Sizni kuylayman (she'rlar to'plami). Iqbol Mirzo
navolardan salom sizga.
Men so'z aytsam topib aybin,
mudom aksin o'ylagaysiz.
Tosh yurakka tegib qaytgan
sadolardan salom sizga.
Jing'il ichinda o'grilib -
o'grilib sayraydi bulbul,
Nolasi beadog', umri
adolardan salom sizga.
Nahotki bemuruvvatlik
kishini boy etur oxir,
Tabassum deb qo'l uzatgan
gadolardan salom sizga.
Jabr ustiga jafolar
qo'yib havolandi dilbar.
Jafolardan salom sizga,
havolardan salom sizga.
Necha dil berdimu Iqbol
necha bor tavbalar etdim.
Haqiqatdan zavqi ustun
xatolardan salom sizga.
2005
Dostları ilə paylaş: