Sodda animatsiya dasturlarini yaratish mavzusini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish


O'qitishda qo'llaniladigan innovatsion texnologiyalar



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə5/13
tarix28.12.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#78065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Sodda animatsiya dasturlarini yaratish mavzusini o\'qitishda innovatsion

1.2.O'qitishda qo'llaniladigan innovatsion texnologiyalar
Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir. A.I. Prigojin innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg’un unsurlami kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o'zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to’liq foydalaniladi.
Interfaol metodlar - bu jamoa bo'lib fikrlash deb yuritiladi, ya'ni pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o'ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog talabalarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi.Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularga quyidagilar kiradi:

  • Talabaning dars davomida befarqi bo'lmasligiga, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etish;

  • Talabalarni o’quv jarayonida bilimga bo'lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo'lishini ta'minlash;

  • Talaba talabaning bilimga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirishi;


Pedagog va talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etilishi.
Hozirgi davr ta'lim taraqqiyoti yangi yo'nalish - innovatsion pedagogikani maydonga olib chiqdi. «Innovatsion pedagogika» termini va unga xos bo'lgan tadqiqotlar g’arbiy evropa va AQSHda 60-yillarda paydo bo'ldi. Innovatsion faoliyat F.N. Gonobolin, S.M. Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N V.Kuzmina, V.A. Slastenin, A.I.Shcherbakov ishlarida tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlarda innovatsion faoliyat amaliyoti va ilg’or pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai nazardan yoritilgan, X.Bamet, Dj. Basset, D. Gamilton, N.Gross, R. Karlson, M. Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem ishlarida innovatsion jarayonlarni boshqarish, ta'limdagi o'zgarishlarni tashkil etish, innovatsiyaning «hayoti va faoliyati» uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlar masalalari tahlil qilingan.Keng ma'noda qaraganda ta'lim tizimidagi har qanday o'zgarish - bu pedagogik innovatsiyadir. Pedagogik innovatika pedagogik yangiliklarni baholash, uni pedagogik jamoa tomonidan o'zlashtirilishiga erishish, nig’oyat pedagogik yangiliklarni amaliyotda qo’llash haqidagi ta'limot sifatida qaraladi.
Pedagogik neologiya - yangilik haqidagi ta'limot bo'lib, bunda pedagogika sohasidagi har qanday yangiliklar o'rganiladi va umumlashtiriladi. Pedagogik aksiologiya - isbot talab qilmaydigan ta'limot manosini ifodalab, bunda pedagogik yangiliklar ichidan eng samaralilari tanlab olinadi.Pedagogik praksologiya - amaliyotda qo’llash haqidagi ta'limot bo'lib, bunda tanlab olingan pedagogik yangiliklar amaliyotda qo’llaniladi. Yangilik kiritishning sotsial-psixologik aspekti amerikalik innovatik E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifa(tip)lari tasnifini, uning yangilikka bo'lgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi. Oliy maktab o’qituvchisining innovatsion faoliyati, oliy maktab pedagogikasining bosh muammolaridan biridir. Shu jihatdan ushbu mavzyda oliy maktab o’qituvchisi innovatsion faoliyatining shakllanish konsepsiyasi, innovatsiyaning ijtimoiy-madaniy va hayot-faoliyati aspektlari haqida bahs yuritiladi.
Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurilmasiga, balki o’qituvchining ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir. Innovatsionlik ochiqlikni, boshqalar fikrining tan olinishini bildiradi.
O’qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to'qnashuvi va o'zaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini ko'zda tutadi. O’qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog’liq. Unga o’qituvchining tayinli muloqoti, aks fikrlarga nisbatan beg’araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o’qituvchi o'z bilim va ilmiy faoliyatini ta'minlaydigan keng hamrovli mavzu (motiv)ga ega bo'ladi. O’qituvchi faoliyatida o'z-o'zini faollashtirish, o'z ijodkorligi, o'z-o'zini bilishi va yaratuvchiligi kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o’qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi. Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug’dirishdir. Muloqotning yangi vaziyati - bu o’qituvchining o'z mustaqillik mavqeini, dunyoga, pedagogik fanga, o'ziga bo'lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. O’qituvchi o'z nuqtai nazarlariga o'ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda o’qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o'zgarib boradi, hissiy tuyg’ulari rivojlanadi. Keyingi sharti - bu o’qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi. O’qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o'zgartirishga, uning muammolari va usularini echishni aniqlashga qaratilgandir.
O’qituvchi va talaba o'rtasidagi muloqot namunasining o'zgarishi, innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar, an'analarda bo'lganidek, qistovlar, hukmga bo'ysunish kabi unsurlardan holi bo'lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o'zaro boshqarilishi, o'zaro yordam shaklida qurilgan bo'lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyat bu o’qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin