Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

ISITMA HAQIDA HIKOYA
«Bir uxlab tursang  bo'ldi,
Nima  bo'pti  isitma.
Chopib  ketasan,  o'g'lim, 
Ko'rmagandek  hech  nima...»
Tashqarida  shamolmi,
Yo  bo'rimi  uvlagan?
Uxlash  kerak,  uxlash  shart, 
Sog'ayadi  uxlagan.
Katak-katak dastro'mol,
Onam  artar terimni.
Yashil-qizil  sharpalar 
Suzib yurar erinib.
Boshim  og'ir og'riydi,
Achishadi dimog'im.
Oyoqlarim  bahaybat, 
Begonadek  barmog'im.
Erinchoq,  sur sharpalar 
Quvlagani,  quvlagan.
Uxlash  kerak,  uxlash  shart, 
Tuzaladi  uxlagan.
Men  mezbonmi,  dard  mehmon,


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Ona,  ketdim  tuzalib.
Uzoqib  ketdim  sizdan,
Ota  yurtdan  uzilib.
Yarim  kecha.  YArim  oy,
Yarim  umr,  ehtimol.
Uyqu  kelmas.  Ko'chada 
Itdek uliydi  shamol.
Ko'zlarimdan  o'tib chang, 
Yuragimga  dard  tekkan.
Ona,  ahvolim  yomon,
Menga  yomon  dard tekkan.
Atrofimda  sharpalar 
Aylanadi  erinib.
Kim  menga  malham  bo'lar, 
Kim  artadi  terimni?
Bir uxlab tursam  bo'ldi,
Unut  bo'lar barchasi.
Yurak,  la'nati  yurak 
Tortib-tortib sanchadi.
Harom  bo'ldi  ko'zlarim, 
Harom  bo'ldi  yuragim.
Ey,  tuzalmas  kasalning 
Kimgayam  bor keragi!
Men  ham,  axir,  odamman, 
Sotaman  yo tonaman. 
Xotirjam  bo'ling,  ona 
Hozir uxlab qolaman.
Uyg'onsam  agar,  men  ham  - 
Jilmayaman  pok,  halol.
... Tashqarida  go'dakdek 
Chinqirab yig'lar shamol.
1994

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin