Smart – O’qitish muhiti elementlari reja: “Smart” atamasi haqida tushuncha



Yüklə 217,5 Kb.
səhifə2/2
tarix03.12.2023
ölçüsü217,5 Kb.
#172380
1   2
Anvarova Nilufarxon

SMART muhit - innovatsion texnologiyalarga asoslangan intellektual virtual o‘quv muhiti;

  • innovatsion metodologiya bilan qurollangan SMART pedagogika;

  • Ilg‘or ta’limiy maqsadni ko‘zlagan SMART qobiliyatlar. (1.3.2.-rasm.)

    SMART pedagogika - shaxsga yo‘naltirilgan, hamkorlik va konteksli ta’limni moslashtirilgan o‘quv xonalarida tashkil etish jarayonidir.
    SMART qobiliyatlar bu maqsad va mohiyatni aniqlash, o‘rganish va tadbiq qilish, hamkorlik, yaratuvchanlik hamda murakkab muammolarni hal etish kabi faoliyatni o‘z ichiga oladi. Aqlli pedagogika aqlli qobiliyat bilan uzviy aloqada, jumladan, intellektual virtual o‘quv muhiti aqlli pedagogikani shakllantirsa, u esa o‘z navbatida motivatsiyani oshirish maqsadida aqlli qobiliyatlar faoliyatiga murojaat qiladi.

    AQSH da 2015 yilda Discovery Education kompaniyasi tomonidan qator fanlardan “Smart education” ta’lim muhitida ishlashga mo‘ljallangan texnologik darsliklar yaratilgan. Mazkur texnologik darslik o‘zining tuzilmasi, o‘quv materiallarining rang-barangligi, interfaol muloqot va o‘quvchilarning individual ta’lim olish traektoriyalarini tanlash imkoniyatlari nazorat va tarqatma materiallar, o‘qituvchilar uchun uslubiy ta’minotning mavjudligi hamda uning


    mazmuni takomillashtirish uchun ochiqligi bilan ajralib turadi. Darslikda har bir mavzu bo‘yicha nazariy materialni o‘rganish, o‘zlashtirilgan bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirish uchun mashqlar va nostandart vaziyatlarda bilim va ko‘nikmalarni amalda qo‘llash va tadbiq qilishga doir turli xil interfaol mashq va topshiriqlar o‘rin olgan [150].
    Yuqorida sanab o‘tilgan ilmiy ishlarda, ko‘pgina hollarda tasnif ta’limda elektron axborot resurslarini yaratish, ularning xossalari va joriy qilish muammolariga asoslangan bo‘lsada, ularni o‘qitish metodikasiga qo‘yiladigan talablar va joriy qilish muammolari, ulardan foydalanish metodikasi yetarlicha o‘rganilmagan.
    “Tarmoq texnologiyalari” fani bo‘yicha integrativ elektron o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda quyidagi talablar bajarilishi zarur deb hisoblaymiz [102]:

          1. Umumiy pedagogik talablar: elektron o‘quv materiallar tarkibiy tuzilmasiga ko‘ra o‘quv fanining mazmuniga mos kelishi lozim; elektron o‘quv materiallar muammoli va ijodiy izlanishni talab etadigan topshiriqlar, talabalarning intellektual qobiliyatini rivojlantirishga imkon beruvchi tizimga ega bo‘lishi kerak; elektron axborot ta’lim resursi o‘quv faoliyatining axborotni izlash, yig‘ish, saqlash, tahlil qilish va ishlov berish, loyihalash, konstruksiyalash, tajriba natijalariga ishlov berish hamda nazorat topshiriqlarni izchil bajarib borishni borasidagi harakatlarni avtomatlashtirishni ko‘zda tutishi shart; laboratoriya mashg‘ulotlarida tarmoqlarni imitatsion modellashtirish, tarmoqlarni loyihalash va tuzish jarayonlarini simulyatorlar yordamida virtuallashtirish lozim. Buning uchun UNenLab (Unified Networking Lab), Boson NetSim, HP Network Simulator, Huawei eNSP, Common Open Research Emulator, Line Network Emulator, Modeler va Cisco Packet Tracer kabi simulyator dasturlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.

          2. Metodik talablar – o‘quv materiali fikrlashning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o‘zaro bog‘liqligiga tayangan holda taqdim etilishi hamda tizimlashtirilgan bo‘lishi zarur; talabalar elektron axborot ta’lim resursidan foydalanar ekan, o‘quv materialini bosqichma-bosqich o‘zlashtirib borish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.

          3. Psixologik talablar - o‘quv materialini virtual usulda namoyish qilish nafaqat verbal, balki kognitiv jarayonning sensor (hissiy) va ko‘rgazmali holatlariga mos kelishi kerak; Elektron shakldagi o‘quv- axborot resursida talabalarda obrazli va mantiqiy fikrlash qobiliyatini

    rivojlantirishga xizmat qilishi, simulyatorlar yordamida kompyuter tarmoqlarini loyihalashda qurilma va jihozlarning sxematik tasvirlarini fizik ko‘rinishiga qiyoslay olish imkoniyati mavjud bo‘lishi.

          1. Texnik talablar – tarmoq texnologiyalari modulidagi bitta ma’ruza standart ya’ni, to‘rt-besh betdan oshmagan matndan iborat, nazorat testlari hajmi (savol va topshiriqlar) bir ma’ruza mashg‘uloti uchun 10 tagacha bo‘lishi lozim. Elektron axborot ta’lim resursini yaratishda imkon qadar ssenariya va rasmlarning eskizlari kadrlarga bo‘lingan bo‘lishi zarur.

          2. Dasturiy talablar - elektron axborot ta’lim resursining dasturiy qismi TCP/IP transport protokolidan foydalangan holda HTML – bichimida bo‘lishi; elektron axborot ta’lim resursi bazasidagi ma’lumotga bir vaqtda bir nechta foydalanuvchining murojaat qilish imkoniyatining ta’minlanganligi; tizimli WEB-serverlar imkoniyatidan foydalanish; elektron axborot ta’lim resursi ishlaydigan muhitning Windows 7 va undan yuqori bo‘lishi; ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun serverdan foydalanish; multimedia vositalari (ovoz, video va shu kabilar)dan foydalanish va xakozo.

    Ma’lumki, “Tarmoq texnologiyalari” faniga doir zamonaviy eksperimental qurilmalarning ko‘pchiligi ancha murakkab, katta hajmli va qimmat turadigan majmualardan iborat bo‘lib, ular narxi, o‘lchamlari, ishlatilishi shartlari bo‘yicha biroz murakkab va shuning uchun ko‘plab oliy ta’lim muassasalarda o‘quv jarayonida ko‘pgina laboratoriya ishlari va eksperimentlar kam o‘tkaziladi. SHuning uchun mavjud muammolarni hal qilish usullaridan biri - bu virtual laboratoriya va imitatsion modellardan foydalanish mumkinligini e’tiborga olib, biz virtual texnik laboratoriyalarning quyidagi turlaridan foydalanishni taklif etamiz: asbob va uskunalar, bo‘yicha virtual laboratoriyaning asosiy vazifasi - bu eksperimentlardan foydalaniladigan asboblar va qurilmalarni o‘rganish hamda zarur malakalarni egallash. Asbob va anjomlar amaliyotini o‘tkazish uchun ishni haqiqiy qurilmalarda to‘liq bajarishga (taqlid qilib takrorlashga imkon beruvchi) haqiqiy uskuna va asboblarning virtual analoglari (o‘xshashlari) kerak bo‘ladi. Ayniqsa, bu ana shu asbob va uskunalarni boshqarish organlari va usullariga taaluqlidir; texnik virtual laboratoriyalar - ularning vazifasi nazariy materialni o‘zlashtirishni mustahkamlash uchun standart tajribalar va eksperimentlarni o‘tkazish malaka va metodikasini egallash; kognitiv virtual laboratoriyalar - ma’ruza mashg‘ulotlarini ta’lim oluvchi uchun yangi, uning empirik tajribasiga zid bo‘lmagan mavzular bo‘yicha tashkil etishni taqozo etadi; gnoseologik virtual laboratoriyalar - ularning vazifasi ta’lim oluvchining odatdagi empirik bilimidan farq qiluvchi, ko‘pincha ularga zid keluvchi yangi tushuncha va tasavvurlarni o‘zlashtirishda yordam berish hisoblanadi; kreativ virtual laboratoriyalar
    - ta’lim oluvchining ijodiy tafakkuri shakllantirishga va qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltiriladi; tadqiqotchilik virtual laboratoriyalari - ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishga va yangi bilimlarni egallashga mo‘ljallangan. Bunday laboratoriyalar uchun virtual laboratoriya asosiga qo‘yilgan matematik model hisoblash imkoniyatlari muhim ahamiyatga ega[127].
    SMART-texnologiyalar va “Buyumlar interneti” ni qo‘llash orqali o‘quv jarayonida quyidagi imkoniyatlarga erishish mumkin:

    1. Butun dunyo bo‘yicha ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilarni birlashtirish: Bunda ta’lim oluvchilar bosma adabiyotlarni qisqa vaqt ichida C-Pen Reader OCR Brauzer yoki Scanmarkerlardan foydalanib elektron ko‘rinishga o‘tkazadilar, uy yoki auditoriyada raqamli markerlar, interaktiv doskalardan foydalanib dunyo bo‘ylab o‘z tengdoshlari, o‘qituvchi va murabbiylar bilan hamkorlik qila oladilar. Talabalar QR ya’ni Quick Response - tezkor javoblarni qo‘llab topshiriqlar oladilar yoki boshqa turdagi ta’lim resurslariga bog‘lanadilar. QR kodlarni o‘qishda o‘z mobil smartfonlaridan (telefon) foydalanishlari mumkin.

    2. Texnologik jihatdan zamonaviy takomillashgan SMART – universitetlar tashkil etish: “Buyumlar interneti” aqlli universitetlarni fizik va tuzilmaviy muhitini yaxshilashga yordam beradi. Zamonaviy oliy ta’lim muassasalarning eng muhim jihatlaridan biri uning uzluksiz tarzda faoliyat olib boruvchi yuqori darajadagi shaxsga yo‘naltirilganligidir. OTMlardagi kerakli ma’lumotlar va ko‘rsatmalarni uzatish va qabul qilib olishda Wi-Fi tarmog‘idan foydalanadi.

    “Buyumlar interneti”ni vazifasiga ko‘ra o‘quv muassasalar asab tizimi desa ham bo‘ladi. Chunki, ular “aqlli” dars rejalarini tuzish, darslarni kuzatib borish, axborotlardan foydalanish darajasini yaxshilash, xavfsizlikni ta’minlash va boshqa shunga o‘xshash vazifalarni bajarishda asosiy rol o‘ynaydilar. Bugungi kunda “Buyumlar interneti” texnologiyalari auditoriya va undagi uskunalarni boshqarishning zamonaviy usuli sifatida o‘zini namoyon qilmoqda.

    1. Havfsiz va ishonchli ta’lim muhitini ta’minlash: O‘quv binosi va uning atrofini himoya qilish va havfsizligini ta’minlash masalasi ham bugungi kunning eng asosiy e’tiborni qaratish lozim bo‘lgan

    masalalardan biri hisoblanadi. Texnologik jihatidan yuqori darajali sensorlar, kuzatuv kameralari, RFID (ingl. Radio Frequency IDentification, radiochastotali identifikatsiya) va boshqa turdagi tarmoqqa ulangan uskunalar binolarni monitoring qilish va kuzatish uchun xizmat qiladi[151].

    1. Mobil qurilmalar va ularga o‘rnatilgan maxsus dasturlar hamda ilovalardan samarali foydalanish: Smartfonlardan samarali foydalanish bilim olish va ta’lim berish usullarini asta-sekin o‘zgartiradi. Bu qurilmalar yordamida talabalar o‘zida grafika, video va animatsiyalarni jamlagan 3D grafika va darsliklar yaratish imkonini beradi. Bu erda IoT

    • buyumlar interneti o‘yinni o‘zgartirish vositasi sifatida qaraladi va u foydalanuvchiga turli tuman ta’limiy o‘yinlarni taklif qiladi. Bundan tashqari yangi o‘qitish metodlarini ham taklif etadi. IoT qurilmasi motorining datchiklari yangi va qiziqarli narsalarni o‘zlashtirishni ta’minlaydi.

    1. Innovatsion muloqot: IoT (Buyumlar interneti) talabalarga turli usullar va qurilmalardan foydalanish orqali o‘qituvchilar bilan muloqot qilishga yordam beradi. O‘qituvchi har bir talabani kuzatib borishi va onlayn vositalardan samarali foydalanish orqali ularga uy vazifalari yoki boshqa ta’lim loyihalarini topshirishi, shuningdek, ish faoliyatini natijasini ham kuzatishi mumkin. IoT talabalarni zamonaviy va xavfsiz muhitda so‘z va harakat erkinligini ta’minlaydi.

    2. Smartboards (Aqlli doskalar): Talabalar ma’ruzalarni oson tushunishlari uchun Smartboards - aqlli doska kabi yangi vositalarni ishlatishadi. Talabalar shuningdek, onlayn taqdimotlar va videolarni tayyorlashlari ham mumkin. Vebga asoslangan uskunalar va dasturlar talabalarga yangi materialni yaxshi o‘zlashtirishlarida bo‘r va oddiy an’anaviy doskalardan ko‘ra ancha samarali yordam beradi. SmartBoard interaktiv doskasi bilan SmartNotebook dasturi bir to‘plam bo‘ladi. Ushbu dastur doskada chizilgan va yozilgan barcha ma’lumotlarni saqlash bilan birga yaratilgan taqdimot slaydlarini shakllantirishi ham mumkin. Bunda qo‘lyozma matnni aniqlashtirish va bosma holatiga o‘zgartirish, ya’ni klaviatura bilan kiritgan kabiga o‘tkazish mumkin. Adobe Photoshop, Corel Draw kabi grafik muharriri dasturlarida tayyorlangan umumiy materiallarni SMART Notebook dasturiga o‘tkazsa (import) bo‘ladi. Vaholanki, talabalarda butun loyiha qamrovida ishlash sharoiti tug‘iladi (grafiklar, animatsiyalar qo‘yish)

    Davomatni nazorat qilish: Ushbu tizim o‘quv muassasa administratsiyasiga talabalar davomatini nazorat qilishga yordamlashadi.
    Tizim talabaning sababli va sababsiz holda necha marotaba mashg‘ulotlarda ishtirok qilmaganini hamda ularning talablarini o‘rganadi.
    O‘quv jarayonida SMART-ta’lim texnologiyasining qo‘llanilishi muhim pedagogik anglash, ijodiy yondashuvchi va faol fikrlovchi pedagog, ta’lim jarayonini modellashtirish usuli va o‘z faoliyati natijalarini oldindan bashorat qilishni talab etadi. Elektron ta’lim resurslari va o‘quv-metodik majmualarni SMART-ta’limda qo‘llanilishi uchun loyihalash ko‘nikmasi o‘qituvchi professionalizmining bir qismi hisoblanadi. O‘quv jarayoniga SMART-texnologiyani tadbiq etish ta’limning barcha sub’ektlari uchun shubhasiz ko‘pgina afzalliklar tuhfa etadi [95].
    SMART-ta’limi ta’lim muassasalarini, o‘qituvchilar va talabalarni Internetda umumiy standartlar va texnologiyalar asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun yagona tizimga birlashtiradi, shuningdek, ularning akademik mobillik darajasini ko‘taradi. Shu bilan birga, o‘qitish muhiti moslashuvchan, dolzarb, interfaol va shaxsga yo‘naltirilgan bo‘lib, har bir o‘qituvchi va talaba zamonaviy kompyuter texnologiyalariga erkin kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi hamda o‘quv jarayoniga yangi o‘qitish usullarini joriy etish imkoniga ega.
    SMART- ta’limining asosiy xususiyatlari [119]:

    1. Moslashuvchanlik - turli xil operatsion tizimlar uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minotning muvofiqligini ta’minlash. U foydalaniladigan qurilmalar turidan qat’i nazar, o‘quv jarayonining uzviyligi va uzluksizligi hamda ta’limiy axborot makonining yaxlitligini ta’minlash imkoniyatini nazarda tutgan holda, ta’lim berish uchun keng imkoniyatlarni yaratadi.

    2. Makon bo‘yicha mustaqillik, mobillik (harakatchanlik), doimiylik, uzluksizligi va ta’lim ma’lumotlariga kirishning qulayligi.

    3. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarga ma’lumotlar bazasiga kirish uchun mobil qurilmalaridan foydalanishi hisobiga mustaqilligi.

    4. Turli xil imitatsion modellarni yaratish.

    5. Ish beruvchilar va o‘quv muassasaning individual hamda tashkiliy maqsadlari o‘rtasidagi munosabatlar.

    6. O‘quv jarayonining samaradorligi nafaqat bilim, ko‘nikma va malakalar, balki ularni amalda qo‘llash qobiliyati bilan o‘lchanadi.

    7. Talabalarning qiziqishi va individual qobiliyatlariga moslashuvchan ta’lim (talabalarning individual parametrlari bo‘yicha ta’lim olishga moslash imkoniyati).

    Smart - ta’lim quyidagi tavsiflarga ega: a) o‘qitishning individual traektoriyasi; b) interaktiv muhitda o‘qitish; v) mumiy tartibga solingan o‘qitish dasturlari; g) xalqaro o‘quv kontentini qo‘llagan holda ihtiyoriy vaqtda va istalgan joyda o‘rganish imkoniyati; d) on-layn rejimda talabalarning mustaqil ishlari bilan auditoriya mashg‘ulotlarini oqilona mujassamlashtirish; e) mutaxassislik bilimlarni egallash bo‘yicha o‘qitish bilan bir yo‘la ishlash imkoniyati [83].
    O‘qituvchilar uchun afzalliklari: O‘quv materialini taqdim etishda innovatsion yondashuv; talabalar bilan tezkor qaytar aloqa; birlashgan real va virtual olamni shakllantirish; o‘quv jarayonini oson boshqarish; multimediyaning maksimal xilma-xilligi; umumiy axborot-ta’lim muhiti; axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash bilan yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish; talabalarning ehtiyoji va darajasiga qarab layoqatini tez va oddiy holda aniqlash; bir qancha o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va axborot almashish uchun tarmoq yaratish imkoniyati; ta’lim berishning jadalligi va sifatining oshishi.
    Talabalar uchun afzalliklari: axborot oluvchi manbalar sonining ko‘pligi; texnik imkoniyatlarning mavjudligi; har qanday ta’lim xizmat- larining qo‘llab-quvvatlanishi; mustaqil alohida va guruh ishlari hajmining ortishi; ta’limning mobilligi (harakatchanligi); ijodiy va tadqiqot loyihalari sonining ortishi; ta’lim traektoriyasining o‘ziga xosligi tamoyili; o‘qituvchi va boshqa talabalar bilan tezkor qaytar aloqa; ijodkorlikning taraqqiyoti va mustaqil amalga oshirish imkoniyatlari; joylashgan xududi va vaqtiga bog‘liq bo‘lmagan sharoitlarda zarur axborotlarni olish imkoniyati; har qanday vaziyatda tayyorgarlik uchun o‘rganishni boshlashga izm berish imkoniyati.
    Yuqorida bayon qilingan tamoyillarni inobatga olib, SMART- texnologiyalar bilan qurollangan integratsiyalashgan o‘quv muhitida tarmoq texnologiyalari fani bo‘yicha elektron axborot ta’lim resursi yaratish va o‘quv jarayonida qo‘llash orqali oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutahassislarni kasbga yo‘naltirish va fandan bilish faoliyatini shakllantirish maqsadi amalga oshiriladi.
    Yüklə 217,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin