Sog'liqni saqlash Stress bilan kurashish Ilmiy-tibbiy yordam



Yüklə 25,32 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü25,32 Kb.
#207892
1   2   3
Asab tizimi kasalliklari va ularni oldini olish

MENINGIT NIMA?


Meningit jiddiy kasallik bo’lib, miya va / yoki orqa miya qobqig’ining yallig’lanishi bilan kechadi. Qobiqlar miya va umurtqa kanali to’qimalarini qoplaydi.
Inson tanasida ikki xil qobiq farqlanadi: yumshoq va qattiq. Infektsiya qay turdagi to’qimaga ta’sir qilishiga qarab, yallig’lanish jarayonining joylashuvi quyidagilarga ajratiladi:

  • Leptomeningit, yumshoq qobiq shikastlanadigan va eng keng tarqalgan shakli;

  • Paximeningitt — qattiq miya qobig’ining yallig’lanishi, usbu tur har 100 ta kasallik holatidan taxminan 2tasida yuz beradi;

  • Miya qobig’ining ikkalasi ham ta’sirlanganda panmeningit tashxisi qo’yiladi.

Odatda, tibbiy ma’noda meningit tashxisi qo’yilganda yumshoq miya qobiqlarining yallig’lanishi nazarda tutiladi.
Meningit eng xavfli miya kasalliklaridan biri bo’lib, jiddiy asoratlarni keltirib chiqaradi, salomatlik bilan bog’liq muammolarga sabab bo’ladi, doimiy nogironlik, rivojlanish buzilishlarini keltirib chiqaradi. O’lim darajasi yuqori.
Meningitning belgilarini Gippokrat ham, o’rta asrlarda shifokorlar ham yozib o’tgan. Uzoq vaqt davomida miyada yallig’lanish jarayonining kelib chiqishi millionlab insonlar o’limiga sabab bo’lgan sil kasalligi tufayli deb hisoblangan.
Antibiotiklar kashf qilinishidan oldin meningit o’lim darajasi 95% ni tashkil etardi. Penitsillinning kashfiyoti kasallik o’lim ko’rsatkichlarini sezilarli darajada kamaytirdi.
Bugungi kunda meningitni davolash uchun zamonaviy sintetik preparatlar mavjud, kasallikning ko’plab shakllarini oldini olish uchun eng keng tarqalgan qo’zg’atuvchilar — pnevmokokk, meningokokk va gemofil tayoqchalariga qarshi emlashlar qo’llaniladi.
Uyda uyqusizlik bilan kurashish uchun nima qilish kerak? Uyqusizlik va uyqu buzilishining boshqa turlari deyarli butun dunyo miqyosdagi muammodir. Kimdir «uyqusizlikdan qiynalmoqda» deb, biz nafaqat uyqu davomiyligi qisqaligini, balki uxlab qolish qiyinligi va tez-tez uyg’onib ketishni nazarda tutamiz, bu esa hordiq chiqarishga yo’l qo’ymaydi va ertalablari charchoqlik hissi bilan uyg’onishga olib keladi. Tungi uyqusizlik deyarli har bir kishi uchun tanish, alohida muammo sifatida bolalarning kunduzi uxlamasligi ham qaraladi, u bolaning o’ziga xos xususiyati yoki asab tizimi buzilishining alomati bo’lishi mumkin. Agar uyqusizlik odamni vaqti-vaqti bilan bezovta qilib tursa, u holda dori-darmonlar bilan davolash masalasiga ehtiyoj yo’q. Uyqusizlikdan aziyat chekishga olib keladigan sabablarni, shuningdek kechalari uxlay olmasa nima qilish kerakligi va uy sharoitida uyqusizlikni yengish uchun

mutaxassis maslahatlarini ko’rib chiqamiz.

Shunday odamlar borki, kuchlarini tiklash uchun 5-6 soatlik uyqu ularga yetarli bo’ladi, boshqalarga esa odatda kuniga kattalar uchun me’yoriy bo’lgan 8-9 soatlik uyqu ham yetarli bo’lmaydi. Bular kishining individual xususiyatlariga taalluqli, shuningdek, uxlash va uyg’onish uchun qaysi vaqt qulayligiga qarab kishilarni «to’rg’ay», «boyqush» va «kabutarlar»ga ajratishga imkon beradigan tsirkad ritmi ham.


Qoida tariqasida, sog’lom odam 7-10 daqiqa ichida osongina uyquga ketadi, tuni bilan uyg’onmay uxlaydi va tongda tetik va yangi kunga tayyor bo’lib uyg’onadi. Har kuni uyqusizlik qiynayotgan kishining ahvoli esa mutlaqo boshqacha bo’ladi. Bunday hollarda qanday qilib uyquni yaxshilash mumkin, uni yaxshilash uchun uchun nima qilish kerak, qachon shifokorga borish kerak va qaysi vaziyatlarda uyqusizlik kabi muammo bilan mustaqil kurashish mumkin? Yaxshi uxlamaydiganlar uyda nima qilishlari kerak va biron nimani o’zgartirish kerakmi?
Yüklə 25,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin