Sog'liqni saqlash Stress bilan kurashish Ilmiy-tibbiy yordam


Gidrosefal — bu gidrosefaliyadan aziyat chekuvchi odam. Nevroz, psixonevroz, nevrotik buzilish, nevroz kasalligi



Yüklə 25,32 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü25,32 Kb.
#207892
1   2   3
Asab tizimi kasalliklari va ularni oldini olish

Gidrosefal — bu gidrosefaliyadan aziyat chekuvchi odam.
Nevroz, psixonevroz, nevrotik buzilish, nevroz kasalligi (qadimgi yunon. νεῦρον «asab» dan yangi lot. neurosis) — uzoq davom etadigan funktsional psixogen buzilishlar majmuasi. Bunday buzilishlarning klinik tasviri astenik, o’rnashib qoladigan fikrlar yoki jazava belgilari, shuningdek, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatining vaqtinchalik pasayishi bilan ta’riflanadi.


Barcha hollarda psixogen omillar bu nizolar (ichki yoki tashqi), psixologik travmaga olib keladigan vaziyatlar ta’siri, stress yoki uzoq vaqt mobaynida psixika hissiy va aqliy sferasining zo’riqishi bo’ladi.


«Nevroz» tushunchasi tibbiyotga 1776-yilda shotlandiyalik shifokor Uilyam Kallen tomonidan kiritilgan. Terminning mazmuni qayta-qayta boshqatdan ko’rib chiqilgan, lekin hozirgacha uning umume’tirof qilingan ta’rifi yo’q. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, tibbiyot va biologiyada oliy asab faoliyatining turli funktsional buzilishlari ham «nevroz» deb nomlanadi.
«Nevroz» termini hozirda Amerika Qo’shma Shtatlarida professional psixiatrik hamjamiyat tomonidan ishlatilmaydi. Amerika psixik buzilishlar diagnostik va statistik qo’llanmasining 1980 yilda DSM-III uchinchi nashridan boshlab «nevrozlar» bo’limi bekor qilindi. Misol uchun, depressiv nevroz o’rniga distimik buzilish, obessiv-kompulsiv nevroz o’rniga obessiv-kompulsiv buzilish, ipoxondrik nevroz o’rniga ipoxondriya kiritildi.
Meningit — infektsion etiologiyali, bosh miya va / yoki orqa miya qobig’ining yallig’lanishli jarayonlaridir. Meningitning klinik belgilariga qattiq bo’yin (bo’yin muskullarining qisqarishi, bemorning boshi orqaga tortilib qoladi va normal holatga qaytish qiyin bo’ladi), kuchli bosh og’rig’i, tana gipertermiyasi, ong buzilishi, ovoz va yorug’li qo’zg’atuvchilariga o’ta sezuvchanlik kiradi. Meningit qobiqning infektsiyalanganligiga javob tariqasida birlamchi shakl yoki boshqa kasalliklar asoratlari tufayli yuzaga keladigan ikkilamchi shakl sifatida namoyon bo’ladi. Meningit — yuqori o’lim ko’rsatkichli, bemorlarni nogiron qiladigan, bedavo buzilishlar va organizm disfunktsiyasiga olib keladigan kasallikdir.


Yüklə 25,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin