davlat boshqaruvini byurokratiyadan xoli qilish va uning sarf-xarajatlarini pasaytirish,
boshqaruv qarorlari qabul qilish tizimining faoliyat samaradorligini va shaffofligini
oshirish;
strategik rejalashtirish, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar tizimini
joriy etish;
iqtisodiyot tarmoqlariga ma'muriy ta'sir ko‘rsatishni yanada qisqartirish hamda
boshqaruvning sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, mamlakatning investitsiyaviy
jozibadorligi va aholining ishchanlik faolligini oshirishga qaratilgan bozor
mexanizmlarini kengaytirish;
jamoatchilik va parlament nazoratining, eng avvalo, korrupsiya ko‘rinishlarining
oldini olishga qaratilgan samarali shakllarini joriy etish.
2. Fuqarolar huquq va erkinliklarini ta'minlashning ta'sirchan mexanizmlarini
yaratish, ularning farovonligini va ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatidan
qanoatlanganlik darajasini yanada oshirish, shu jumladan, quyidagilar orqali yanada
oshirish:
davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan huquqiy munosabatlarini aniq
tartibga solishga qaratilgan ma'muriy tartib-taomillarni takomillashtirish;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlari va harakatlari ustidan shikoyat qilish
tartibini takomillashtirishni, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini kollegial
eshitish mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi ma'muriy adliya tizimini
rivojlantirish;
«Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishning
samaradorligini oshirish;
jamiyatda
qonun
ustuvorligini
ta'minlash,
qonuniylik
va
huquq-tartibotni
mustahkamlash.
O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasida nazarda tutilgan
chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, so‘zsiz, innovatsion rivojlanishning zamonaviy
tendensiyalari va jahon standartlarini hisobga olgan holda davlat boshqaruvi tizimini
modernizatsiya qilishga yangi kuch bag‘ishlaydi.
Umuman olganda, O‘zbekiston Respublikasida ma'muriy islohotlarning amalga
oshirilishi «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi
kerak» degan ulug‘vor g‘oyani hayotga to‘liq tatbiq etishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: