Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

SENI SOG'INAMAN
Seni  sog'inaman,
mening  ko'zlarim  -
Obi  rahmat  kutgan  sahroyi quduq.
Tegramda  qo'rg'oshin  bulut suzar jim,
Darmonim  quriydi,  qarog'im  quruq...
(Quduqning  tubinda jaranglar isming.)
Seni  sog'inaman, 
mening  kiprigim  -
Qamishdek qovjirab,  sinmoqda  tinmay. 
Endi  unga  parvo qilmaydi  hech  kim,
Endi  undan  hech  kim  yo'nolmaydi  nay... 
(Agar nay  bo'lganda  seni  kuylardi.)
Seni  sog'inaman, 
mening  qo'llarim  - 
Ikkita  musicha,  qo'ynimda  yashar. 
Kaftingdan  termoqlik istab donlarin 
Fursat to'kilishin  horg'in  sanashar... 
(Yurak qumsoatdir,  yarmisi  singan.)
Seni  sog'inaman, 
mening  lablarim  - 
Ikkiga  bo'lingan  qontalash  yaproq. 
Titrab to'kilmoqqa  shaydir kun  sari, 
Poyingga tushishni tilashar biroq... 
(Labimda  ikkiga  bo'lingan  isming.)
Seni  sog'inaman, 
mening  sochlarim
Soyadir,  kechaning  ko'lkasi tushgan.
... Tunda  kelolmaysan  meni  axtarib, 
Sochingga  o'ralib,  yiqilib tushma!
1988
ZULFIYA
«Zulfiyaga  qarama, 
Naq  enangni  ko'rasan!


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Meni  yaxshi  ko'radi,
So'ra,  kimdan  so'rasang!» 
Kaltak yerdi Abdulla,
Kaltak eb  ham  qaytmasdi.
- Ol-e,  o'sha  Zulpini, 
Kerakmas!  -  deb aytmasdi.
Aqlli  qiz Zulfiya,
Hammasini  biladi:
Menga  ko'zi tushganda 
Miyig'ida  kuladi,
Darslar kirmas quloqqa, 
Samolarda  xayolim: 
Zulfiyaning  qo'llari 
Ipakdayin  muloyim... 
Kitobimning  ichida 
Jilmayadi  suvrati.
Meni  yaxshi  ko'radi,
Meni  yaxshi  ko'radi...
...  Yillar o'tdi,  Abdulla, 
Hayot bizdan  kuldi-ya.
Senu  mendek yigitdan 
Voz  kechdi-ya  Zulfiya! 
«Zulfiyaga  qarama,
Naq  enangni  ko'rasan!
Meni  yaxshi  ko'radi,
So'ra,  kimdan  so'rasang!..»
Aqlli  qiz edi-ku,
Hammasini  bilardi:
Menga  ko'zi tushganda 
Miyig'ida  kulardi.
Men-ku,  mayli...
Seniyam
Toza  ahmoq  qildi-ya.
Biz  harbiyda  yurganda 
Tegib  ketdi  Zulfiya...
Kitobimning  ichidan 
Uchib tushar suvrati, 
Sevmaganman  men  uni, 
Abdul yaxshi  ko'radi! 
Yirtaman  deb  suvratin, 
Yirtolmayman  har kuni, 
Sevmaganman  men  uni! 
Sevmaganman  men  uni!..
1988


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
XUDBIN
Ehtimol,  men  o'zim  xayolparastman,
Balki  sal  xudparast,  salgina  nodon.
Lekin  nega  endi  ko'kdan-da  pastdan 
Menga joy ajratib  qo'yding,  xudojon?
Nechun  tishlarimda  g'ijirlar havo,
Tushlarimda  esa tulporlar raqsi?
Otam  ham,  onam  ham  begona  go'yo,
Faqat o'zim  yaxshi,  bir o'zim  yaxshi,
Hayronman,  qaerda  xatolig'  o'tgan,
Balki  nafs  kaftidan  bug'doy eganim,
Men  suvdan  qo'rqmasdim,  qo'rqmasdim  o'tdan, 
Men  bunday hayotni  istamagandim.
Qonimda  bir sharpa  -  mushukday yuvosh, 
Yonimda  bir sharpa  -  mushukdek vahshiy. 
Dilshishang  sinmasin,  dildosh,  shishadosh,
Men  seni  bilmayman,  men  o'zim  yaxshi.
Tulporlarim,  keling,  hidlang  yuzimni,
Ko'nglim  tirik  mening,  hayratim  omon.
Hamma  bir g'alati  qadar ko'zini,
Go'yo  hamma  yaxshi,  bir o'zim  yomon.
1990

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin