Karimov O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlarini, shart-sharoitlari,tarixiy an’analari va
xalqimiz mentalitetini xisobga olish lozim, degan ishonchdan kelib chiqdi. Jamiyat
rivojlanishining, axoli ongi, tafakkuri o’sishining darajasiga mos
holda demokratlashtirish
jarayonini bosqichma- bosqich o’tkazish g’oyasini ilgari surdi. Demokratiya-xalq hokimiyati. U
yetuk holda birdaniga qaror topib qolmaydi. Bunga davlat va jamiyat xam, axoli va aloxida
fuqarolar xam tayor bo’lishi lozim.
1992- yil 8- dekabr kuni qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi bu
jarayonga qonuniy yo’nalish berdi va uning huquqiy asoslarini, kafolatlarini yaratdi.
Demokratlashtirish mamlakatimiz rivojlanishining konstitusiyaviy talabiga, me’yoriga aylandi.
2010- yil 12- noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va
senatning qo’shma majlisida Prezidentimiz Islom Karimov “Mamlakatimizda
demokratik
islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”
mavzusida ma’ruza qildi. Ushbu ma’ruzada o’ta dolzarb axamiyatga ega bo’lgan muhim
vazifalarni hal etishda davlat hokimiyati tarmoqlarini, xususan, parlamentni yanada
rivojlantirish va mustahkamlash, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, mamlakatimiz sud-
huquq
tizimini, saylov qonunchiligini takomillashtirish, fuqarolik jamiyatini institutlarini,
ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, shuningdek, demokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunchilik
tashabbuslari ilgari surildi.
1
Ma’ruzada ta’kidlab o’tilganidek,o’tgan vaqt mobaynida
mamlakatimizda davlat
hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohatlar juda
muhim bir maqsadga,ya’ni hokimiyatlar bo’linishi konstitusiyaviy prinsipini xayotga
tatbiq etish, hokimiyatlar o’rtasida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali
tizimini shakillantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining
vakilatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini
liberallashtirish va
uning mustaqilligini ta’minlash bo’yicha goyat dolzarb chora-tadbirlarni ko’rishga qaratilgan
edi.
Prezidentimiz “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” (1999- yil.) asari mamlakatimizning
yangi asrdagi taraqqiyoti uchun 6 ta ustuvor yo’nalishni belgilab berar ekan, avvalo siyosiy,
iqtisodiy xayotni, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirishni birinchi ustuvor vazifa
qilib quyilgan edi. Bunda siyosiy sohani erkinlashtirish bilan birga davlat qurilishi va fuqarolik
jamiyatini shakillantirishda asosiy e’tibor kutidagi masalalarga qaratilgan edi.
2
1) hokimiyat barcha tarmoqlarining mustaqil faoliyatini ta’minlash;
2) nodavlat va jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish.
Bunda “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari”konsepsiyasi belgilab berildi.
Bu masalalarni bevosita amaliyotga tatbiq qilish uchun “Ozod va obod Vatan, erkin va
farovon xayot – pirovard maqsadimiz ” (2000yil.) risolasi xam 7 ta ustuvor vazifadan birinchi
va ikkinchi vazifa qilib siyosiy sohada quyidagi masalalar belgilab berildi.
1
Bekmatov B. Davlat xokimyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi. // Xalq so’zi.-2011.-14-iyun
2
Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan. T.,- O’qituvchi., 2011.-29-b
1.Siyosiy sohada;
1) siyosiy xayotning
barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish
2) ko’ppartiyaviylik muxitini ta’minlsh;
3) nodavlat tuzilmalari, fuqarolik jamiyatini qaror toptirish;
4) fikrlar xilma-xilligiga erishish. Ommaviy axborot vositalarini tom ma’noda “To’rtinchi
hokimiyat” darajasiga ko’tarish;
Bu jarayonda markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari va ma’muriy
organlarning vazifalarini o’zgartirishga, ularning boshqarish, tartibga solish va taqsimlash
borasidagi vakolatlarini, xujalik tuzilmalari faoliyatiga bevosita
aralashuvini keskin
qisqartirishgakatta e’tibor berildi.
Ularning vakolatlarini bozor tamoillariga muofiqlashtirish va pirovard natijada
davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini jiddiy kamaytirish ko’zda tutildi. Boshqaruv
sohasini markazlashtirishni cheklash, bu boradagi vazifalarning bir qismini respublika
darajasidan viloyat, tuman va shahar miqyosiga o’tkazish, O’zbekistonda mahalliy o’zini o’zi
boshqarishning noyob shakli bo’lgan mahalla tizimini shakillantirish masalalariga katta
axamiyat qaratildi.
Ikki palatali milliy parlamentimizni tashkil etish masalasi bo’yicha 2002- yil 27-
yanvarda o’tkazilgan referendum yakunlari ba shu asosda “Referendum yakunlari hamda davlat
hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to’grisida”gi konstitutsiyaviy qonunning qabul
qilinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning asoslarini belgilab berdi.
Bundan tashqari ko’zlangan asosiy maqsadlar parlament tomonidan o’z vakolatlarini
amalga oshirish jarayonida o’zaro tiyib turish va manfaatlar
muvozanati tizimini
shakillantirish,qonun ijodkorligining sifatini jiddiy ravishda oshirish,umumdavlat va xududiy
manfaatlarning mutanosibligiga erishishdan iborat edi. Bu borada tarkib jihatidan asosan xalq
deputatlari mahalliy Kengashlari vakilaridan tashkil topgan yuqori palata – Senatning xududlar
manfaatlarini ifoda etishi, kuyi-Qonunchilik palatasi esa o’z faoliyatini doimiy professional
asosda amalga oshirishi xisobga olindi. Milliy parlamentimizning rivojlanishida yangi
parlament va uning
xar bir palatasining maqomi, vakolatlari va faoliyat mexanizmlari aniq
belgilab berildi. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi to’grisida”gi va
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’grisida”gi konstitusiyaviy qonunlarning
2003- yilda qabul qilinishi aloxida axamiyat kasb etdi.