“SOG`LOM BOLA – YURT TAYANCHI” NOMLI TADBIR
SENARIYSI
(2014-yil - “Sog`lom bola yili”ga bag`ishlanadi)
O`zini yurt farzandi hisoblaydigan har bir kishi Vatanida sodir
bo`layotgan jarayonlardan chetda turmaydi. Vaholanki, bugunki kundagi
yangilanish ehtiyoji ertangi kundagi mustahkam kelajak zaminidir. Shu
ma’noda, yurtimizda barcha sohalar qatori, ta’lim tizimi ham yangi
bosqichga ko`tarilib kelmoqda.
Ta’lim tizimimizda milliy mentalitetga asoslangan, qadriyatlardan
uzoq bo`lmagan, ilg`or tajribalar asosida barkamol avlodni tarbiyalash
ustuvor vazifa sanaladi.
“Bolalarni himoya qilish yili”, “Sog`lom avlod yili”, “Onalar va
bolalar yili”, “Yoshlar yili”, “Barkamol avlod yili”... Davlatimiz
mustaqillikka erishgach, har bir yilni mazmunli va maqsadli o`tkazish
uchun yillarga nom berish urfga kirdi. Yuqoridagi yil nomlarini bekorga
keltirmadik. Ularning zamirini barkamol avlod tarbiyasi birlashtirib
turadi.
Prezidentimiz Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsi -yasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag‘ishlangan tantanali
marosimdagi ma’ru-zasida yaqinlashib kelayotgan 2014-yilni ham
ma’lum nom bilan atash taklif etildi. Va yana yurt kelajagi bo`lmish
barkamol avlod uchun yangi yil, yangi nom: “Sog`lom bola yili” !
“Biz sog`lom deganda, nafaqat
jismoniy, balki ma’naviy jihatdan
ham sog`lom bolani o`zimizga
tasavvur etamiz”
Islom Karimov