Sizni kuylayman


CHIROYLI QIZ HAQIDA HIKOYA



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

CHIROYLI QIZ HAQIDA HIKOYA
Sen  chiroyli  qiz eding,
Sen  chiroyli  kularding.
Sal  xunukroq  bo'lsayding 
O'zimniki  bo'larding.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Men  ketaman,  gulg'uncha, 
Qarab  qolmagin,  dedim.
Men  murodga  etguncha 
Qarib qolmagin,  dedim.
Visol  nima,  dedim  men, 
Hijron  kerak she'r uchun, 
Qiynoq  kerak she'r uchun 
Armon  kerak she'r uchun.
Qattiq  boqding  so'nggi  payt, 
Labing  titradi  lekin:
«Yaxshi  ko'rasanmi,  ayt, 
Yaxshi  ko'raman,  degin!»
O'yin  qildim,  ko'nglingni 
Kapalakdek haydadim. 
Sendan  topgan  so'zimni 
Chaynab yutdim,  aytmadim.
Xayr,  qishloq,  men  ketdim 
Orzuli  ko'nglim  bilan,
Sevgim  ko'zin  berkitdim 
Qalamli  qo'lim  bilan.
Atay qildim  hammasin,
Atay seni  kuydirdim.
Ochildi  she'r sahnasi  - 
Bari  yolg'on,  uydirma.
Bilib turib  kechdim  men 
Eng  chiroyli  olamdan. 
Arosatga  tushdim  men  - 
Na  shoir,  na  odamman.
Qalbqozon  qaynay-qaynay, 
Quyuldi,  cho'kdi sekin: 
«Yaxshi  ko'rasanmi,  ayt, 
Yaxshi  ko'raman,  degin!»
Umr ketgani  sari 
Yo'qliging  seziladi.
Seni  o'ylab tunlari 
Yuragim  eziladi.
Uyimga  keldi  boylik,
Etakladi omadim.
Ammo sendan  chiroyli 
Va  g'amgin  she'r topmadim.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Men  kim  edim,  ne  uchun 
Shuncha  yo'lim  qarading? 
Xazon  bo'lding  men  uchun, 
Meni  kutib qariding?
Salom,  qishloq,  men  keldim 
Alamli  ko'nglim  bilan. 
Yonimda  xushnud  kelin, 
Erkatoy o'g'lim  bilan.
Oqshom  payti  ko'chadan 
Birtovushni  ilg'adim,
Turib oyoq  uchida 
Yurak yutib,  tingladim.
Kimdir mening  o'g'limni 
Erkalardi,  suyardi.
Mittigina  qo'lini 
O'pib-o'pib  qo'yardi.
Bir gap so'rardi tinmay, 
Javob  kutmasdi  lekin: 
«Yaxshi  ko'rasanmi,  ayt, 
Yaxshi  ko'raman,  degin!»
1995

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin