Sodda animatsiya dasturlarini yaratish mavzusini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish


Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə6/13
tarix28.12.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#78065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Sodda animatsiya dasturlarini yaratish mavzusini o\'qitishda innovatsion

Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:

  • kasbiy faoliyatning ongli tahlili;

  • me yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;

  • kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;

  • dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo'lish;

  • (o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, o'z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatda mujassam qilish).

Demak, o’qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konseptsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ’ibotchisi sifatida namoyon bo'ladi.
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta'lim taraqqiyoti sharoitida o’qituvchi innovatsiya faoliyatiga bo'lgan zaruriyat quyidagilar bilan o'lchanadi:

  • ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta'lim tizimi, metodologiya va o’quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi.

  • bunday sharoitda o’qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o'zlashtirish va foydalanishdan iborat bo'ladi;

  • mazmunini insonparvarlashtirish, doimo o’qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;

  • pedagogik yangilikni o'zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o’qituvchining munosabati xarakteri o'zgarishi.

O’qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me'yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me'yorlarga - yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo’llash imkoniyatlari kiradi Yangilik pedagogik yangilik me'yori sifatida o'zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo'llanish mashqurligi darajasi va sohasiga ko'ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, subektiv darajalarini farqlaydilar. Maqbullik me'yori o’qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan kuch va vositalarini bildiradi. Natijalilik o’qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi. Pedagogik yangilik o'z mohiyatiga ko'ra ommaviy tajribalar mulki bo'lib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim o’qituvchilarning faoliyatiga olib kiradi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va ob’ektiv baho olgandan so'ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi. V.A.Slastenin o'tkazgan tadqiqotlar o’qituvchining innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi.
Ular quyidagi tavsiflardan iborat:

  • mo'ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat qilish;

  • kelgusida qayta ishlash maqsadida yangilikning o'zidagi va uni tatbiq qilishdagi kamchiliklami aniqlash;

  • yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va pishiqlik darajasini aniqlash;

  • yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish;

  • yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho berish.

O’qituvchining innovatsion faoliyati o'z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konseptsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berish kabilarni qamrab oladi. Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.
V.A.Slastenin tadqiqotlarida o’qituvchining innovatsion faoliyatga bo'lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar taalluqli:



  • shaxsning ijodiy-motivasion yo'nalganligi. Bu - qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga intilish; peshqadamlikka intilish; o'z kamolotiga intilish va boshqalar;

  • kreativlik. Bu — hayolot (fantastlik), faraz; qoliplardan holi bo'lish, tavakkal qilish, tanqidiy flkrlash, baho bera olish qobiliyati, o'zicha mushohada yuritish, refleksiya;

  • kasbiy faoliyatni baholash. Bu - ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati; pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik konseptsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiy

  • bartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o'zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar;

  • o’qituvchining individual qobiliyati.

  • Bu - ijodiy faoliyat surati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qatiyatlilik, o'ziga ishonch; ma'suliyatlilik, halollik, haqiqatgo'ylik, o'zini tuta bilish va boshqalar.


Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin