Soibjon begmatov bastakorlar



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/43
tarix23.05.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#120267
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43
bastakorlar ijodi

Amaliy mashg‘ulot: Xorazm bastakorlik maktabi ijodiy 
faoliyatini o‘zlashtirish. Namoyandalar ijodi bilan tanishish. Xalq 
ijodiyoti, suvoralar ijodiyoti va maqomlar ijodini o‘zlashtirish. Har 
bir yo‘nalishga tegishli bo‘lgan musiqiy namunalardan tinglash. 
Suvoralar va maqom yo‘llariga e’tibor berish. Asarlarini tinglab 
tahlil qilish. K.Otaniyozovning ijrochilik va bastakorlik faoliyatidagi 
yo‘nalishni aniqlash. Ijro etgan va bastakorlikda yaratgan asarlarini 
o‘zlashtirish, tinglash va tahlil qilish.
Nazorat savollari
1. Xorazm bastakorlik maktabi ijodiy faoliyati xususida nimalarni 
bilasiz?
2. Doston, suvora va maqom ijodining o‘ziga xos tomonlari.
3. K.Otaniyozov va boshqa ijodkorlarning bastakorlik uslubi haqida 
nimalarni bilasiz? 
4. Voha bastakorlari ijodini Farg‘ona-Toshkent bastakorlik uslubidan 
farqlay olasizmi? 


76
III bob. 
BASTAKORLIK IJODI NAMOYANDALARI 
3.1. XX ASR 30–60-YILLARI BASTAKORLIK IJODIY 
NAMOYANDALARI
Muhammadjon Mirzayev
(1913–1999)
Ustoz san’atkor, mohir sozanda, bastakor, 
O‘zbekiston xalq artisti Muhammadjon 
Mirzayev 1913-yil 13-avgustda Toshkent 
shahrida ishchi oilasida tavallud topgan. U 
yoshlik chog‘laridan musiqaga qattiq mehr 
qo‘yadi. 1932-yili Toshkent to‘qimachilik 
kombinatiga ishga kiradi va shu paytdan 
boshlab temiryo‘lchilar klubi qoshidagi 
havaskorlik to‘garagiga qatnashadi. To‘-
garakda rus xalq cholg‘ularidan mandolina sozida chalishni 
o‘rganadi. 1936-yili O‘zbek davlat filarmoniyasi qoshida tashkil 
etilgan «O‘zbek xalq cholg‘ulari» ansamblida sozandalik faoliyatini 
boshlaydi. Ansambl badiiy rahbari To‘xtasin Jalilov bilan bo‘lgan 
muloqoti uning hayotida keskin burilish hosil qiladi. 
Muhammadjon birinchi galda ansamblda o‘z o‘rnini topishga 
harakat qildi. Ansambl rahbari To‘xtasin Jalilov taklifiga 
ko‘ra qashg‘ar rubobini o‘zlashtirishga kirishadi. Qashg‘arlik 
sozandalardan cholg‘uni olib uni o‘rganadi. Aslida uyg‘urlarning 
qashg‘ar rubobi keskin ovozli, pardalari diatonik uslubga va 
tanbur cholg‘usi kabi dastasiga boylangan edi. Cholg‘uning 
texnik jihatlari va tovushqator tizimlarini zamonaviy cholg‘u 
talablariga moslashtirish maqsadida u toshkentlik mashhur sozgar 
Usta Usmon Zufarovga murojaat etadi va birgalikda cholg‘uni 
takomillashtirib, zamonaviy uslubda qayta ishlaydi. Ularning sa’y-


77
harakatlari natijasida rubobning 7 bosqichli pardalari 12 pardali 
tovushqatorga moslashtirilib, boylanma pardalar mis pardalarga 
o‘zgartiriladi. Pirovardida, har tomonlama mukammal cholg‘u sozi 
paydo bo‘ladi. 
Qashg‘ar rubobi aynan shu davrlardan boshlab xalq cholg‘ulari 
qatoriga kirib keladi. Muhammadjon Mirzayev uni ijro amaliyotiga 
olib kirdi va jozibador tarannumini shaxsiy ijrosida namoyon etib 
berishga erishdi. 
1942-yili front konsert brigadasi bilan konsert gastrollarini 
o‘tkazadi. 1943-yili musiqali drama teatrining tashkil etilishi 
bilan Muhammadjon Mirzayev teatrning musiqa rahbari sifatida 
ishga taklif etiladi. Ushbu jamoada uning mustaqil bastakorlik 
ijodi boshlanadi. Uning ilk qo‘shiqlaridan biri Akmal Po‘lat so‘zi 
bilan «Mehnat ahli» asari 1943-yili yosh sa’natkorlar Halima 
Nosirova, Zaynab Polvonova va Fotima Boruxovalar tomonidan 
ijro etiladi. Bu, albatta, o‘zbek san’atida unutilmas voqea bo‘ldi. 
Eng avvalo, o‘zbek bastakorlari qatoriga o‘ziga xos ijodkor kirib 
keldi, ikkinchidan, katta ashula janrida zabardast ustozlar Jo‘raxon 
Sultonov va Ma’murjon Uzoqovlar rasm qila boshlagan katta ashula 
janrining yangi yo‘nalishida yana bir o‘ziga xos asar dunyoga 
keldi, uchinchidan, katta ashula o‘zbek ayol ijrochilari tomonidan 
maromiga yetkazib ijro etildi. 
1946-yili u O‘zbek davlat filarmoniyasiga ishga qaytadi, 1948– 
1953-yillarida Toshkent davlat konservatoriyasining «O‘zbek xalq 
cholg‘ulari» fakultetida qashg‘ar rubobi sinfi bo‘yicha o‘qiydi. 
Muhammadjon Mirzayev sozanda sifatida rubob ijrochiligida o‘ziga 
xos ijro uslubini yaratadi. Avvaliga yakkanavozlikda, keyinchalik 
o‘g‘li va shogirdi Shavkat Mirzayev bilan jo‘rnavozlikda o‘zbek 
shinavandalarini o‘ziga rom etadi. 
Rubob cholg‘usining keng ommalashishi va xalqning sevimli 
cholg‘ulari qatoriga kirib kelishining yana bir sababi, Muhammadjon 
Mirzayevning bastakorlik ijodi edi. Chunki rubobning asl mohiyatini 


78
namoyon etadigan zamonaviy dilbar kuylar aynan Muhammadjon 
Mirzayev ijodida yaratila boshlandi. Uning ijodiga mansub 
«Gulnoz», «Intizor etma», «Dilbar», «Zavqim kelur», «Dildor I, 
II», «Orzu dil», «Dilrabo», «Tong», «Jonon», «Gilos» kabi rubob 
taronalari yaratildi. Ushbu asarlar o‘zbek cholg‘u kuylari sifatida 
o‘zining originalligi, ohangining jozibaliligi, mavzusining rang-
barangligi bilan xalq orasida keng ommalashdi. 
Muhammadjon Mirzayev ijod etgan asarlari o‘zining raqsbopligi 
bilan ajralib turadi. O‘zbek raqs san’ati ijro repertuari uchun 
yaratgan asarlari, doimo o‘zining yorqin jozibadorligi va o‘ynoqiligi 
bilan tinglovchilar olqishiga sazovor bo‘lib kelgan. Bastakorning 
tanlagan mavzulari ham rang-barang. Ular ona Vatanni, aziz yurtni, 
go‘zal tabiatni, baxtli hayotni, ishq-muhabbatni madh etuvchi 
kuylarni tashkil etgan. «Bahor valsi», «Qizlar valsi», «Orzu dil», 
«Dil kuylasin», «Go‘zal Vatanim», «Shodlik», «Yor uchrashuvi», 
«Gulbahor va Tanavor», «Rohat» kuylari shular jumlasidandir. 
Uning yaratgan asarlarida vohaviylik, yakkaxon xonandalarga 
xos unsurlar go‘zal uyg‘unlashgan. Ijodiy faoliyati, asosan, ijodiy 
jamoalar bilan bog‘liqligi sababli (masalan, jamoa yoki qatnashchilar 
uchun repertuar tanlashda) kunlik vaziyatga mos asarlar yaratishga 
muvaffaq bo‘lgan. Shu bois Muhammadjon Mirzayev davr 
san’atkorlari uchun kuy, qo‘shiq va ashulalar yaratgan. Ular orasida 
taniqli xonanda Dilorom Qayumova ijro etgan «Uch dugona», «Ey, 
gul», «Oltin sandiq», «Popning popuk qizlariga», «Onalar» kabi 
qator qo‘shiqlari o‘zining yorqinligi, go‘zal taronaga moyilligi bilan 
alohida ajralib turadi. 
Bastakorning mumtoz uslubga xos bo‘lgan ijodiy namunalari 
O‘zbekiston xalq hofizi Ma’murjon Uzoqov bilan bog‘liqligini 
qayd etish lozim. Chunonchi, Muhammadjon Mirzayev zabardast 
san’atkor, bilimdon bastakor sifatida ustoz Ma’murjon Uzoqov 
ijrosida butun Farg‘ona vodiysi hofizlik san’ati ijrochilik omillarini 
ko‘ra bildi. O‘zining bastakorlik ishlari doirasida o‘z ashulalarini 


79
Farg‘ona vodiysi ijrochilik an’analari bilan sug‘orishga va alohida 
original asarlar yaratishga muyassar bo‘ldi. Shu bois uning 
yaratgan ashulalari haligacha o‘z mavqeyini saqlab yetuk hofizlar 
tomonidan ijro etib kelinadi. Uning Ma’murjon Uzoqov ijrosida 
mashhur bo‘lgan yalla va ashulalari orasida – Muqimiy so‘zlariga 
«Yakka bu Farg‘onada», «Surating», «Yolg‘iz», «Ayrilmasun»; 
Furqat so‘ziga bastalangan «Yo‘lingda», «Sho‘xi jononim mening», 
«Qachon bo‘lg‘ay» va «Yor istab»; Sobir Abdulla so‘zi bilan «Parvo 
etib kel», «Shahloga tushdi», «Ko‘zlaring»; Hanifa Mavlonova 
ijrosida elga manzur bo‘lgan, keyinchalik ommalashgan «Parvona 
bo‘ldim», «Gulchehra yor», «Tong otguncha», «Husningga bu 
shaydoni» kabi o‘nlab ashulalar o‘zbek musiqa merosidan munosib 
o‘rin oldi.
Muhammadjon Mirzayev o‘zbek bastakorlik an’analarini 
munosib davom ettirgan, musiqiy merosga original asarlar bilan 
hissasini qo‘shgan, ijrochilik amaliyotida yangicha cholg‘u sozini 
kiritgan va ijrochiligini an’anaga aylantirgan zabardast san’atkordir. 
Uning ijrochilik va ijodiy merosi hozirgi davrgacha alohida o‘ringa 
ega. Avvalo, u qashg‘ar rubobi ijrochiligi bo‘yicha sozandalarning 
rahnamosi hamda ijrochilik maktabining asoschisi sifatida tilga 
olinadi. Qolaversa, xalqimizning milliy ruhiyati, ma’naviyatini 
in’ikos etuvchi betakror kuy va qo‘shiqlar yaratgan ijodkor 
ko‘rinishida kelajak avlod bastakorlari uchun ibratdir. Uning 
yaratgan asarlarida o‘zbekona nafosat go‘zalligi, joziba, tabiat bilan 
hamohanglik, hayotga bo‘lgan mehr-muhabbat ifori barq urib turadi. 
Uning ijodini har qancha e’tirof etsa arziydi. 
Muhammadjon Mirzayev rubob ijrochiligida alohida ijro 
maktabini yaratgan va munosib shogirdlar tarbiyalagan, musiqa 
merosimizni ko‘pdan ko‘p (300 dan ortiq) betakror kuy, qo‘shiq va 
ashulalar bilan boyitgan zabardast bastakor, betakror san’atkordir. 
Uning musiqiy merosi o‘zining ko‘p jihatliligi, purma’noligi bilan 
ahamiyatlidir. 


80

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin