Soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/100
tarix31.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#91937
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   100
institutsional iqtisodiyot 1 1 1 (1)

7.3. Firmaning ichki tuzilmasi
«Prinsipal-agent» muammosi hal etilishi muqobil modellardagi tashkilotning
ichki tuzilishi asosida yotadi. Firma ichki tuzilishining quyidagi to`rtta varianti
keng tarqalgan:
o unitar (U-tuzilma),
o xolding (X-tuzilma),
o multidivizional (M-tuzilma)
o aralash (A-tuzilma).
1. Unitar tuzilma - hukmronlik munosabatlarining maksimal darajada
markazlashuvini nazarda tutadi. Barcha asosiy qarorlar «prinsipal» tomonidan
qabul qilinadi, uning o`zi nazoratni ham amalga oshiradi. Agar «agentlar»
faoliyatini nazorat qilish huquqi boshqalarga o`tkazilsa, u holda funksional belgi
bo`yicha – funksional bo`linmalar boshliqlariga: sotish bo`limi boshlig`i, bosh
muhandis, bosh buxgalter va h.k.ga beriladi. Shunday qilib, funksional bo`linmalar
rahbarlari bir vaqtning o`zida firma rahbariyatiga nisbatan «agentlar», bo`lib
topshiriqlarning bevosita ijrochilariga nisbatan esa - «prinsipal» hisoblanadi.
Unitar tashkilotda «prinsipal-agent» muammosini hal etishning yagona
varianti nazorat qilishning yangi, past xarajatlari bilan bog`liq usullarini ishlab
chiqish asosida nazoratni kuchaytirishdan iborat.
Zamonaviy korporatsiya menejerlarga rahbarlik qiluvchi,
...xodimlarga rahbarlik qiluvchi menejerlardan tarkib topadi.
 J Stiglits. Nobel mukofoti sohibi


98
2. Xolding tuzilmasi qarorlar qabul qilish va «agentlar» harakatlari ustidan
nazorat qilish jarayonini imkon qadar markazlashgan tizimdan chiqarishni o`zida
namoyon etadi. Amalda «prinsipal» faqat moliyaviy oqimlarni va «agentlar»
faoliyatining moliyaviy natijalarini nazorat qilish vakolatini o`zida saqlab qoladi.
«Agentlar» barcha qarorlarni qabul qilishda chetda qoladi, foydani taqsimlash
to`g`risidagi qaror bundan mustasno. Boshqacha aytganda, «prinsipal» «agentlar»
faoliyatini bevosita emas, balki «agentlar» musobaqasini tashkil etish orqali
nazorat qiladi.
Xolding tuzilmasi hatto bir firmaning bo`linmalari o`rtasida to`g`ridan
to`g`ri raqobatni ham istisno etmaydi. Ta’kidlash lozimki, xolding bo`linmalari
darajasida «prinsipal» (bir vaqtning o`zida firma rahbariyati uchun «agent»
hisoblangan bo`linma boshlig`i) va «agent» o`rtasidagi munosabatlarning unitar
xilini ham uchratish mumkin.
Multidivizional tuzilma. XX asrning eng ahamiyatli tashkiliy-boshqaruv
innovatsiyasi bo`lib 20-yillarda Per Dyupon («Du Pont» rahbari) va Alfred Sloun
(«General Motors» rahbari) tomonidan multidivizional tuzilmaning tashkil etilishi
hisoblanadi.
Multidivizional tuzilma unitar va xolding tuzilmalarining o`ziga xos sintezi
hisoblanadi. Haqiqatdan ham, unda (masalan, yangi mahsulot ishlab chiqarish
to`g`risida) strategik qarorlarni qabul qilishning markazlashtirish tamoyili saqlanib
qolgan va ayni paytda tezkor nazorat va boshqaruv markazlashmagan. Shu tariqa
divizionlar («agentlar»)ning o`z moliyaviy xarajatini qoplash tamoyili ularga o`z
faoliyatidan olinadigan daromadlarda ishtirok etish imkonini beradi, lekin firma
rahbariyati («prinsipal») bunda firmaning maqsadlari va vazifalariga muvofiq
bo`linmalar foydasining bir qismini qayta taqsimlash huquqini saqlab qoladi.
Konglomeratlar va transmilliy kompaniyalar multidivizional tuzilma tamoyillarini
amalda qo`llovchi korxonalarga misol bo`ladi.
4. Aralash tuzilma, agar bo`linmalardan biri huddi unitar korxonadagi kabi
firma rahbariyati tomonidan to`liq nazorat qilinsa, ikkinchi bo`linma xoldingdagi
kabi firma rahbariyatiga moliyaviy jihatdan qaram bo`lsa, uchinchi bo`linma esa
operatsion mustaqillikka ega bo`lib, multidivizional tuzilmadagi kabi o`z xarajatini
qoplash tamoyili asosida faoliyat ko`rsatgan taqdirda, yuzaga keladi.
Xoldingda rahbariyat ular faoliyatini strategik nazorat
qilish bilan band bo`lmagan ko`plab bo`linmalardan iborat
firma.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin