O`ZBEKISTONDA IJTIMOIY SOHADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN
O`ZGARISHLAR MAZMUN MOHIYATI
REJA:
1.O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar
2.O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati va boshqaruvini
demokratlashtirishning yangi bosqichga ko’tarilishi.
1.O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida
Ma'muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmoniga sharh e'lon
qilindi.
Mamlakat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida keng ko‘lamli islohotlarning
muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat boshqaruvining mutlaqo yangi va samarali
faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni talab qiladi.
Shu munosabat bilan mamlakatda davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish
va modernizatsiya qilish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash va davlat xizmatlari ko‘rsatish
tizimini takomillashtirish uchun elektron portallar va ma'lumotlar bazalari yaratildi.
Xususan, ruxsat beruvchi hujjatlar va litsenziya olishni soddalashtirish uchun
www.license.gov.uz, «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari
ko‘rsatishni ta'minlash uchun birdarcha.uz veb-saytlari yaratildi. Davlat xizmatlarini
qayta ko‘rib chiqish va optimallashtirish natijasida tadbirkorlik subektlarini ro‘yxatga
olishning tartib-taomillari 4-martaga, ro‘yxatga olish uchun zarur vaqt esa 30
daqiqaga qadar qisqartirildi.
Shu bilan birga, so‘nggi yilda amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlarning obektiv
tahlili, davlat boshqaruvi organlari faoliyati, aholi bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri
muloqot natijalari mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli hal etishga ehtiyoj
vujudga kelganligini ko‘rsatdi.
Dostları ilə paylaş: |