Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

ONA TUPROQ
Avliyolar,  daholarning  beshigisan, 
Naqshbandlar topgan jannat eshigisan. 
Tiriklikning  navosi  ham  qo'shig'isan  - 
Sen  azizsan,  muqaddassan,  ey sajdagoh, 
O'zbekiston,  ota  makon,  ona tuproq!
Yuragimda tulporlaring  dukurlari,
Qaysi  yurtning  bordir buyuk Temurlari? 
Olovlardan  omon  chiqqan  Semurg'lari,
Sen  azizsan,  muqaddassan,  ey sajdagoh, 
O'zbekiston,  ota  makon,  ona tuproq!
Kimlarningdir ko'kragida  tumor bo'lding, 
Kimlarningdir kiprigida  g'ubor bo'lding, 
Gohida  mard  bir o'g'longa  xumor bo'lding, 
Sen  azizsan,  muqaddassan,  ey sajdagoh, 
O'zbekiston,  ota  makon,  ona tuproq!
Asl  farzand  merosiga  posbon  bo'lgay,
Ozod  elning  orzulari  osmon  bo'lgay, 
Bobolarim  ismin  aytsam  doston  bo'lgay, 
Sen  azizsan,  muqaddassan,  ey sajdagoh, 
O'zbekiston,  ota  makon,  ona tuproq!
Ota  uyin  farog'atin  bilmaganlar - 
Ikkisi  bir,  biri  ikki  bo'lmaganlar, 
Tuproqtegi  bo'lib zor-zor yig'laganlar... 
Sen  azizsan,  muqaddassan,  ey sajdagoh, 
O'zbekiston,  ota  makon,  ona tuproq!


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Naqorat:
Daryolarning  izlarida  daryo  bo'lgay, 
Daholarning  avlodi  ham  daho  bo'lgay! 
Fido  bo'lsa,  shu Vatanga  fido  bo'lgay, 
Fido  bo'lsa,  shu Vatanga  fido  bo'lgay!
2006

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin