10. «Sof» tariflar tizimi abonentlari uchun boshqa ochiq tarif rejalariga o‘tish imkoni yo‘q.
11. «Sof» tariflar tizimi ichidagi o‘tishlarda, ko‘rsatilgan shartlarga ega bo‘lgan tarif rejalari doirasida oldin
olingan
O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz daqiqalar va cheksiz internet amal qilmaydi.
12 .
«Sof» tizimi tariflaridagi «Cheksiz Telegram» aksiyasi shartlariga ko‘ra, mazkur aksiya faqat yangi
ulanishda har bir abonentga taqdim etiladi va tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi samarali yechilganidan
so‘ng undan foydalanish mumkin bo‘ladi. «Cheksiz Telegram» aksiyasining amal qilish muddati –
30.06.2022 gacha.
13. «Cheksiz Telegram» opsiyasi yoqilgan bo‘lsa, «Trafik+» xizmatini faollashtirib bo‘lmaydi
14. Yangi ulanishlar uchun aksiya doirasida olingan cheksiz Telegram raqam Bloklangan holatda va MB
limitlari tugagan bo‘lsa ham amal qiladi.
15. Telegram ilovasi orqali videoqo‘ng‘iroq qilganda “Cheksiz Telegram” xizmatiga ajratilgan internet-trafik
emas, balki tarif rejasida berilgan umumiy limit yoki internet-
to‘plamlar doirasidagi internet-trafik
sarflanadi.
16. Internet xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlarga
mablag‘larni rezervatsiya qilish tizimi
va
4G
tarmog‘ining ishlash xususiyati haqida qo‘shimcha ma’lumot
bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.
«Restart» xizmatining shartlari 1. «Restart» xizmati *222# USSD-so‘rovi yordamida faollashtiriladi.
2. «Restart» xizmatidan raqami Faol holatda bo‘lgan abonentlar foydalana oladilar.
3. «Restart» xizmati abonentga mustaqil tarzda oylik abonent to‘lovining yechilishini tashkillashtirish
hamda tarif rejasi sha
rtlari bo‘yicha oylik limitlarni olish imkonini taqdim etadi. «Restart» xizmati samarali
faollashtirilganidan so‘ng abonentning oylik davri mazkur xizmatning so‘nggi marta samarali faollashtirish
sanasiga muvofiq yangilanadi.
4. «Restart» xizmatini faollashtirganidan so‘ng abonent hisobidan to‘liq qiymatda oylik abonent to‘lovi
yechiladi va abonentning tarif rejasi oylik abonent to‘lovi doirasida to‘liq oylik limit belgilanadi. Keyin,
abonentda oylik abonent to‘lovi abonentning yangi oylik davriga muvofiq yechiladi.
5. Xizmatni faollashtirish uchun abonent hisobida oylik abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun
yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lishi lozim. «Restart» xizmatini faollashtirganidan so‘ng tarif bo‘yicha abonent
to‘lovi yechiladi va to‘liq hajmda limitlar belgilanadi.
6. «Restart» xizmati muvaffaqiyatli faollashganida, tarif rejasi doirasida oldin belgilangan limitlar
(O‘zbekiston bo‘yicha daqiqalar va MBlar) qoldiqlari bekor qilinadi.
7. Tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilish kunida «Restart» xizmatini faollashtirib
bo‘lmaydi.
8. «Restart» xizmatidan sutkasiga faqat 1 marta (joriy sutkaning boshidan, 00:00 dan 23:59 gacha)
foydalanish mumkin.