Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

EY,  DIL...
Ey,  dil,  ne  istaysiz yalang'och  ko'kdan, 
Anvor ummonida titraysiz dir-dir.
Yerga  bir boqingiz  -  qishu  yoz,  ko'klam, 
Kuzlar unutdilar bizlarni  bir-bir.
Imkon  qo'ldan  ketdi  - tugadi fursat,


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Yaqinlar yiroqdan  qaraydi dilgir.
Ko'zani  sindirib jo'nadi  ulfat,
Do'stlar unutdilar bizlarni  bir-bir.
Xayollar qo'ymaydi o'z  holimizga  - 
Lo'livachchalardek yopishqoq  kir-chir. 
Qanotlar bog'lovchi  iqbolimizga 
Hislar unutdilar bizlarni  bir-bir.
Ey,  dil,  o'ksimaysiz,  chekmaysiz alam, 
Yerdan  uzilganning jazoyi shuldir.
Endi  qaytolmaysiz  Farg'onaga  ham,
Izlar unutdilar bizlarni  bir-bir.
Qismat muhabbatni  bizga  ko'p  ko'rgan... 
Yig'lamang,  dunyo  ham  bevafo,  axir. 
Ming  va'dalar bergan,  hatto o'ptirgan 
Qizlar unutdilar bizlarni  bir-bir.
1992

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin