HTML sahifa nima? - bu oddiy text fayl bo'lib, .html qisqartmasiga ega. HTML sahifani yaratish uchun maxsus dastur shart emas. Matin tahrirlovchi har qanday dastur orqali HTML sahifa yaratish mumkin. Ana shunday matn tahrirlovchi oddiy dasturlardan biri bo'lgan Notepad (Блокнот), Windows muhitida ishlovchi har bir kompuytreda mavjud. HTML sahifaning asosiy elementlaridan biri bo'lgan Teglar haqida dastlabki tushunchaga ega bo'lsak
HTML TEG:
Bu HTML hujjatdagi turli elementlarni (matn, tasvir va boshqalar) web sahifada qanday ko'rinishda aks etirish lozimligini brauserga ko'rsatuvchi komandalar. Teglar malum o'lcham va vasifani bajaruvchi komandalardir. Teg quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
hujjat elementi Ko'rib turgasningizdek teglar '<>' uchburchaksimon qo'shtirnoq ichiga olib yoziladi. Uchbur-chaksimon qo'shtirnoq ichiga Teg nomi va uning o'lchamlari yoziladi. Quyida teg va uning o'lchamlari yozilishiga misol keltirilgan:
Hello World! Misolda keltirilgan teglar HTML hujjatga kiritilganda Hello World! jumla qizil rangda, ajratilib yoziladi. Teglar orasida kiritilgan matn, teg o'lchamlarida qanday komandalar berilgan bo'lsa shu komandalarga bo'ysingan holda ekranda hosil bo'ladi. Bu misolda Hello World! jumlasiga nisbatan ikkita teg ishlatilgan. 1 - teg va 2 - teg . Hello World! jumlasidan keyin yana ikki teg va yozilgan. Bularning farqi shundaki, birinchi ikkita teg ochuvchi va jumladan so'ng yozilgan ikkita teg esa jumla oldida yozilgan teglarni davomi ya’ni yopuvchi teglardir. Yopuvchi teglarning vazifasi ocxilgan teg ta'sir maydoni tugaganligini belgilashdan iborat. HTML hujjatda deyarli barcha teglarni yopish lozim. '/' slesh belgisini qo'shish orqali yopuvchi teg yasaladi.
Dastlabki Web-sahifalar juda sodda tuzilishga ega bo’lib, ular matnni formatlash va giperko’rsatkichlardan tarkib topgan edi. Web texnologiyalar rivojlanishi natijasida Web sahifalar tarkibida Plug-in dasturlar joylashtirila boshlandi, natijada Web sahifalarga inter faol xususiyati berildi. Web texnologiyalarning rivojlanishining oxirgi natijalaridan biri bu script tillaridir (Script Languages). Ularni ishlatishdan maqsad Web serverining ishini yengillashtirish, xar-xil ishlar uchun Web serverini bezovta qilmasdan, bunday masalalarni foydalanuvchi kompyuterining o’zida yaratishdir. Web texnologiyasining oxirgi erishgan yutuqlaridan biri dinamik Web sahifalardir. Dinamik Web sahifalar SGI dasturlar bilan bevosita bog’liq bo’lib, SGI dasturlar serverda joylashgan va server imkoniyatlarini ishlatuvchi dasturlardir. Ular serverga kelgan so’rovlarni qayta ishlaydi va qayta ishlash natijasida yangi Web sahifa hosil bo’ladi.
Web sahifa Internet tarmoqlarida joylashgan fayllar to’plami bo’lib, ularni soni soat sayin ko’payib bormoqda. Bu fayllarda ma’lumotlarni turli xillarini: matn, grafik, tasvir, video, audio ma’lumotlarni uchratish mumkin. Bugungi kunda Web Internet resurslari ichida eng ommaviysi hisoblanadi. Chunki, avvaldan tayyorlangan Web sahifa orqali tegishli ma’lumotlarni to’ldirish foydalanuvchining qanchadan-qancha vaqtini tejash imkonini beradi. Shu bois matematika va informatika yo’nalishida tahsil oluvchi talabalarga Web texnologiyalarni alohida kurs sifatida o’qitila boshlandi.
Web-texnologiyaning (Internet-texnologiya) Web-dizayn qismini o’rganishni razmetkali til tasnifi bilan boshlaymiz.
Maxsus til mavjud bo’lib, bu til yordamida matnlar, grafik ma’lumotlar Web-sahifa hujjatga joylashtiriladi va bu hujjatni barcha kompyuterda ko’rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar razmetkali tillar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi - Web-sahifaga “ma’lumotlarni joylashtirish” va ular orasidagi aloqani (gipersaloqalar) ta’minlashdan iborat.
Razmetkali tillar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
HTML (HyperText Markup Language)
Dastlab World Wide Web tizimi matnli ma’lumotlarni va HTML hujjatlarni ko’rishga mo’ljallangan, matnni taxrirlovchi tilga o’xshash tizim bo’lgan. Ayni damda HTML tili WWW daga eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. HTML tilida yozilgan ma’lumotlar o’z ichiga matn fayllar, grafik ma’lumotlar va boshqalarni oladi.
Hujjatlar orasidagi aloqani ta’minlash va ma’lumotlarni formatlash vositalari teg (tag) deb ataluvchi vosita orqali amalga oshiriladi.
Web-sahifaning matn va teglari aralash ravishda HTML-hujjat deb ataluvchi faylining ichiga joylashtiriladi. Qanday tegni qo’llaganingizga qarab brauzer oynasida ma’lumotlar turlicha ko’rinadi. HTML hujjatga ma’lumotlarni joylashtirish va tahrirlash uchun yuzlab teglar mavjud. Masalan,
va
teglari abzastni tashkil etadi, va juft teglari esa, matnni yozma (kursiv) holda ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Shu bilan birga gipermatnli SSIlkalar teglari ham mavjud. Ushbu elementlar foydalanuvchiga gipermatn ustiga sichqoncha kursori bosilganda boshqa hujjatga bog’lanish imkonini beradi. Butunjaxon o’rgimchak to’rining asosiy va HTML ning tarkibiy qismini gipermatnlar va gipermurojaatlar tashkil etadi. Maxsus komandalar yordamida matnning ma’lum qismi shunday ajratiladiki, natijada o’sha matn ustiga sichqon tugmasi bosilsa boshqa matn yoki saxifa ochiladi. Bundan tashqari multimediya vositalarining ishlab ketishi yoki bo’lmasa, ma’lumotni diskda saqlash taklifi ham berilishi mumkin.
Quyida biz HTML tilida tuzilgan dastur kodi bilan tanishib chiqamiz(4-rasm):
(4-rasm). Bu dasturni ishga tushirish natijasida quyidagi oyna ochiladi(5-rasm):