Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 6
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
997
w
www.oriens.uz
June
2022
5) Magadxa davlatining yuksalish davri (eramizgacha
birinchi ming yillikning
o‘rtasi); 6) Maurya davlatining yuksalish davri (eramizgacha 322-185-yillar).
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bu davrlar Qadimgi Hindistonning siyosiy jihatdan ibtidoiy tuzumdan
quldorchilik tuzumiga o‘tishi, davlatchiligining shakllanishi; iqtisodiy jihatdan
mehnat
taqsimotining chuqurlashuvi, xo'jalik faoliyatining tarmoqlashuvi, tovar-pul
munosabatJarining paydo bo'Iishi; ijtimoiy sohada sotsial tabaqalashuvning kelishi;
ma’naviy hayotida esa mifologiyaning rivojlanishi va falsafiy sistemalarning yaratila
borishi bilan xarakterlanadi.
Xususan, qadimgi hind jamiyati sotsial strukturasi
xalqning turmush tarzi,
ma’naviy hayotiga katta ta’sir o‘tkazgan. Uning xarakterli xususiyatlaridan biri varna
(Yevropada u kasta degan nom bilan ataladi)larga bo'linishidir. Ular braxmanlar,
kshatriylar, vayshlar, shudralar bo‘lib, har bir varna o'zining ramziy rangiga ega:
braxmanlar – oq, kshatriylar – qizil, vayshlar - sariq, shudralar - qora rangda. Har bir
varna kishilarning o‘z-o‘zi bilan chegaralangan yopiq guruhidan iborat bo‘lib,
jamiyat hayotida aniq o'miga va mavqeiga ega; nikohlar
ham varna ichida tuzilgan,
varnaga mansublik avloddan avlodga o‘tgan. Vamalarning faoliyat yuritish turi ham
belgilab qo‘yilgan: aqliy mehnat bilan oliy tabaqa – braxmanlar (kohinlar), harbiy ish
bilan – kshatriylar, yer ishlari, hunarmandchilik,
savdo bilan - vayshlar; og‘ir
jismoniy ishlar bilan – shudralar shug'ullanishgan. “Braxman” (shavkatli hayot) so‘zi
qadimgi hindlarning bosh xudolaridan birining nomidan olingan. “Kshatriy” so'zi
“kish” – egallamoq, egallash, boshqarish fe’lidan olingan. “Vaysh” sodiqlik,
bog'liqlik, degan ma’nolarga ega. “Shudra”so‘zining ma’nosi va kelib chiqishi noaniq.
Dastlabki uchta varna oriylardan tashkil topgan.
Ular uchun jamiyatda bilim
o‘choqlari, eshiklari ochiq edi. Hokimiyat, boshqaruv ishlari braxmanlar qo’lida
bo’lgan.
Hindistonda falsafagacha bo‘lgan fikrlar 3 ta manbada mujassamlashgan:
vedalar (veda-muqaddas bilim), Maxobxorot (18 kitobdan tarkib topgan epik asar;
falsafiy g‘oyalar, asosan, Mokshadxarma - qutulish, saqlanish yo‘lida, o‘z
ifodasini
topgan), Bxagavadgita (Uohiy qo'shiq) va Anugite. Hozirgi hind faylasufi -
Aurobindo Gxoshning ta’kidlashicha, “Maxobxorot” -yakka, indivudual ong emas,
milliy ong ijodi. “U xalqning o‘zi to‘g‘risida yozgan poemasidir [1, 29]”.
Qadimgi hind falsafasi evolyutsiyasi to‘rt davrga bo‘linadi.
1. Veda davri (eramizdan avvalgi 1500-600-y.). Bu davr oriylarning joylashishi
va ular madaniyatining yoyilishi, “o‘rmondagi universitetlar”ning paydo bo‘lishi
davri.