Ma`lumot axborot va xizmat yozishma hujjatlari-fayllar.org
Da’vo xatlari uch nusxada tayyorlanib, 1-nusxasi aybdorga, 2-nusxasi da’vogarga beriladi, 3-nusxasi esa sud idoralariga topshiriladi. Xizmat xatlarining turiga qarab ularni rasmiylashtirishda ba’zi farqlar bo‘ladi. Masalan, axborot va da’vo xatlariga ularning mazmunidan kelib chiqqan holda sarlavha qo‘yiladi. Ilova xat, iltimos xat, ba’zi kafolat xatlarining matnida adresatga uning ismi va otasining ismi bilan murojaat qilinadi. Murojaat “hurmatli”, “muhtaram” so‘zlaridan boshlanadi, “Siz” olmoshi bosh harf bilan yoziladi. Farmoyish xatlari bir necha rahbar, muassasa va bo‘linmalarga yo‘llanadi va ularning adresatlari odatda ko‘plik shaklida yoziladi

Xizmat xatlarida ularning mazmuniga ko‘ra turli jumlalar ishlatiladi. Chunonchi, ilova xatida “yo‘llaymiz”, “yo‘llanadi”, iltimos va so‘rov xatlarida “so‘raymiz”, “so‘raydi”, kafolat xatida “kafolat beradi”, “o‘z zimmasiga oladi”, tasdiq xatida “tasdiqlaymiz”, “oldik”, eslatma xatda “eslatib o‘tamiz”, “yana bir bor iltimos qilamiz” kabi so‘zlar qo‘llanadi. Xizmat xatlari muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Rahbar bo‘lmagan hollarda shunday vakolatga ega bo‘lgan shaxs, ya’ni uning vazifasini bajaruvchi yoki o‘rinbosari, lavozimi aniq ko‘rsatilgan holda imzo chekadi.