Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 6
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
657
w
www.oriens.uz
June
2022
adabiyoti”, A.Qayumovning “Qadimiyat obidalari” asarlarida yoritilgan. H.Zarif,
M.Saidov, B.Sarimsoqov, M.Joʻrayev, S.Turdimov, A.Musaqulov, G.Akramov,
J.Eshonqulovlar oʻz ishlarida bu borada u yoki bu darajada toʻxtalib oʻtganlar. Lekin
bu umumturkiy ma’naviy merosimizni oʻrganishda Qosimjon Sodiqov va Nasimxon
Raxmonov xizmatlari beqiyos [2: 136]. Tadqiqot
jarayonida ilmiy bilishning
mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Q.Sodiqov yodgorliklarning tilini, tarixini va falsafiy qarashlarini oʻrganib,
ilmiy tadqiqotlar yaratish bilan bir qatorda Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarini
oʻzbekchaga tabdil qildi. Oʻzbekistondan
topilgan bitiklarga asoslanib, Oʻzbekiston
koʻhna turkiy run yozuvlarining makoni boʻlgan degan xulosaga keldi. Yodgorliklar
tili, uslubiyati, dialektikasi, fonetikasi va morfologiyasini oʻrgandi.
Talabalar uchun
muhim ahamiyatga ega asarlar va darslik kitoblar yaratib, Oʻzbekistonda yangi
turkologiyaning rivojiga katta hissa qoʻshdi. Olimning Oʻrxun-Enasoy
yodgorliklarining tadqiqiga bagʻishlab yozgan asarlarini quyidagi guruhlarga boʻlib
oʻrgansak, maqsadga muvofiq boʻladi:
1. Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarining tilini oʻrganishga bagʻishlangan asarlari:
“Eski uygʻur yozuvi”, “Qadimgi turkiy yozuvlar” va “Qadimgi turkiy til” fanlaridan
dars
matnlari, “Ilk oʻrta asrlar turkiy matnlari nomlarining izohli lugʻati”, “Turkiy
yozma yodgorliklar tili: adabiy tilning yuzaga kelishi va tiklanishi”, “Koʻk turk
bitiklari va ularning tarixiy talqini” nomli kitoblari, “Yozma yodgorliklarda ayrim
undoshlarning taraqqiyot masalasi”, “Kul tigin, Bilga xoqon bitiklaridan oʻrin olgan
“xoqon” soʻzining boshlamalari va yodnomalarining matn tuzilishi haqida”, “Kul
tigin va Bilga xoqon bitiglarining matniy-qiyosiy tahlili”, “Oʻzbekistonda
topilgan
koʻk turk xarfli matnlar”, “Turk-moniy diniy jamoalarida yaratilgan yozma
manbalar”, “Tilshunoslikning dolzarb masalalari” nomli maqolalari, Oʻrxun-Enasoy
yodgorliklarining tilini oʻrganishga bagʻishlangan. Jumladan, “Turkiy yozma
yodgorliklar tili: adabiy tilning yuzaga kelishi va tiklanishi” (2006) tadqiqotida eng
koʻhna hamda oʻrta asrlarda yaratilgan turkiy yodgorliklar asosida oʻzbek
adabiy
tilining shakllanishi, mumtoz adabiy tilning yuzaga kelishi, uning oʻziga xos
xususiyatlari tahlil etiladi.
2. Oʻrxun Enasoy yodgorliklarining tarixini oʻrganishga doir asarlari: “Oʻzbek
adabiy tili tarixidan”, ”Uygʻur yozuvi tarixidan”, “Koʻk turk bitiklari: matn va uning
tarixiy talqini”, “Yozuv tarixi va kitobat san’ati”, “Oʻzbek tili tarixi”, “Turkiy til
tarixi”, “Oʻzbek tilining yozma uslublari tarixidan” nomli kitoblari va “Kultigin va