Soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


Shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun sanksiya



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/100
tarix31.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#91937
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   100
institutsional iqtisodiyot 1 1 1 (1)

7. Shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun sanksiya
Shartnomaning o`zida
qayd etilgan huquqiy
sanksiyalar.
Tomonlarning
uzoq
vaqtli o`zaro hamkorlik
qilishi davri mobaynida
orttirilgan obro`ning
yo`qotilishi.
Ma’muriy jazo, nazorat
huquqini topshirganlik uchun
kompensatsiyaning
kam
foydali shartlari
8.Nizolar hal etiladigan instansiya
Sud
Uchinchi tomon: arbitraj
sud, hakamlar sudi.
Nizolarni hal etish qandaydir
uchinchi
tomon
jalb
qilinmagan
holda,
hokimiyatdan
foydalanish
asosida amalga oshiriladi.
9. Nizolarni hal etish tartiboti samaradorligini cheklovchi omillar
Sud tasarrufida bo`lgan
axborotning
cheklanganligi.
qonundan foydalanish
narxi nolga teng emas.
Hakamlar sudi yoki
arbitraj
sudining
obro`si.
Uchinchi
tomonga topshiriladigan
vakolatlarning
cheklanganligi (arbitraj
bundan
mustasno).
Xufyonalik narxi noldan
farq qiladi.
Ma’muriy nazoratni amalga
oshirish xarajatlari. Har
qanday
nizo
o`zida
tomonlarning nafaqat «ovoz
berish», balki «chiqish», ya’ni
topshirilgan nazorat huquqini
qaytarib olish huquqidan ham
foydalanish
imkoniyatini
o`zida mujassamlantiradi.
10. Misollar
Oldi-sotdi shartnomasi
Franchayzing. Tabiiy
monopoliyalarning
tartibga solinishi.
Transport, energetika va
xomashyo kompaniyalari
o`rtasidagi uzoq muddatli
shartnomalar.
Ish beruvchi va yollanma
xodim o`rtasidagi shartnoma.
Firma
ichidagi
munosabatlarning
butun
majmui.
6.4. Tashkilot tushunchasi
Prinsipial jihatdan yangi lahza – shaxs tomonidan yollash to`g`risidagi
shartnoma doirasida o`z harakatlarini nazorat qilish huquqining ixtiyoriy ravishda
topshirilishi – bozor konstitutsiyasi me’yorlariga tuzatishlar kiritishni talab qiladi.


67
Birinchidan, murakkab utilitarizm me’yoriga faqat yollash to`g`risidagi shartnoma
tomonlaridan biri – uning foydasiga nazorat huquqi topshirilayotgan tomon amal
qiladi. Bitimning ushbu tomonini «prinsipal» yoki «topshiriq beruvchi» deb
ataymiz. Bitimning ikkinchi tomoni – «agent» yoki «ijro etuvchi» ma’lum
darajadan ortiq bo`lgan mukofot evaziga o`z harakatlarini o`zi nazorat qilish
huquqidan voz kechadi. Boshqacha aytganda, «agent» o`z foydaliligini
ko`paytirmaydi, balki uning ma’lum darajasiga erishishni mo`ljallaydi (cheklangan
utilitarizm me’yori). «Prinsipal» va «agent» o`rtasidagi munosabatlar qat’iy
shaklda quyidagi tenglamalar bilan yoritiladi:
max EU(principal) q EU[f(Q),Q,A,S],
EU(agent) q EU (Y, A, S) ≥ U,
bu yerda: Q – shartnomani amalga oshirish natijasi ("chiqish");
Y q f(Q) - "agent" faoliyatiga haq to`lashning tanlangan sxemasi;
A - ""prinsipal" tomonidan qo`yilgan vazifalarni bajarish bo`yicha agent"
qo`llaydigan sa’y-harakatlar;
S – shartnoma tomonlariga bog`liq bo`lmagan «tabiiy» omillar.
Ikkinchidan, «agent»ning xatti-harakati oqilona maqsadli harakat
tamoyillarini buzadi, chunki u maqsadlarni tanlashda erkin emas – maqsadlar
«prinsipal»ning manfaatlari bilan belgilangan. «Agent» o`z harakatlarida o`z
manfaatlariga amal qilmasligi kerak, u birinchi navbatda «prinsipal»ning
manfaatlarini ko`zlashi lozim. Ideal «agent» «prinsipal»ning manfaatlarini o`z
manfaatlari singari qabul qiladi.
Uchinchidan, ishonch me’yorini amalga oshirish bilan bog`liq muammolar
ham mavjud. «Agent» «prinsipal»ga u tomonidan u yoki bu vaziyatda qabul
qilinadigan qarorlarning to`g`riligi nuqtai nazaridan ishonishi lozim. «Prinsipal»ga
ishonmagan «agent» unga nazorat qilish huquqini topshirishdan manfaatdor emas.
Bundan tashqari, «agent» «prinsipal» «agent»ning harakatlari ustidan nazorat
sohasini shartnoma bilan belgilanmagan munosabatlarga ham yoymasligiga
ishonch hosil qilishi kerak. Teskari holat noto`g`ri, chunki «prinsipal» hatto
«agent»ning harakatlarini o`z foydaliligini emas, balki «prinsipal»ning
foydaliligini oshirishga yo`naltirish zarurligini hisobga olgan holda unga nisbatan
ma’lum darajada ishochsizlik bilan munosabatda bo`lishi lozim.
To`rtinchidan, yollash to`g`risidagi shartnomani amalga oshirish uchun
empatiya normasi talab etilmaydi. «Prinsipal» mukofotning «agent» rozi
bo`ladigan eng past darajasini bilishi kifoya qiladi. Unda ikkala tomon ham
shartnoma yordamida o`zining foydaliligini oshiradigan, «simmetrik barqarorlik»
(reciprocal viability) mezoniga javob beruvchi sotish to`g`risidagi shartnomadan
farqli o`laroq, yollash to`g`risidagi shartnoma simmetrik barqarorlikni nazarda
tutmaydi. Bir tomondan, yollash to`g`risidagi shartnomani amalga oshirishdan
yutuqni taqsimlash nosimmitrik xususiyatga ega. Ikkinchi tomondan - hatto
«agent»ga o`z huquqlarini «prinsipal»ga topshirganlik uchun to`lanadigan
kompensatsiya «gorizontal bo`yicha» emas, faqat «vertial bo`yicha»


68
munosabatlarga taalluqli. Yollash to`g`risidagi shartnoma bir necha «agent»ga
amal qilingan hollarda ular o`rtasidagi munosabatlar «prinsipal»ga murojaat etish
orqali tartibga solinadi va shuning uchun simmetrik barqarorlikka erishishga
yo`naltirilmagan.
Va nihoyat, qonunga bo`ysunish me’yoriga zarurat yo`q, chunki
shartnomani amalga oshirish yuzasidan kelib chiqadigan nizolar umuman qonunga
bo`ysunish orqali hal etilmaydi. Yollash to`g`risidagi shartnomaning bajarilishi
bilan bog`liq barcha masalalar «ichki hakam» - «prinsipal» tomonidan hal etiladi.
Shu tariqa «prinsipal» va «agent»ning yoritilgan o`zaro munosabatlarini
tartibga soluvchi me’yorlar yig`indisi buyruqbozlik iqtisodiyoti konstitutsiyasini
eslatadi. Lekin, bu tasodif emas. Neoinstitutsional nazariya asoschisi, Nobel
mukofotining lauriyati Ronald Kouz o`zining «Firma tabiati» maqolasida
buyruqbozlik asosiga ega bo`lgan iqtisodiy munosabatlar bozor tizimining ichida
ham mavjud, degan xulosaga keladi. «Bizning iqtisodiyotda rejalashtirish
mavjud... Firma ichida... bozor transaksiyalariga barham berilgan, almashuv
transaksiyalariga ega bo`lgan murakkab bozor tuzilmasining rolini esa tadbirkor-
muvofiqlashtruvchi o`ynaydi, u ishlab chiqarishni ham boshqaradi».
Boshqacha aytganda, buyruqbozlik iqtisodiyoti konstitutsiyasi nafaqat
tarixiy jihatdan qiziqish uyg`otadi, balki u alohida tuzilmalar - yollash to`g`risidagi
shartnoma asosida yuzaga keladigan tashkilotlar doirasida munosabatlarni tartibga
soladi. Tashkilot deganda biz «ta’riflanadigan chegaralarga ega bo`lgan va
maqsadlarga yoki ishtirokchi a’zolar tomonidan taqsimlanadigan maqsadlar
yig`indisiga erishish uchun faoliyat ko`rsatuvchi muvofiqlashtirish birligi»ni
tushunamiz. Firmalar (muvofiqlashtirishning iqtisodiy birliklari), kasaba
uyushmalari, siyosiy partiyalar, universitetlar, foyda ko`rmay ishlovchi tashkilotlar
va ko`plab boshqa «muvofiqlashtirish birliklari» tashkilotlar hisoblanadi. Ushbu
ta’rifdan tashkilotning uchta asosiy xususiyati kelib chiqadi.
1.
Ishtirokchilar yig`indisi.
2.
Barcha ishtirokchilarni «prinsipal» manfaatlaridan hosil bo`lgan
tashkilot maqadlariga moslashuv darajasi.
3.
Hukmronlik munosabatlarining rasmiy tuzilmasi, ma’lum darajadagi
murakkablik bilan tavsiflanuvchi ko`p pog`onalilik.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin