USTOZ — OTANGDAY ULUG‘
Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘,
Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘,
Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘,
Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Temur bosh qo‘ydi mangu ustozining poyiga,
Ustoz o‘xshar olamning Quyoshiga, Oyiga,
Bilim nuri yog‘ilar qadam qo‘ygan joyiga,
Yo‘llar adolat, vafo, muhabbat saroyiga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Ota-ona farzandni keltiradi dunyoga,
Ustoz esa cho‘mdirar ilmu hikmat, ziyoga,
Yerdagi bolalarni ko‘taradi samoga,
Ota-ona fanosin aylantirar baqoga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Deydilar, ustoz jabri — ota mehridan afzal,
Shogirdlarning iqboli — ustoz jabriga badal,
Navoiy demish, kasbni egallagil mukammal,
Saodatning kaliti, bilgilki, ilmu amal,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Ustoz ko‘rmaganlarning yo‘rg‘alashdir odati,
Ezgu bo‘lsin har kimning so‘zi, sa’yi, niyati,
Kam ye, kam de, kam uxla — ustozlar nasihati,
Nechog‘ buyukdur ustoz kalomining qudrati.
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Najot gulin o‘stirar Avloniy gulbog‘ida,
Haq olinur, berilmas — Behbudiy sabog‘ida,
Oqilxonning siymosi «Alifbo» varog‘ida,
Ustozlar iydin yozay qasidam adog‘ida,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
AZIZ MUALLIM
Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.
Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.
***
***
Фан боғининг боғбонисан, муаллим,
Миллион диллар достонисан, муаллим.
Сен ургатдинг маърифатдан зўр китоб,
Бул китобки, нур сочишда зўр офтоб.
Хазинасан, калбинг меҳр дарёси,
Унда порлар улуҳларнинг зиёси.
Дустлик, мардлик, садоқатдан дарс бердинг,
Аклу, идрок, фаросатдан дарс бердинг.
Бутун умринг жонинг фидо фарзандга,
Етаклайсан доим олий максадга.
Бахту, икбол доим Сенга ёр булсин,
Ватанимиз шону шухратга тулсин!!!
***
Сизнинг таълимингиз олмаган ким бор,
Сиз-ку юракларда илк зиё ёққан.
Олимми, шоирми ва ё санъаткор,
Илк бор сизга томон устоз деб боққан
Битта ҳарф дардида риёзат чекиб,
Оқибат кўкка ҳам чиқолган инсон.
Не ажаб сизларни бахтиёр этиб,
Ўрнидан даст туриб, бош эгса шу он.
Буюк Алишербек лутф этган мисол,
Савод ўргатдингиз қанча ранж билан.
Коплаб бўлармикан бу қарзни алҳол,
Узиб бўлармикан юзта ганж билан.
***
USTOZ
Bilim — katta daryo, ustoz, siz — mirob,
Millat ravnaqida murabbiy — oftob.
Zamonlar o‘zgarar, asrlar o‘tar,
Quyoshdek o‘zgarmas Alifbe kitob.
Kundaligim varag‘ida baholar,
Goho a’lo, goho ikki jazolar.
Yo‘l topdik. Ranj chekkaningiz ganj bo‘ldi —
Bolalikda to‘g‘rilandi xatolar.
Esdalik daftarimni qo‘lga oldim,
O‘quvchilik davrimga nazar soldim.
Kechirgansiz qancha sho‘xligimizni,
Sabru-toqatingizga qoyil qoldim.
Keksa ustozimning sochlari oppoq,
Ko‘zlari mehribon chaqnaydi biroq.
Bilim va ma’rifat o‘rgatar hamon,
Hayot maktabida chalib qo‘ng‘iroq.
O‘qimasak, takror o‘qitgan, tolgan,
Manglayida qator ajinlar qolgan.
O‘sha ajinlari tufayli xalqni
Kelajakka eltar to‘g‘ri yo‘l solgan.
***
USТOZIMGA
Sof ezgulik tilagi,
U ham bizga onadir.
Ilm-u hikmat qasrida
Ilk ustoz yagonadir.
Тunlar sizga hamnafas,
Qog`oz, kitob uyulgan.
Qo`lingizda siyohdon
Dil mehringiz quyilgan.
Baholar a'lo, yaxshi,
Ayamaysiz maqtovni.
Charchamaysiz, hormaysiz,
Sabringiz baland tog`mi?!
Yillar o`tib ulg`ayib,
Bergan so`zim oqlayman.
Yuz yoshda ham shu holda
Тurishingiz xohlayman.
***
OLТIN ESDALIK
Umrning eng go`zal lahzalarida
Do`stim, sen-la birga partadosh edik.
Iqbol kitobidan misralar o`qib,
Kamolot yoshiga yonma-yon yetdik.
Yurak eshigini qoqadi sog`inch,
Qaytmas kunlar yodi silar sochlarim.
Bir yorug` sinfda o`qib, sirlashib,
So`ng yuksakka uchgan qaldirg`ochlarim.
Ustozlar sabog`i dilimga tutash,
Oltin hikmatlarin yurakdan tuydim.
Maktab yillarida bahoga to`lgan
Jajji kundaligim avaylab qo`ydim.
Unutib bo`larmi o`sha damlarni,
Qayda bo`lmay hamroh munavvar yodi.
Sinfdoshlarimning umr yo`li keng,
Barq urgan tolega to`lsin hayoti.
***
YURAGIMGA
JOYLANDI
Quchog`ingga kelganimda,
Jajjigina qiz edim.
Senga hayrat-la boqqan,
Ikki chaqnoq ko`z edim.
Kun sayin g`o`r dilimni,
Uyg`otardi saboqlar.
Men bag`ringda ko`p topdim,
Dugona-yu o`rtoqlar.
Yuragimga joylandi,
Ustozlarim so`zlari.
Maktabim, yo`llaringda,
Qoldi jajji izlarim.
Bir kuni shu izlardan,
Boradi mening ukam.
Men kabi quchoq ochib,
Kutib olgin uni ham.
***
MAKТAB CHIROG`I
Ustozlarni ko`p ulug`laymiz,
Otaga ham qiyosdir qadri.
Ey sinfdosh, o`ylab ko`r-chi bir
Тinglaymizmi, ustozning qalbin?!
Ustoz xuddi maktabga ziyo
Olib kirgan o`chmas chiroqdir.
Bu otashga tinmay kuch bergan
Shak-shubhasiz, bilim — mayoqdir.
Ey sinfdosh, ustozlar garchi
Koyisa ham xafa bo`lma hech.
Bilsang faqat u seni o`ylar,
Тo`g`ri yo`lga — bilimga yo`llar.
Shu bois — har soniyaning ham
Qadrin bilib yashamoq kerak.
Ustozlardan ko`p bilim olib
Kelajakka yuz ochsin tilak.
***
USTOZ
Yillar suronimi sochingizdagi oq,
Yoki bo‘rning yuqi tegib ketdimi?
Ezgulik yo‘lida yorug‘ dilingiz,
Ko‘zingiz nuriga singib ketdimi?
Shogirdlar har biri o‘g‘il-qizingiz,
Oqlaydi siz bergan nonu tuzingiz.
Ularning yutug‘i sizning yuzingiz—
Shu bois ko‘zda yosh qalqib ketdimi?
***
USTOZGA
Ustoz! dili bahorim,
Buloqday beg‘uborim,
Ishongan suyanch tog‘im
Omon bo‘ling, ustozim.
Aqlimizga nur ziyo,
Mehribon padar go‘yo,
Berib ta'lim-tarbiya
Omon bo‘ling, ustozim.
Komil avlod bog‘boni,
Yuksaltuvchi vatanni,
Millatning sharaf-shoni
Omon bo‘ling, ustozim.
***
ТOLMANG, USТOZIM!
Sizgadir yurakda asragan so`zim,
Тo mangu ta'zimda turaman o`zim.
Dilimning tubida yangragan sozim —
Ezgulik yo`lida tolmang, Ustozim!
G`am ko`rmay bu dunyo turguncha turing,
Ming yillik mehnatlar huzurin ko`ring,
Shogirdlar baxtidan shod, masrur yuring,
Ezgulik yo`lida tolmang, Ustozim!
Hayot yo`llarimda dildosh, deb bildim,
Yo`limni yoritgan quyosh, deb bildim,
Тole yo`llarida yo`ldosh, deb bildim,
Ezgulik yo`lida tolmang, Ustozim!
***
Siz, muallim inson uchun,
Har bir ilmu urfon uchun,
Rahnamosiz bizlar uchun,
Qalbi daryo muallimlar.
Ko'klar sari parvozimiz,
Dong taratgan ovozimiz.
Siz tufayli qalblar osmon,
Dil guliston muallimlar.
Navnihol bog'larning bog'boni
Niholga fidodir ming joni.
Ilm talab karvonning sarboni
O’zingiz mehribon ustozlar!
Dostları ilə paylaş: |