Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 428
w www.oriens.uz March 2022 paytda jamiyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda chuqur
islohotlar amalga oshirilmoqda. Ulardan ko‘zlangan maqsad «Inson manfaatlari
hamma narsadan ustun», degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish
ustuvor ahamiyatkasb etishini ta’kidlash lozim. Prezident Shavkat Mirziyoev
tashabbusi bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiishlab chiqilgani va 2017-
yildan buyon amalda tatbiq etilayotgani bu borada alohida o‘rin tutadi [4].
Harakatlar strategiyasi negizida yurtimizda davlat va jamiyatning taraqqiyotida
strategik rejalashtirish tizimi yaratilib, aholi turmush tarzi sifat jihatidan yangi
bosqichga ko‘tarilmoqda. E’tiborli tomoni shundaki, jamoatchilik nazorati bir necha
yo‘nalishlarda tashkil etilgan.“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga
oshirishda biz, ilgarigidek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari –mahallalar,
shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar, erkin va xolis ommaviy axborot vositalari
faol o‘rin egallaydi, deb ishonamiz” [3].
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat organlari o‘z faoliyatidan
jamoatchilikni doimiy ravishda xabardor qilib turishi, fuqarolarning turli so‘rov va
murojaatlariga o‘z vaqtida, aniq javob qaytarishi belgilab qo‘yildi. Shu bilan birga,
jamoatchilik nazorati yo‘lga qo‘yildi. Hududlarda fuqarolar mahalliy o‘zini o‘zi
boshqarish organlari, turli yig‘inlar, uchrashuvlarda, jamoatchilik eshituvlari orqali
mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotida daxldorlik tuyg‘usini his
etib, o‘z taklifi va tanqidiy fikr-mulohazalarini erkin bayon qilmoqdalar. Natijada,
joylarda turli darajadagi muammolar ochiq-oshkora o‘rganilib, aniqlangan kamchilik
va nuqsonlar samarali bartaraf etilmoqda.
Muayyan hududni obod va farovon qilish, uni kompleks rivojlantirishga
qaratilgan chora-tadbirlar rejalarini tasdiqlash, to‘ylar va boshqa marosimlarni
o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berish mahalla oqsoqollari vazifalariga kiradi. Umumiy
foydalaniladigan joylarni ta’mirlashdan tortib, ahloqiy tarbiyagacha bo‘lgan muhim
ishlarni ham mahalla bajara oladi.Xalqimizning qadimiy demokratik an’analari ham
mahallada o‘rin topgan. Binobarin, mahalladagi aksariyat oqsoqollar, ko‘zga
ko‘ringan muysafidlar o‘z mahallasining turli muammolarini ijobiy hal qilishda faol
ishtirok etadi. Mahallalardagi xotin-qizlar qo‘mitalari faoliyati ham bundan mustasno
emas. Aholi ana shu tarzda haqiqiy va ham dunyoviy masalalarni birgalikda hal qilib
kelmoqda. Bu jamiyatimizdagi ijobiyhodisa, albatta [5].
Ana shu xususiyatlari bilan mahalla o‘zini o‘zi boshqarish tuzilmasi sifatida
oiladan fuqarolik jamiyatiga o‘tish uchun o‘ziga xos ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi.