Har qanday to’g’ri burchaklar bir-biriga teng, yoyiq burchak 180o bo’lgani uchun u ikkita to’g’ri burchakka teng.
1-ta’rif. Aylana to’la yoyining ¼
1-ta’rif. Aylana to’la yoyining ¼
( to’rtdan bir) qismi 90o ga teng. Kattaligi 90o ga teng burchak to’g’ri burchak deyiladi. To’gri burchakning d harfi bilan belgilanadi
(fransuzcha droit – to’g’ri degan manoni bildiradi)
d = 90o.
2-ta’rif. To’g’ri burchakdan kichik burchak o’tkir burchak deyiladi.
3-ta’rif. To’g’ri burchakdan katta, ammo yoyiq burchakdan kichik burchak o’tmas burchak deyiladi.
4-ta’rif. Bir nuqtadan chiqqan nur, o’sha nuqta atrofida aylanib, avvaligi holatini olishi natijasida hosil bo’lgan burchak to’la burchak deyiladi. (3-rasm).
3-rasm.
To’g’ri burchak
O’tkir burchak
O’tmas burchak
To’la burchak
O’quv jarayonida burchaklarni o’lchash uchun transportirdan foydalaniladi.
O’quv jarayonida burchaklarni o’lchash uchun transportirdan foydalaniladi.
Bittadan tomonlari umumiy bo’lib ,qolgan tomonlari to’g’ri chiziqni tashkil etgan burchaklar qo’shni burchaklar deyiladi.
(4-rasm).
< BOC va < AOB – qo’shni burchaklar.
Qo’shni burchaklar birgalikda yoyiq burchakni tashkil qilgani uchun ularning kattaliklari yig’indisi 180o ga teng bo’ladi.
α+β=180o
4-rasm
Berilgan har qanday burchak uchun uning har bir tomonini davom ettirib, ikki usul bilan qo’shni burchaklar yasash mumkin. (5-rasm).
Berilgan har qanday burchak uchun uning har bir tomonini davom ettirib, ikki usul bilan qo’shni burchaklar yasash mumkin. (5-rasm).
Vertikal burchaklar deb, birining tomonlari uchiga nisbatan davom ettirish natijasida hosil bo’lgan burchaklarga aytiladi (6-rasm).