Sof foyda shakllanishi auditi



Yüklə 17,28 Kb.
tarix07.04.2023
ölçüsü17,28 Kb.
#94391
audit-14


Sof foyda shakllanishi auditi
Buxgalteriya hisobida moliyaviy natijalarni hisobga olish borasida respublikamizda bir qancha me’yoriy hujjatlar amal qilmoqda. Avvalambor, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2016 yil 16 aprilda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishini eslab o‘tish lozim.

“Buxgalteriya hisobi to‘grisida”gi Qonun buxgalteriya hisobini yuritish andozalariga nisbatan yangi, bozor munosabatlariga to‘g‘ri keladigan talablarni qaror toptirishni ta’minlaydi hamda O‘zbekiston Respublikasidagi buxgalteriya hisobi tizimini tashkil etishda zamin bo‘ladigan asosiy tamoyillarni ko‘zda tutadi.

Hozirgi kunda dunyodagi 100 dan ortiq mamlakatda buxgalteriya hisobi yagona yondoshuv asosida yuritilmoqda, lekin har bir mamlakat o‘zining iqtisodiyoti, mulkchilik va xo‘jalik yuritish tizimining xususiyatlarini hisobga olgan holda buxgalteriya hisobi milliy andozalarini qabul qilish orqali hisob ishlarini yuritadi.

Buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro talablarga muvofiq o‘zgartirish keyingi vaqtlarda O‘zbekiston uchun tobora dolzarb ishga aylanmoqda. Bunga, birinchidan, xalqaro bozorlarda ish olib boradigan kompaniyalar o‘rtasida munosib muomala tili bo‘lishini talab qiluvchi jahon iqtisodiyotining rivojlanishi, ikkinchidan, xalqaro andozalarni chuqur o‘rganish va ularni mamlakatimiz amaliyotida keng qo‘llanish zarurligi sabab bo‘lmoqda. Shu boisdan ham buxgalteriya hisobining milliy andozalarini ishlab chiqishda bevosita xalqaro andozalarga tayanilmoqda.

Buxgalteriya hisobining milliy andozalarini amalga kiritish zarurati asosan buxgalteriya hisobining bazaviy qoidalari va tamoyillarini tushuntirish va umumlashtirish, asosiy tushunchalarni bayon qilish, u yoki bu buxgalteriya usullarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida hisobning o‘ziga xos xususiyatlarini qo‘llashdan iboratdir. Moliyaviy natijalar hisobini yuritishda “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” nomli 1-son BHMS, “Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar” nomli 2-son BHMS, “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot” nomli 3-son BHMS, “Tovar-moddiy zahiralar” nomli 4-son BHMS, “Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish” nomli 19-son BHMS, “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma” nomli 21-son BHMSlar uslubiy asos sifatida qo‘llanilishi mumkin3.

Moliyaviy hisobotning betarafligi shundaki, undan ham ichki ham tashqi axborot foydalanuvchilarning manfaatlari mujassamlashgan. Ichki moliyaviy tahlilda korxonada ko‘proq moliyaviy natijalarni yuzaga chiqish o‘rni, shakli bo‘yicha o‘zgarishlariga ahamiyat beriladi. Ya’ni, ularning analitik qatoriga ko‘proq ahamiyat beriladi.

Tashqi tahlil sub’ektlariga esa soliq organlari, bank tashkilotlari, aktsionerlar, mulk egalari, investorlar, shuningdek, korxona faoliyati bilan bilvosita qiziquvchi uchinchi shaxslar, erkin soxibkorlar kirishi mumkin.

Ularni ko‘proq korxonaning foydalilik darajasi va uning yillar bo‘yicha o‘zgarishlari qiziqtiradi. Agar aktsiya egasi bo‘ladigan bo‘lsa, sof foyda va dividend to‘loviga tortiladigan foyda summasi, soliq idorasini soliq to‘loviga qadar bo‘lgan foyda va unga qayta qo‘shiladigan xarajat moddalari, qarshi tomon, xaridor va buyurtmachilar yoki sheriklarni korxonaning yil yakuni bo‘yicha iqtisodiy foydasi va h.k.

Bugungi bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyot sub’ektlarining moliyaviy natijalarini tahlil etishda moliyaviy tahlilning eng asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

korxonaning foydalilik darajasiga baho berish;

korxonaning moliyaviy natijalarini tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga baho berish;

biznes rejada belgilangan foydalilik darajasiga erishilganligi va unga ta’sir etgan omillarni o‘rganish hamda baho berish;

foydaning shakllanishi va ishlatilishining asoslanganligini tekshirish;

foydaning ko‘paygan yoki kamayganligiga mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan va boshqa faoliyatlardan erishilgan natijaning ta’sir etishini aniqlash;

korxonaning yalpi foydasi va unga ta’sir etuvchi omillarga baho berish;

soliqqa tortilgunga qadar bo‘lgan foydaning shakllanishiga va unga ta’sir etuvchi omillarga baho berish;

korxonaning sof foydasi va unga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish hamda baho berish;

sof foydani ko‘paytirish yo‘nalishlarini belgilab berish;

korxonaning rentabellik ko‘rsatkichlarini o‘rganish va ularga ta’sir etuvchi omillarga baho berish;

korxonaning umumiy rentabellik darajasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va hakozolar.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning moliyaviy natijalarini tahlil etishda asosiy axborot manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

korxonaning biznes reja ma’lumotlari;

korxonaning “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida”gi hisobot (2-shakl) ma’lumotlari;

buxgalteriya hisobining moliyaviy natijalarni aks ettiruvchi tegishli schyot ma’lumotlari.

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi umumlashgan ma’lumotlar moliyaviy hisobotning muhim shakli 2-shaklda «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi» hisobot shaklida ifodalanadi.

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot choraklik hisobot shakliga kirib barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tamonidan tuziladi.

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va uni to‘ldirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 27-dekabrdagi 140- sonli Yo‘riqnomasi asosida belgilanadi.

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot shaklining asosiy ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiritiladi:

Mahsulot sotishdan olingan yalpi (sof) tushum.

Mahsulot sotishdan yalpi foyda

Asosiy faoliyatdan foyda (zarar)

Moliyaviy faoliyatdan foyda (zarar)

Umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar)

Favqulodda foyda (zarar)

Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar)

Sof foyda (zarar)

1. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushum qatori. Mahsulot sotishdan olingan sof tushum summasi mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olingan jami tushum summasidan sotishga soliqlar to‘lovlar va ajratmalar summasini chegirish asosida aniqlanadi.

Sotishga soliqlar, to‘lovlar, ajratmalarga quyidagilar kiritiladi:

- Qo‘shilgan qiymat solig‘i;

- Aktsiz solig‘i;

- Reklama solig‘i;

- Mahsulot hajmidan ijtimoiy sug‘urta bo‘limiga ajratma va h.k.

Mahsulot (ish va xizmat) larni sotilgan qatorga kiritishning yoki daromadlarni tan olishning hisobga olish usuli esa ularning ortib jo‘natilib hisob hujjatlari taqdim etilgan vaqti bo‘yicha hisobga olishni xarakterlaydi. Bunda pul tushumlari yoki to‘lovlarning amalga oshish vaqtiga ahamiyat berilmaydi. Sotishga soliqlarning hisob kitobi ham bevosita ularning tushum sifatida tan olish vaqti bo‘yicha hisobga olinadi.

2. Mahsulot sotishdan yalpi foyda. Mahsulot sotishdan olingan yalpi moliyaviy natija foyda yoki zarar quyidagi bog‘lanishlar asosida aniqlanadi. Ya’ni, mahsulot (ish va xizmat) larni sotishdan olingan sof tushumdan shu mahsulot (ish va xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini chegirish asosida aniqlanadi.

Korxona foydasining asosiy qismini bevosita mahsulot (ish va xizmat) lardan olingan foyda tashkil etadi.

3. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatning moliyaviy natijasi (Foyda yoki zarar). Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasi quyidagi bog‘lanishlarda aniqlanadi. Ya’ni, mahsulot (ish va xizmat) larni sotishdan olingan foyda summasidan davr xarajatlari tarkibiga kiruvchi sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar, va boshqa operatsion xarajatlarini chegirish hamda asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromad va xarajatlarni tartibli farqlash asosida aniqlanadi.

4. Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda (zarar). Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda va zararlar qatoriga moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda quyidagi umumlashgan ko‘rsatkichlar kiritilgan.

-Sho‘’ba va uyushma korxonalardan olingan dividendlar;

-Boshqa olingan dividendlar;

-Sho‘’ba va uyushma korxonalarga berilgan va olingan qarzlar bo‘yicha foizlar;

-Boshqa to‘langan va olingan foizlar;

-Valyuta kursining o‘zgarishidan farqlar;

-Moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar va xarajatlar.

Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasiga moliyaviy faoliyatdan olingan natijani qo‘shish asosida umumxo‘jalik faoliyatidan moliyaviy natija (foyda, zarar) aniqlanadi.

5. Umumxo‘jalik faoliyatidan moliyaviy natija. Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan moliyaviy natija soliq to‘loviga qadar foyda summasidan yoki hisob foydasi summasidan favqulodda foyda va zararlar summasiga farq qiladi.

Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda summasi moliyaviy natijaning shakllanish qatori emas, balki uni jamlovchi qator sifatida tarkiblanadi.

6. Favqulodda foyda (zarar). Favqulodda foyda (zarar) – korxona tamonidan odatiy hol hisoblanmagan va uch yillik oraliqda bunday faoliyat bilan shug‘ullanmagan holatlardan oladigan daromad va yo‘qotishlar favqulodda foyda va zararlar qatoriga kiritiladi.

Favqulodda foyda va zararlar moliyaviy natijalar shakllanishining uchinchi tarkibi sifatida qaraladi.

Kutilmagan suv toshqini, yong‘inlar, tabiy ofatlar ta’siridagi yo‘qotishlar ham ushbu qatorga kiritiladi. Ular bo‘yicha foyda va zararlarning boshqa shakllanish qatorlarida soliqlanish bo‘yicha hech kanday farqlanish yo‘q. Agar foyda olinadigan bo‘lsa, u bo‘yicha ham tegishli tartibda soliq to‘lanadi, zarar olinadigan bo‘lsa umumxo‘jalik faoliyatidan olinadigan foyda summasi zarar summasiga kamaytiriladi.

Lekin amaliy kuzatishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki ularning shakllanish ehtimoli nihoyatda qisqa yoki kam. Bo‘lgan taqdirda ham faqat zarar shaklida bo‘lmoqda.

7. Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar). Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar) summasi umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar) summasiga favqulodda foyda (zarar) summasini qo‘shish asosida aniqlanadi. Soliq to‘loviga qadar foyda summasi axborot iste’molchilari e’tiboridagi va kuzatuvidagi qator hisoblanadi.

U bevosita asosiy faoliyatning moliyaviy natijasidan, moliyaviy faoliyatning moliyaviy natijasidan hamda favqulodda foyda va zararlar jamlangan summasidan iborot bo‘ladi.

8. Sof foyda (zarar). Sof foyda korxona ixtiyorida qoladigan foyda summasini ifodalaydi. Ushbu qator soliq to‘loviga qadar bo‘lgan foyda summasidan foyda (daromad)dan to‘langan soliqlar va boshqa soliqli to‘lovlarni chegirish asosida aniqlanadi.

Sof foyda korxonaning erkin tasarruf shartidagi va foydalanishidagi foyda summasidir. Lekin, sof foyda summasi ham turli to‘lovlar va ajratmalar bazasi sifatida olinishi mumkin ekan. Masalan, korxona sof foydasidan olinadigan ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishga ajratmalar va boshqa to‘lovlar va ajratmalarni shular qatoriga kiritish mumkin.

Korxona o‘zining hisob foydasidan ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga oid sarflar aktsionerlarning umumiy yig‘ilishida hisob berish hamda ularning roziligini olish asosida belgilanadi.

Sof foydaning qolgan qismi chiqarilgan aktsiyalarning turiga qarab va ularning imtiyozli shartlari asosida taqsimlanadi. Dastlab imtiyozli aktsiya egalariga oldindan kafolatlangan foizlarda to‘lovlar hisobga olinadi, so‘ngra oddiy aktsiya egalariga dividend foizlari va summalari e’lon qilinadi. Foydaning taqsimlanmagan qismi korxona uchun taqsimlanmagan foyda sifatida, agar korxona nochor ahvolda bo‘lsa, qoplanmagan zarar sifatida keyingi hisobot yiliga O‘tkaziladi


Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatkichida faqat sotilgan mahsulotnigina ishlab chiqarish tannarxi aks etadi. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi esa uning uchun ketgan barcha xarajatlarning qiymatini o‘zida ifodalaydi. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi ham hisobga olish usulida ushbu qatorga o‘rinlanadi.

Davr xarajatlari qatoriga sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar va operatsion xarajatlar kiradi.

Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar qatoriga foizlar bo‘yicha xarajatlar, bank xizmat haki xarajatlari, valyuta kursining tushib ketishidan yo‘qotishlar va boshqa sarflar kiradi.

Favqulodda xarajtalar qatoriga kutilmagan holatlar ta’sirida yuzaga keladigan xarajatlar kiritiladi.

Soliqqa tortiladigan foydani aniqlash uchun soliqqa tortilgungacha bo‘lgan foydaga:

Nizomda keltirilgan birinchi ilovaga asosan chegirilmaydigan xarajatlar yoki doimiy tafovutlar qo‘shiladi;

Nizomda keltirilgan ikkinchi ilovaga binoan vaqtlar bo‘yicha tafovutlar qo‘shiladi yoki ayirib tashlanadi;

qabul qilngan soliqlar bo‘yicha qonunlarga binoan korxonalarda soliqlar bo‘yicha tasdiqlangan imtiyozlar ayirib tashlanadi.

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot yil bo‘yicha har bir chorakka jamlangan hisobda tuziladi. Uni topshirish organlariga soliq idoralari, bank tashkilotlari, yuqori tashkilotlar kiritiladi. O‘lchov qiymati ming so‘m hisobida hisobga olinadi. Shuningdek, ushbu hisobot shakliga spravka, ma’lumotnoma shaklida byudjetga to‘lovlari hisobi ham kiritilgan. Unda korxona tomonidan respublika va mahalliy byudjetga to‘laydigan soliqlar to‘lovi bo‘yicha hisobga olingan va to‘langani to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Korxonalarining moliyaviy natijalarini o‘rganishda eng avvalo ularning shakllanishini to‘g‘ri hisobda aks ettirilishiga e’tibor qaratiladi. Korxonalar tomonidan olinadigan foydaning tarkibini aniqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki qaysi faoliyat turidan korxona foyda olayotganligi va qaysi faoliyat turidan zarar ko‘rayotganligini bilish korxonaning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligiga ham o‘zining ta’sirini o‘tkazadi.

Foydaning quyidagi turlari bor:

1. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda;

2. Asosiy faoliyatidan olingan boshqa foyda (operatsion foyda);

3. Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda;

4. Favqulodda olingan foyda;

Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari bilan tasniflanadi:

Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tavofut sifatida aniqlanadi:

YaF= SST-IT

bunda,

YaF – yalpi foyda;



SST – sotishdan olingan sof tushum;

IT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;

Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:

AFF = YaF-DX+BD-BZ,

bunda,

AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda;



DX – davr xarajatlari;

BD – asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;

BZ – asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar;

Xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zararlar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:

UF = AFF+MD-MX,

bunda,


UF – umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda;

MD – moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;

MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari;

Soliq to‘lagungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlarda ko‘rilgan foyda va minus favqulodda zarar sifatida aniqlanadi:

STF = UF+FP-FZ,

bunda,


STF – soliq to‘lagungacha olingan foyda;

FP – favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;

FZ – favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar;

Yilning sof foydasi, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoladi, o‘zida daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to‘langunga qadar olingan foydani ifodalaydi:

SF = STF-DS-BS,

bunda,


SF – sof foyda;

DS – daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliq;

BS – boshqa soliqlar va to‘lovlar.5

Foydaning taqsimlanishi deganda uning iste’mol va jamg‘arishga yo‘naltirilishi, joriy davr foydasining soliqlar to‘lovi, ishlab chiqarishni rivojlantirish va zaxiralashga hamda kapital egalari o‘rtasidagi shartlar, kelishuvlarga binoan taqsimlanishi tushuniladi.

Foyda quyidagicha taqsimlanadi:

soliq qonunchiligiga muvofiq davlat byudjetiga soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlarga;

ishlab chiqarishni rivojlantirish va zaxiralashga;

aktsiya va kapital egalariga dividendlar to‘lashga.



Korxona o‘zining hisob foydasidan, avvalo, davlat oldida hisob beradi va o‘zining ixtiyorida hamda tasarrufida bo‘lgan foyda summasini aniqlaydi. Foydadan olingan soliqlar qat’iy stavkalarda va foizlarda undiriladi. Hisob foydasining qolgan qismi korxona sof foydasi sifatida uning erkin belgiloviga (aktsionerlar umumiy yig‘ilishining qarori va ichki nizomiga) muvofiq taqsimlanadi.
Yüklə 17,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin