen  borsan,  yonimga  kelolmas o'lim,
Men  borman,  kulfatlar tentiraydi  xor. 
Ko'nglimga  eng  go'zal  qofiya  singlim, 
Xotirjam  bo'l,  sening  Iqbol  akang  bor!

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin