Sohasidagi tadqiqot metodlari



Yüklə 21,27 Kb.
səhifə2/2
tarix21.10.2023
ölçüsü21,27 Kb.
#158882
1   2
2-mavzu

go‘zallikni tushunishini tarbiyalash kerak.
O‘lka tabiati, daryolar, o‘rmon massivlari to‘g’risidagi matnlarni o‘rgata
borib o‘qituvchi Respublikamizning xalq xo‘jaligi uchun ularning ahamiyatini
ta’kidlab o‘tadi. Bu vatanparvarlik hissini tarbiyalaydi.
Shuning bilan birgalikda geografiya darslari-mehnat tarbiyasi maktabi hamdir.
Odam mehnati – uning jismoniy va ma’naviy sihatligining manbai ekanligiga
ishontirib, o‘qituvchi mehnatiga muhabbatni, astoydil mehnat qilishi istagini,
mehnat ahliga hurmatini tarbiyalaydi. Bu 1-sinfda "Maktab xodimlari mehnatiga
hurmat", "Maktab oldi maydonchasidagi ishlarda qatnashish", "Ishlab chiqarishda
band odamlarning kasblari". 2-sinfda "Kun tartibidagi mehnatning turlari", "Maktab
mulkiga ehtiyotlik munosabati", "Xona o‘simliklarini parvarish qilish", "Qurilishda
ishlovchi odamlarning kasblari", "Mavsumlar bo‘yicha maktab oldi
maydonchasidagi ishlar". 3-sinfda "Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish
bo‘yicha odamlar mehnati", "Mehnat va dam olish "tartibi" "Dalada, bog’da, polizda
odamlar mehnati", "Maktab oldi maydonchasida odamlar mehnati", "Foydali
qazilmalarni olish". 4-sinfda "Cho‘llarda, dashtlarda, o‘rmonda, tog’larda, odamlar
mehnati", "Yer osti boyliklari suv, havo, o‘simliklar, hayvonlar muhofazasi bo‘yicha
odamlar mehnati" mavzularidir. Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarning kompleks
tarbiyasida katta o‘rin egallaydi.
Geografiyani o‘qitish o‘qituvchiga o‘quvchilar tafakkurini, ijodiy va bilish
faolligini rivojlantirish uchun boy material beradi. Geografiya bo‘yicha
mashg’ulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar ochiq havodagi
o‘uyinlar, o‘lkashunoslik ekskursiyalar bilan chambarchas bog’lamoq zarur. Bu
o‘quvchilarning yaxshi bilim olishgagina emas, shaxsni shakllanishiga ta’sir
ko‘rsatadi. Boshlang’ich sinfda geografiyani o‘qitishning maqsadi botanika,
zoologiya, ekologiya, anatomiya, fiziologiya, gigiena, jugrofiya fanlarining
elementar asoslarini berishdir.
Geografiyani o‘rgana boshlashdanoq o‘quvchilarda o‘simlik va hayvonot
dunyosi to‘g’risida moddiy tushunchalarni shakillantirib borish, amaliy ishlarni
bajarish, tajribalar, kuzatishlar, ekskursiyalar o‘tkazish jarayonida olingan
tushunchalar ilmiy nuqtai nazaridan tasdiqini berishi kerak.
Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun eng aniq, ko`zga tashlanadigan
aloqalargina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun 1-2 sinf o‘quvchilari tabiatdagi
mavsumiy o‘zgarishlarni kuzatib, kuzdagi va qishdagi hodisalar sovish,
bahordagilar esa ilish bilan bog’liqligini payqaydilar. 3-4 sinflarda kuzatishlar
natijasida endi tabiatning ayrim elementlari o‘rtasida oddiy bog’lanishlar
borligini aniqlaydilar. Nima uchun havo haroratining o‘zgarishini, nima uchun
kun bilan tun almashishini bilib oladilar.
Tabiatni muhofaza qilish va uning boyliklaridan tejab-tergab foydalanish
alohida ahamiyat kasb etadi. Bu masalani muhokama qilishda iqtisodiy va ilmiytexnik
omillar bilan birga uning axloqiy tarbiyaviy tomonlari ham muhim
ahamiyatga egadir.
Olti yoshli o‘quvchilarni jonajon o‘lka tabiati namunasida axloqiy
tarbiyalashda "Atrof tabiat bilan tanishtirish" predmetining imkoniyatlari juda
kattadir. Dars mashg’ulotlari orqali bolalarni axloqiy tarbiyalashda quydagilar asosiy
vazifa qilib qo‘yiladi: 1.Jonajon o‘lka tabiati bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarda
unga nisbatan muhabbat va faxrlanish hissini uyg’otish. 2.Tabiat boyliklarini
saqlash, ko‘paytirishga o‘rgatish asosida ijtimoiy mulkni tejab asrash malakasini
hosil qilish. 3.Tabiatga nisbatan mer-muhabbat o‘yg’otib, ijobiy munosabatlarda
bo‘lishga odatlantirish, shu yo‘l bilan o‘quvchilarda insoniylik, o‘zaro hurmat
hissini o‘stirish. Jonajon o‘lka tabiatini 2-mashg’ulot "Maktab yer maydonchasiga
ekskursiya"dan boshlash. Mashg’ulotda o‘quvchilarni maktab oldi maydonchasi va
unda o‘sayotgan o‘simliklar bilan tanishtirish, tabiatga nisbatan muhabbatni
tarbiyalash, uni avaylab asrashga o‘rgatish asosiy maqsad qilib qo‘yiladi. Amaliy
ishlarni maktab yer maydonchasida olib boriladi. Dastlab o‘quvchilarni maktab yer
maydonchasi, undagi o‘simliklar, poliz ekinlari, tashqi ko‘rinishlari bilan
tanishtiradi. Mevali va manzarali daraxtlar, rang-barang ochilib turgan gullar, etilib
pishgan poliz ekinlari kishilar mehnatining natijasi ekanligi bolalarga tushuntiriladi.
2. Paxtachilik bilan tanishtirish orqali bolalarga o`z respublikasiga, uning
mehnatkash xalqiga nisbatan hurmat hissi tarbiyalanadi. Shu maqsadda mashg’ulot
davomida o‘quvchilar yer maydonchasidagi paxtazorlarga olib borilib, ular bilan
suhbat o‘tkaziladi.
O‘quvchi yoshlarga ekologik bilimlar berish davr talabidir. Ekologik
bilimlar yuzasida bolalarga puxta bilim, o‘quv va malakalar hosil qilishlari va
o‘quvchildarda mustaqillik ko‘nikmalari o‘stirishga yordam beradi. Ekologik
bilim va tarbiyaning asosiy yo‘nalishlari qo‘yidagi natijalarni beradi: birinchidan
o‘quvchilarga zamonaviy ekologik tafakkur shakllanadi; ikkinchidan, bolalarda
mamlakatning haqiyqiy egalari qilish hissini tarbiyalab, yuksak ekologik
madaniyatni tarkib toptiradi; uchinchidan, yoshlarda psixologik, ahloqiy sifatlarni
o‘stirib, ularni intizomlilikka va tejamkorlikka o‘rgatadi.
Shu o‘rinda o‘quvchilar bilan go‘zal tabiat haqida suhbatlar tashkil etish,
uni asrash yuzasidan olib boriladigan ulkan nashrlar xususida fikr yuritish
maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchilarga yashil tabiat quchog’idagi borliqni sistemali ravishda
o‘rgatib borish jarayonida ekologik bilim va tarbiyaning o‘ziga xos tomonlari
singdiriladi; insonning mehnat faoliyati bilan tabiat o‘rtasidagi aloqalar
tushuntirilib, tasavvur hosil qilinadi. Boshlangich ekologik bilim va
ko‘nikmalarni shakllantirish orqali o‘quvchilarning bilish qobiliyatlari o‘stirilib
ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmasi rivojlantiriladi. Shu kabi o‘qish ko‘nikma va
malakani singdirish uchun o‘qituvchi o‘qitishning turli metod hamda metodik
usullaridan foydalanadi.
Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Pedagogik tadqiqotlar va ularning geografiyani o‘qitish metodikasi fanida
qo‘llanilish asoslarini izohlab bering.
2. Geografiyani o‘qitish metodikasi o‘rganadigan va ishlab chiqadigan
muammoli masalalar doirasini tahlil eting.
3. Geografiyani o‘qitish metodikasi fanida tadqiqot metodlarining ahamiyati
nimada?
4. Nima uchun kuzatish geografiyani o‘qitish metodikasi fanida eng muhim
metod hisoblanadi?
5. Nima uchun tajriba geografiyani o‘qitish metodikasi fanida yetakchi
metodlardan biri hisoblanadi?
Yüklə 21,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin