Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

AYTGIL,  DO'STIM!
Boshing  egib,  ta'zim  ayla,  shukrona  ayt,
Seni  guldek erkalagan  chaman  uchun. 
Osmonlarda  yurgan  bo'lsang,  tuproqqa  qayt, 
Aytgil,  do'stim,  nima  qildik Vatan  uchun?
Ko'zi  qora,  yuragi  oq  shu  el  uchun,
Tuproq  uchun,  shu  yurt uchun,  chaman  uchun, 
Ulug'  inson  boshlab  bergan  shu  yo'l  uchun, 
Aytgil,  do'stim,  nima  qildik Vatan  uchun?
Eldan  ketib,  el  bo'lganni  kim  biladi?
Don  axtargan  go'shtxo'rlarga  em  bo'ladi.
Dil  qonasa,  ona  tuproq  em  bo'ladi,
Aytgil,  do'stim,  nima  qildik Vatan  uchun?
Qachongacha  qorning  o'ylab o'tadirsan? 
Qachongacha  ko'kdan  chalpak  kutadirsan?
Axir Vatan  bitta,  sen  ham  bittadirsan,
Aytgil,  do'stim,  nima  qildik vatan  uchun?
Buncha  bino qo'yma  zarrin  choponlarga, 
Saratonda  yaproq  bo'lgin  dehqonlarga, 
Suyangani tayoq  bo'lgin  cho'ponlarga,
Aytgil,  do'stim,  nima  qildik Vatan  uchun?
Hech  kimdan  kam  emassan,  kam  bo'lmagaysan, 
Yerda  qolsang,  oftob  bo'lib  kulmagaysan. 
Qachon  belni  mahkam  tortib  bog'lagaysan? 
Aytgil,  do'stim,  nima  qildik Vatan  uchun?
Shu  soylardan  suvlar urgin  yuzingga  sen,
Bir bor nazar solgin  bosgan  izingga  sen,
Shu  savolni  berib  ko'rgin  o'zingga  sen,


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Aytgil,  do'stim,  nima  qildik Vatan  uchun? 
2004

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin