Soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/100
tarix31.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#91937
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   100
institutsional iqtisodiyot 1 1 1 (1)

4. O`tish xilidagi korxona. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida amalga
oshirilgan bozor islohotlari korxona bilan A firma o`rtasida yarim yo`lda turgan
yana bir ideal xildagi korxona – o`tish xilidagi korxonaning paydo bo`lishiga olib
keldi. O` korxonaning «oraliq» holati, biroq, uni korxona va A firma
elementlarining turli kombinatsiyalaridan foydalanib ta’riflash mumkinligini
anglatmaydi. Hech bo`lmaganda O` korxonaning maqsadli funksiyasini olaylik: u
ma’muriy buyruqlarlarni bajarishdan ham, foydani ko`paytirishdan ham iborat
emas. O` korxona omon qolishga, mehnat jamoasini saqlab qolishga
yo`naltirilgan, shu munosabat bilan ayrim tadqiqotchilar ushbu ideal xilni
tavsiflash uchun hatto «omon qolishga yo`naltirilgan korxona» atamasini ham
taklif etishdi.
O`tish xilidagi korxona maqsadlarini tanlashning o`ziga xos xususiyati uning
mulkining tarkibiga bog`liq. J firmada bo`lgani kabi bu yerda ham mulkning
formal va real tarkiblari o`rtasida nomuvofiqlik mavjud va bu ham «insayderlar» -


106
korxona xodimlari va rahbarlarining foydasiga. Bu yerda gap
rekombinatsiyalangan mulk haqida borayapti, ya’ni unda quyidagilarga yo`l
qo`yiladi:
-
xususiy va davlat mulki o`rtasidagi chegaralarning yo`qolishi. Davlat
byudjetidan qat’i nazar rasmiy jihatdan xususiylashtirilgan korxona. Biroq
davlatning shartnoma majburiyatlari va byudjet oldidagi majburiyatlarni
bajarmagan korxonalarning bankrotligini e’lon qilishga tayyor emasligi, davlatning
debitorlik qarzlarning bir qismini o`z zimmasiga olishga roziligini anglatadi.
O`zaro hisob-kitoblarni o`tkazish amaliyoti «haqiqiy moliyaviy bitimlarni
imtatsiya qiladi va korxonani to`xtatib qo`yishning iloji yo`qligi holatini shunchaki
niqoblaydi, chunki bu ishchilarning noroziligini va ishlab chiqarishning
pasayishini keltirib chiqaradi».
-
korxona tashkiliy chegaralarining yo`qolishi. To`lamasliklar muammosi
nafaqat pul massasining ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlar hajmiga mos
kelmasligini, balki korxonalarning o`zi bilan o`zaro bog`liq korxonalarga tovar
krediti berishga tayyorligini aks ettiradi. Shartnoma majburiyatlarini bajarishning
past madaniyatini hisobga olgan holda, korxonalar tomonidan o`zaro
to`lanmasliklarga ixtiyoriy ravishda yo`l qo`yilishining yagona izohi bo`lib o`zaro
bog`liq korxonalar o`rtasida firma ichidagi oqimlar kabi tamoyillarda tovar-pul
oqimini tashkil qilish imkonini beruvchi o`zaro nazoratning mavjudligi haqidagi
tasavvur hisoblanadi.
-
mulkning formal va real tarkibining mos kelmasligi. Tashqi mulkdorlar,
odatda, fond bozorining nooptimal faoliyat ko`rsatishi va menejerlar tomonidan
axborot asimmetriyasidan opportunistik foydalanilishi tufayli O` korxona
menejerlari ustida o`zlarining nazorat qilish huquqlarini amalga oshirolmaydilar.
Natijada «agentlar» - menejerlar – hatto aksiyalarining asosiy qismi tashqi
sarmoyadorlarga tegishli bo`lgan korxonalar ustidan ham nazoratni saqlab
qolishadi.
Shunday qilib, omon qolishga yo`naltirilish «agentlar»ning «prinsipallar»
tomonidan o`zlarining nazorat huquqining «ovoz berish» orqali ham, «chiqish»
orqali ham amalga oshirilishi mumkin bo`lmagan vaziyatni saqlab qolishga
urinishini anglatadi. Demak, «agentlar» opportunizmi O` korxona faoliyat
ko`rsatishining muhim jihati hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, menejerlarning
o`zlari xodimlar (ularning o`zlariga nisbatan «agentlar») ustidan nazoratni saqlab
qolishga erishdilar. Ular buni moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay korxona
balansida ijtimoiy soha ob’ektlari (uy-joy-kommunal xo`jaligi, dam olish bazasi,
bolalar muassasalari, natura shaklida ta’minlash)ni saqlab turishda ifodalanuvchi
paternalizm siyosati hisobidan uddalashdi.
O` korxona tomonidan ishlab chiqarish aloqalari tarkibi transaksiya
xarajatlarini kamaytirish mezoni bo`yicha emas, balki vaqt orqali tekshirilgan
aloqani saqlab qolishga urinish asosida shakllanadi. 1993-1994 yillarda Rossiya
korxonalarining aksariyati asosiy yetkazib beruvchilar (83%) va iste’molchilar
(70%) bilan eski aloqalarini saqlab qolishdi va yangi sheriklarni topish istiqboliga
shubha bilan qarashdi. Ta’minlash va sotish siyosatidagi konservatizmning


107
ehtimoliy talqinlaridan biri yangi sheriklar bilan shartnomalar tuzishning g`oyat
yuqori transaksiya xarajatlari haqidagi tasavvurdan iborat. Birinchi navbatda bu
yangi sheriklarning opportunistik xatti-harakatlarining yuqori darajada ehtimol
tutilishi bilan bog`liq. Eski sheriklarning opportunizmi ularning yuzaga kelgan
nufuzi va «qizillar» muhitida faqat «o`zinikiga» nisbatan amal qiluvchi alohida
ahloq normalariga ega bo`lgan direktorlarining mavjudligi tufayli deyarli istisno
etilgan.


108
Xulosa
1. «Prinsipal-agent» muammosi har qanday tashkilot faoliyat ko`rsatishini
murakkablashtiradi. «Agent»dan «prinsipal»ning foydaliligini oshiruvchi
harakatlarni kutishadi, lekin «agent» hamma vaqt o`zi bilan «prinsipal» o`rtasida
mavjud bo`lgan axborot asimmetriyasidan o`z foydasi yo`lida va «prinsipal»
manfaatlariga zid ravishda foydalanishga harakat qiladi. Muammoni hal etish
yo`llari bir nechta: yuqori harajatlar bilan bog`liq bevosita nazoratni kuchaytirish;
«prinsipal» tomonidan «agentlar» musobaqasining tashkil etilishi; «agentlar»ning
tashkilot faoliyatining daromadlarida ishtirok etishi va «agentlar»ning o`zlari
tomonidan «prinsipal» funksiyalarining bajarilishi. «Prinsipal-agent» muammosini
hal etishning ushbu variantlari firma ichki tuzilmasi uchta xilining tabiatini
izohlaydi: unitar, xolding va multidivizional.
2. Firmaning ichki tuzilishi tarkibini shartlab beruvchi omillarning har bir
o`ziga xos kombinatsiyasi tashkiliy madaniyat asosida o`zini o`zi takror ishlab
chiqarish tendensiyasiga ega. Gap tashkilotning trayektoriya bo`yicha rivojlanishi
haqida borayapti. «Rivojlanishning tarixiy shartlanganlik samarasi»ning mavjud
bo`lishi korxonalarning to`rtta ideal xili haqida gapirish imkonini beradi:
buyruqbozlik iqtisodiyotida harakat qiluvchi korxona, A firma, firma va o`tish
xilidagi korxona. Korxonalarning bunday xillari buyruqbozlik iqtisodiyotida
(sho`rolar xilidagi iqtisodiyotda), mutlaq raqobat iqtisodiyotida (Amerika xilidagi
iqtisodiyotda), iqtisodiyotning korporativ modelida (yapon xilidagi iqtisodiyotda)
va o`tish iqtisodiyotida yuzaga kelgan omillarning o`ziga xos kombinatsiyalarini
aks ettiradi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin