Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

SODIQ CHEGACHI
Sodiq  chegachining  ayoli  xiyonat qildi... 
Chegachi  cho'loq  edi, 
kambag'al  edi,
befarzand  edi  u  ustiga-ustak.
Oysuluv  bo'lsa-da  ayolin  ismi 
suluv emas edi  oydayin.
Ajab,
vafo qilmadi  Oysuluv 
go'zal  bo'lmasa  ham...
Uni  shayton  yo'ldan  urdi,
Sodiqni  urdi  xudo.
Oysuluv


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
yig'ladi  ikki  bukilib...
O'choqdagi  o'chayotgan  o't 
qizil  tillarini  o'ynatib 
masxara  qilardi  Sodiqni.
Qumg'on
kulardi  uning  ustidan 
sharaqlab...
- Yo'qol...  -  dedi  sekingina  chegachi.
Ayol  o'rnidan jilmadi.
Tunda  yo'qolib  qoldi  Sodiqning  o'zi.
Kimdir
uning  gandiraklab  Bachqirariq  tomon  ketayotganini
ko'rganmish...
Biryil  o'tdi,  uch  yil,  besh...
Sodiqning  cho'pdek ozgan, 
aqldan  ozgan  ayoli 
suvqizi  kabi  sochlari yozg'in
o'tirarmish  Bachqirariq  qirg'og'ida.
Qo'llarida  Sodiq  chegachining 
Kamonchasi,  parmabigizi,  sirachi...
«Chiqing,  begim,  ko'nglingizni  chegalab  beray,
Ko'nglingizni  bering,  begim,  chegalab  beray...»
1989


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin