Soha terminologiyasini tartibga solishning lingvistik asoslari



Yüklə 50,5 Kb.
tarix02.04.2023
ölçüsü50,5 Kb.
#92463
Soha terminologiyasini tartibga solishning lingvistik asoslari


Soha terminologiyasini tartibga solishning lingvistik asoslari
(ma’ruza matni)
Tilshunoslikda terminlarni tartibga solish masalasi har doim ham dolzarb bo'lib kelgan. Har bir soha terminologiyasini tartibga solish bugun ham o 'z ahamiyatini yo'qotgani yo‘q. O'zbek tilshunosligida sohaviy term inologiyalam i tartibga solish m asalasida bir qancha ishlar am alga oshirilgan. Lekin qilingan ishlam ing salm og'i bilan chegaralanib qola olmaymiz. Chunki term inlarni tartibga solish masalasini barcha soha term inologiyalarida ham bir xilda olib borilyapti deb bo'lmaydi. Shu n u q tai nazardan bu y o ‘nalishda echimini kutayotgan m uam m olar talaygina. O 'zbek term inologiyasi to'laligicha bugunga qadar jiddiy shaklda lingvistik tadqiqot o b ’ekti b o ’lmagan va barcha soha term inologiyalarini tartibga solish masalasi deyarli hal etilm agan. M a’lum ki, har bir fan sohasming rivojlanish va takom iUashuv darajasi shu soha terminologiyasining qay darajada taraqqiy etganligi, shuningdek, tartibga solinganligi kabi belg ilar bilan ham uzviy bog'Iiqdir. Chunki ilmiy adabiyotda q o ‘llanadigan term in yoki uning ifoda shakli aniq va ravshan b o 'lm as ekan, unda, albatta, chalkashlik, noaniqlik kabi salbiy holatlar saqlanib qolaveradi. Shu bois, har bir fan yoki sohaning taraqqiyot ko'rsatkichi shu soha terminologiyasining «qat’iy ilm iy term inologiya»ga ega ekanligi bilan ham belgilanadi. Bu yerda «qat’iy ilm iy terminologiya» tushunchasi biron b ir sohaviy term inologiyaning mazkur fan sohasi taraqqiyoti bilan uyg'unlashuvi, sohaviy terminologiyaning ayni sohaga oid tushunchalarni ifodalashdagi hamohangligi, yaratilgan va m uom alada b o 'lib turgan term inologiyaning m uayyan fan tili bilan mos kelishi kabi holatlarni nazarda tutadi. T erm inlarning aniqligi va q a t’iylashishi shu millatning ..mi, maorifi, m adaniyati darajasini ko'rsatadi. Terminlarning rivojlanishi, tartibga solinishi fanning har xil sohalarida turlicha bo'lib, m a’lum fanning taraqqiyotiga bog'liq. Bu taraqqiyot to ’xtovsiz b o 'lg an i uchun yangi terminlarning kelib chiqishi, tartibga tushishi ham uzluksiz bo'ladi, Umuman, ona tilida term inlarning puxta ishlanishi, tartibga solinishi darslik va qo'llanm alar tuzish uchun ham, on a tilida dars olib borish uchun ham zarur b o 'lg an manbadir. Term inlarning ishlanmaganligi va tartibga solinm aganligi nutq uslubiga ham ta ’sir ko'rsatadi.
Demak, termin.ologiya.ni tartibga solinishi nafaqat ilm iy sohada, balki ijtimoiy hayotda ham aham iyati katta b o 'lg an masaladir. Terminologiyani tartibga solishning sam aradorligi term inlar bevosita qo'Uanadigan quyidagi holatlarda yaqqol ko'rm adi-. kasbiy ta ’limni to ‘g ‘ri tashkil etishda, ishlab chiqarish amaliyotida bo'ladigan og'zaki muomalada, ilm iy va ishlab chiqarish jarayonlaridagi o'zaro yozishmalarda, m atbaachilikda (ilmiy, o'quv, ishlab chiqarish kabilarga oid adabiyotlarni nashr etishda), chet el adabiyotlarini tarjima qilishda va hokazo. M a’lumki, har bir fan sohasi doim iy taraqqiyotda bo'ladi. Bu esa, o'z navbatida, undagi tushunchalam ing, ular orqali term inlam ing ham o'zgarib turishiga olib keladi. Noo'rin, asossiz tanlangan atam a m a’lum davr o ‘tishi bilan ifodalangan tushuncha mazmuniga mos kelmasa, iste’m oldan chiqadi, yangi atam a yaratiladi yoki uning sinonimi o 'm in i egallaydi. Shuning uchun ham atam a lu g'atlari m a'lum vaqt o 'tish i bilan qayta nashr qilinadi - to'ldirîladi yoki asossiz atam alar boshqa qulay va aniq atam alar bilan alm ashadi. Demak, term inologiyani tartibga solish bu doim iy va kundalik ishim iz b o ‘lishi, shuningdek, u fan va texnika taraqqiyoti bilan ham ohang takomillashib borishi lozim. Tilshunosiikda term inlam ing o'zgarishi ham da yangi term inlam ing paydo bo'lishi fan va texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog'liqdir. Texnika taraqqiyoti ta ’sirida term inologiya o ‘zaro aloqador ikki qonuniyat asosida, birinchidan, ilmiytexnika progressi qonuniyatlari bilan, ikkinchidan, til rivojlanishining umumiy qonuniyatlari bilan b o g 'liq ravishda o'zgarib boradi. Texnik m alakaning endilikda m a’lum toi doiradan chiqib, ommaviy xarakterga ega b o ‘layotganligi va turli sohalarning mutaxassislari kundaiik faoliyatida fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanayotganligi term inlarga bo'lgan yuksak talab bilan uning hozirgi holati orasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etishni talab etadi. Chunki jam iyat hayotida fan va texnika qanchalik katta aham iyatga ega bo'lsa, u n i egallash, boshqarish va taraqqiy ettirish uchun term inlar ham shunchalik muhim ahamiyatga molikdir. Shu jihatdan, tem iinlarni tartibga solish juda katta ilmiy va ijtim oiy aham iyatga egadir. Fan-texnikaning tez su r’atlar bilan rivojlanib borishi natijasida yangidan-yangi m ashinalar, apparatlar, asbob-anjom lar va texnologik jarayonlam ing paydo bo'lishi bilan ularni ifodalovchi yangi term inlar ham vujudga kelmoqda. Shu sababli, yangi texnika vositalari qaysi sohaga ko'proq kirib kelgan bo'lsa, shu soha term inologiyasi to'xtovsiz ravishda kengayib borm oqda. M asalan, ana shunday sohalardan biri poligrafiyanashriyotchilik sohasidir. M azkur soha taraqqiyotiga e ’tibor bersak, bu sohaga texnik vositalam ing kirib kelishi, asosan, yigirm anchi asr boshlariga to 'g 'ri keladi. Lekin uning eng taraqqiy etgan davri bugungi kundagi holatidir. Hozirgi zam onaviy poligrafiya-nashriyotchilik tarm og'i hujjatlam i tayyorlash va ularning nusxalarini ko'paytirish, kitob holiga keltirish jarayonlarini o'zida m ujassam lashtirgan texnik vositalar q o'llanadigan yetakchi sohalardan biriga aylandi. Natijada, ushbu soha term inologiyasiga juda ko'plab yangi tushunchalar va ular bilan birga yangi ilmiy-texnikaviy terminlar ham kirib kelm oqda. Albatta, bunday o'zgarishlar o'zbek tllining ish ko'rish doirasini kengaytirib, uning leksik sostavini yangi-yangi ilmiy va texnik term inlar bilan boyitdi. K o‘pchilik hollarda yangi term inlar yaratish ishiga oddiy taijim a yoki kalkalash jarayoni sifatida qaraymiz. Term inologiyadagi mavjud kam chilik ham da tartibsizliklarning asosiy sabablaridan biri ham shundadir. Zotan, yangi termin yaratish har taraflam a m ukam m al bo'lgan ijodiy jarayondir. Har qanday ilm iy-texnikaviy term in oddiy so'zning yoki so ‘z birikm asining term inologiyadagi aksi bo'lib, u aniq chegaralangan ham da belgilangan mazmunga, bu mazmun esa, kontekstdan q a t’iy nazar, laqat shu term inga oid bo'lishi lozim. K.M .M usayev term inologiyani tilning leksikasi sifatida go‘yo b ir shaharga qiyoslaydi. Uning fikricha, terminologiya yagona reja asosida qurilsa-da, lekin birdaniga Ь аф о etilmaydi. U tarixiy shart-sharoit asosida shakllanadi, uni yaratishda har хД avlodga m ansub bo'lgan turli m e’morlar, loyihachilar, kashfiyotchilar ishtirok etadi. U lar har bir qurilayotgan inshootni yaxshi o ’rgangan holda barpo etadilar. Terminologiyani tartibga solishdagi o'ziga xos m urakkablik ham shu bilan belgilanadi (Мусаев K.M. Ф ормирование, развитие и современные проблемы терминологии. - М.: Наука, 1986.). Rus tilshunosi D.S.Lotte term inologiyaga bag'ishlangan asarlarida barcha sohaviy term inologiyalar uchun umumiy bo'lgan quyidagi jiddiy kam chiliklam i ko'rsatib o'tadi:

  1. Barcha term inologik sistem alar uchun taalluqli b o 'lg an jiddiy kam chiliklardan biri term inlam ing ko‘p m a’noliligidir. Bunda bir term in ikki va undan ortiq m a’nolarda qo'Ilanadi. 2. Hozirgi term inologiyadagi ikkinchi yirik nuqsonlardan biri term inlar sinonimiyasi hodisasidir. Term in-sinonim (dublet)lar deganda muayyan b ir tushunchani ifodalash u ch u n ikki va undan ortiq term inning m uom alada bo'lishi tushuniladi. 3. Terminologiyadagi yana bir kamchilik bu m a’lum bir tushunchani ifodalashga xizm at qiluvchi term inning anglatishi lozim bo'lgan tushuncha m ohiyatiga u y g 'u n bo'lm asligidir. B a’zi holatlarda so'zning aynan m a’nosi bilan tushuncha m ohiyati o‘rtasida nomutanosiblik vujudga keladi. 4. Terminologiyadagi navbatdagi nuqson term inning k o 'p kom ponentlardan iborat bo'lishi va natijada, uni qo'llash d ag i noqulaylikdir. Bunda m uayyan bir tushunchani ifodalashga xizmat qiluvchi termin ikki va u n d an ortiq kom ponentlardan iborat bo'ladi. Bunday yasalishga oid bo'lgan term inlarda, birinchidan, nutq iqtisodi, y a ’ni ixcham ligi buziladi, bu esa, o 'z navbatida, fikrlashga salbiy ta ’sir ko'rsatadi. Ikkinchidan, term in keragidan ortiq darajada uzun bo'lganda ellipsis (nutq unsurining tushib qolishi) bodisasining vujudga kelish ehtim oli kuchayadi. 5. Yuqoridagi nuqsonga yaq in bo'lgan yana bir kam chilik bu - term in talaffuzining noqulayliyi. Bunday term inlar ikki sababga ko 'ra vujudga keladi: 1) asosiy terminni yaratishda uning derivatlilik imkoniyatlari yetarlicha inobatga olinm aydi; 2) xorijiy term inni o'zlashtirishda u n g a jiddiy e ’tibor bilan qarab, tanqidiy yondoshilmaydi. 6. Terminologiyadagi en g k atta kam chilik bu term inologiyani keragidan ortiq m iqdorda xorijiy term inlar bilan to'ldirib tashlashdir. T o'g'ri, hech qanday til faqat o 'z term inelem entlari hisobiga term inologiyasini qura olm aydi, Til qurilishi jarayoni shuni ko'rsatadiki, dunyoda sof tilning o'zi umuman mavjud emas. B ar doim boshqa tillardan term in o'zlashtirish jarayoni sodir bo 'lib turadi, bu jarayondan chekinish mumkin emas. Ammo ehtiyoj sezilmagan holatlarda ham xorijiy terminlami sun'iy ravishda tUga olib kirish h ar doim o'zini oqlayvermaydi. Bunday holatlarda ko'proq o ‘z til im koniyatlaridan foydalanish va b u n d a term in ifodalashi lozim. 7. Ko‘p hollarda b a'zi tushunchalarni ifodalovchi terminlar iste’m olda mavjud bo‘lm aydi. Natijada bunday tushunchalar o ‘ta m uhim va ahamiyatli b o 'lish ig a qaramasdan, keng tarqalish im koniyatidan m ahrum b o'ladi. 8. Yana bir kam chilik shuki, term in yaratilishida u anglatishi lozim b o 'lg an tushuncha mohiyati bilan o'zaro batartiblik (sistem alilik)ning yetishmasligidir (Лотге Д.С. О сновы построения научно-технической терминологии. — М осква,1961). D.S.Lotte tom onidan ko'rsatib o'tilgan barcha soha term inologiyalariga oid b u kamchiliklar, oradan 40 yildan ortiq vaqt o'tishiga qaram asdan, bugungi kunda ham o ‘z ahamiyati va dolzarbligini yo'qotm asdan turibdi. M a’lumki, term inologik lug'atlar ham soha term inologiyasini tartibga solishda o ‘ziga xos aham iyat kasb etadi. Akadem ik G’.A bdurahm onov terminologik lug'atlarning m a’lum fan sohasiga xizm at qilibgina qolmay, terminlarni tartibga solish, takom illashtirish hamda standartlashtirishda ham m uhim rol o'ynashini ta ’kidlaydi. Terminologik lug'atlar uchun term in tanlash nihoyatda m as’uliyatli ish. Chunki har bir termin m a ’lum tushunchani to ‘g ‘ri ifodalashi, o ’zi ifodalagan sohaga va ayni ch o g 'd a ona tilining ichki qonuniyatlariga mos bo’lishi shart. Tanlangan term in b ir ma’noli, ixcham so ‘z yoki birikm adan iborat bo'lishi, qolaversa, u sinonim larga ega bo'lm asligi kerak. Term inologik lu g 'atlar ko'pincha bir tilda yoki ikki tilda tuzilib, uning vazifasi h ar bir sohadagi term inlarni izohlab, tushuntirib berishdan iborat. Bunday lug'atlar “M axsus lug‘at”, y a ’ni “Ayrim sohalar lug'ati" deb ham yuritiladi. Terminologik lu g 'atlar har qaysi soha bo'yicha, chunonchi, qishloq xo'jaligi, falsafa, tabobat, tilshunoslik, geografiya, fizika, m atem atika, geologiya kabi barcha sohalar bo'yicha tuziladi,

Yüklə 50,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin