53
harakatining dinamikasi xufyona iqtisodiyotning o`lchamlari
haqida fikr yuritish
imkonini beradi);
- xarajatlar va daromadlar balanslari usuli, unda deklaratsiya qilinadigan
daromadlar xarajatlar summasi, tovarlar va xizmatlar iste’molining real hajmlari
bilan
taqqoslanadi;
- bandlikni tahlil qilish, u shuni nazarda tutadiki, uzoq vaqt mobaynida
saqlanib kelayotgan ro`yxatga olinmagan ishsizlikning yuqori darajasi xufyona
sektorda bandlik uchun keng imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi (ro`yxatga
olinmagan ishsizlar soni xufyona iqtisodiyotning o`lchamlaridan
bilvosita dalolat
beradi);
- texnologik koeffitsiyentlar usuli, u xarajatlarning ma’lum texnologik
koeffitsiyentlari asosida mahsulot ishlab chiqarishning real hajmi haqidagi
ma’lumotlarni olish imkonini beradi (masalan, iste’mol qilinadigan elektr
energiyasining dinamikasi va deklaratsiya qilinadigan
mahsulot ishlab chiqarish
dinamikasi to`g`risidagi ma’lumotlar taqqoslanadi);
- uy xo`jaliklari va korxonalar rahbarlari o`rtasida so`rov o`tkazish usuli, u
xufyona iqtisodiyotning o`lchamiga ekspert baholarini beradi;
- sotsiologik usul, u xufyona bitimlar amalga oshiriladigan alohida
me’yorlarni, ularning jamiyatda tarqalganligini, bitimlarni
tuzishda qanchalik
qo`llanishini tahlil qilishdan iborat.
Yoritilgan yondashuvlarning turli xilligi sababli olinadigan natijalarni
ko`pincha taqqoslash qiyin bo`lsa-da, xufyona iqtisodiyot miqdorining ayrim
baholarini keltirish mumkin: (YaIMga nisbatan foiz hisobida): Italiya - 15-30,
Belgiya - 4-13, Shvetsiya - 0,5-17, Buyuk Britaniya - 2-16, Fransiya - 15, SShA -
3-28, Peru -27-28. Rossiyada 80-yillarning oxirida YaIMning 20 foizga yaqini,
1996 yilda 23 foiz.
Yuqorida aytib o`tilganidek, qonunga bo`ysunishning
yuqori narxi va
xufyona iqtisodiyotning katta o`lchamlari o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri bog`liqlik
mavjud. Biroq xufyona rejimda almashuvlarni amalga oshirish ham xarajatlar bilan
bog`liq. Xarajatlarning bir turida tejalishga erishgan xufyona iqtisodiyotda faoliyat
yurituvchi sub’ektlar boshqa xarajatlarni ko`proq amalga oshirishadi – ular
«xufyonalik narxi»ni to`lashga majburdirlar. Xufyonalik narxi bir necha
unsurlardan tarkib topadi.
Dostları ilə paylaş: