sharoitlarida elektron tijoratni tashkil qilish hamda boshqarish masala va muammolariga bag’ishlangan ushbu darslik hozirgi paytda tezkorlik bilan rivojlanayotgan va bir qancha shov-shuvlarga sabab bo’layotgan raqamli iqtisodiyot hamda uning tarkibiy qismi bo’lgan elektron tijorat sohasiga hamda uning infratuzilmasini atroflicha tavsiflab beradi. Unda zamonaviy elektron tijorat hamda raqamli iqtisodiyotning asosi bo’lgan muammolar bilan bog’liq masalalar, raqamli iqtisodiyotga o’tish mexanizmi, elektron tijorat va elektron biznesning bir qancha samarali biznes modellari haqida ko’plab qimmatli ma’lumotlar berilgan.
RAQAMLI IQTISODIYOT
Raqamli iqtisodiyot” atamasi birinchi bo‘lib 1995 yilda Don Tepkott muallifligida chop etilgan “Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli intelekt asrida va’da va xavf-xatar” (The Digital Economy: Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence) nashrida alohida tushuncha sifatida istiloh etilgan.
Raqamli iqtisod - xo'jalik yuritishning yangi zamonaviy shakli bo'lib, unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko’rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni hizmat qiladi.
RAQAMLI IQTISODIYOT QUYIDAGILARDA NAMOYON BO’LADI
Bu yangi kadrlar va yangi ish joylari hosil bo'lishida