•
Uzluksiz ta’lim sohasidagi islohotlar quyidagilarni nazarda tutadi:
•
davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining har xil turlarini rivojlantirish;
•
majburiy umumiy o‘rta ta’limdan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o‘tilishini
ta’minlash;
•
ilg‘or texnologiyalarni keng o‘zlashtirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, chet el
investitsiyalari ko‘lamlarining
kengayishi,
tadbirkorlik
, kichik va xususiy biznesni
rivojlantirish bilan bog‘liq yangi kasb-hunar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar, shu
jumladan boshqaruv tizimi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish;
•
ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, jamoat boshqaruvi shakllarini
rivojlantirish, ta’lim muassasalarini mintaqalashtirish;
•
ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish tizimini yaratish va joriy
etish;
•
uzluksiz ta’limni fan
va ishlab chiqarish bilan
•
integratsiyalashtirishning puxta mexanizmlarini ishlab
chiqish va joriy etish;
•
tub yerli millatga mansub bo‘lmagan shaxslar zich yashaydigan joylarda ular o‘z ona
tillarida ta’lim olishlari uchun tashkiliy va pedagogik shart- sharoitlar yaratish.
Miliy dasturda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini tashkil etish va
rivojlantirish
uchun:
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatida yangicha tarkib, mazmun
hamda bu tizimni boshqarishni shakllantirish;
•
yuqori malakali o‘qituvchi-mutaxassis kadrlar tayyorlash va sohani ular bilan to‘ldirib
borishni ta’minlashl.
•
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining bu sohada raqobatga
asoslangan muhitni shakllantirishni va samarali faoliyat olib borishni ta’minlovchi
me’yoriy bazasini yaratish;
•
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim
muassasalarini davlat
attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan o‘tkazish tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy
etish;
•
iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari, mulkchilikning turli shaklidagi tashkilot va
muassasalarning talab-ehtiyojlariga muvofiq kadrlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirishni ta’minlovchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini
tashkil etish va rivojlantirishga ko‘maklashish;
•
professional trening ilg‘or
texnologiya va uskunalarni
, shuningdek, murakkab, fan
yutuqlarini talab qiluvchi texnologiya jarayonlari imitatorlarini ishlab chiqish, yaratish va
amaliy o‘zlashtirib olish zarur.
Kadrlar tayyorlash Milliy tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagi:
Ta’limning uzluksizligini ta’minlash;
1.
Pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash
va ularning malakasini
oshirish;
2.
Ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish;
3.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar;
4.
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar;
5.
Ta’lim
tizimini boshqarish
;
6.
Kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish;
7.
Ta’lim tizimini moliyalash;
8.
Moddiy-texnika ta’minoti;
9.
Ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish;
10.
Ta’lim xizmati ko‘rsatish
bozorini rivojlantirish;
11.
Ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash hamda bu sohani davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash;
12.
Fan bilan ta’lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish;
13.
Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi integratsiyalashuvini rivojlantirish;
14.
Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik kabi yo‘nalishlar belgilab
qo‘yilgan.
15.
Dostları ilə paylaş: