Soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/100
tarix31.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#91937
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   100
institutsional iqtisodiyot 1 1 1 (1)

8.2. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish
Mulkchilik huquqlarini belgilash va himoya qilish jarayoniga davlatning
aralashuviga muqobillik iqtisodiy agentlarning o`zlarining resurslardan foydalanish
qoidalari haqida kelishishga urinishlaridan iborat. Masalan, resurslardan
foydalanish me’yori «birinchining ustuvorligi» bilan tartibga solinishi mumkin.
O`rmonda qo`ziqorin terish yoki navbatda turish ushbu me’yorga yaqqol misol
bo`lib xizmat qiladi. Biroq mulkchilik huquqlarini tafsirlash uning yordamida
ikkita cheklovga duch keladi. Birinchidan, noaniqlikni pasaytirishga faqat qisqa
muddatli davrda erishiladi, chunki har safar resursning yangi egasi paydo bo`ladi,
bu esa o`zaro hamkorlik ishtirokchilariga barqaror kutishlarni shakllantirish
imkonini bermaydi. Ikkinchidan, hatto qisqa muddatli davrda ham resursning eng
uddaburon va samarali mulkdorning emas, balki faqat birinchi bo`lganning
nazorati ostiga tushib qolishiga qarshi hech qanday kafolatlar mavjud emas.
Iqtisodiy agentlar tomonidan mulkchilik huquqlarini mustaqil ravishda
tafsirlash va himoya qilishga urinish shartnoma tomonlarining uni amalga oshirish
kafolati sifatida kuchdan foydalanishini nazarda tutadi. Bundan ikkita muammo
kelib chiqadi. Birinchisi – yuzaga kelgan nizolarni faqat tajovuz va kuch ishlatish
asosida hal etish, yoki, Gobbs bo`yicha «hammaning hammaga qarshi urushi»
tendensiyasi. Ikkinchisi – resurslarning katta qismini ishlab chiqarish faoliyatidan
olib, mulkchilik huquqlarini himoya qilish vazifalarini hal etish va shartnomalar
shartlarining bajarilishini ta’minlashga yo`naltirish.


111
Mulkchilik huquqlarini xususiy tartibda tafsirlash maqsadida kuch
ishlatishdan foydalanish imkoniyatini biror-bir mintaqada (qadimiy ijtimoiy tuzum
davri nazarda tutilayapti) yashovchi muayayn qabiladagi real vaziyatni tahlil qilish
asosida tuzilgan model misolida ko`rib chiqamiz. Qabila yirik shohli qoramollarni
yetishtirish bilan shug`ullanadi. Qoramollar va chorvachilikda foydalaniladigan
resurslarga nisbatan oshkora qayd etilgan mulkchilik huquqlarining mavjud
emasligini hisobga olgan holda, qabilaning istalgan oilasi, o`zining
chorvachiligidan tashqari, o`z sa’y-harakatlarini mulkchilik huquqlarini himoya
qilishga yo`naltirishga majbur. Agar har bir oila a’zolarining butun sa’y-
harakatlari qoramollarni yetishtirishga yo`naltirilsa, u 10 ga teng foydalilik
ko`rsatichiga ega bo`ladi, deylik. Biroq, agar oilalardan biri qurollangan
qo`riqchilarga ega bo`lsa, u holda ushbu oila boshqa tinchliksevar oilaga potensial
tahdid soladi: kuch ishlatishdan foydalanish asosida birinchi oila katta resurslarni
egallab olishi va nazorat qilishi mumkin. Agar ikkala oila ham o`z a’zolarini
qurollantirsa, chorvachilik bilan band bo`lganlar sonining qisqarishi tufayli ular
oladigan foyda darajasi 4 gacha kamayadi.
Ko`rsatkichlar taqsimoti
2-oila
Qo`riqchilarni saqlab
turadi
Faqat chorvachilik
1-oila Qo`riqchilarni
saqlab
turadi
4;4 [N, St
1
, St
2
]
2; 12
Faqat chorvachilik
2; 12
10; 10 [P]
Nesh bo`yicha yagona muvazanat (4;4) nuqtada turibdi, ya’ni ikkala oila
ham o`z a’zolarining bir qismini qurollantiradi va ularni mulkchilik huquqlarini
himoya qilish uchun kuch ishlatishdan foydalanishga ixtisoslashtiradi. Har bir
xo`jalik birligining, ushbu holatda oilaning o`z «xavfsizlik xizmati»ga ega
bo`lishga intilishi natijasida resurslarning katta qismi ishlab chiqarish faoliyatidan
olib qo`yiladi, demak, ishlab chiqarishning umumiy hajmi qisqaradi. Masalan, 10
ta yirik shohli qoramol o`rniga har bir oila faqat to`rtta qoramol yetishtiradi.
Ishlab chiqarish faoliyati bilan mulkchilik huquqlarini mustaqil himoya
qilish faoliyati o`rtasida iqtisodiy sub’ektni tanlash muammosi ham Djon Umbek
ishlarida tahlil qilinadi. U tadqiqot ob’ekti sifatida «oltin vasvasasi» davri (XIX
asrning ikkinchi yarmi)dagi Kaliforniyani tanladi. Kaliforniyada ushbu davrda
yuzaga kelgan vaziyatning xususiyatli belgisi – oshkora qayd etilgan va
himoyalangan mulkchilik huquqlarining mavjud emasligidan iborat: 1848 yilda
mintaqa Meksika tomonidan AQSh yurisdiksiyasi ostiga topshirildi, lekin
yangidan kelgan davlat xizmatchilarining aksariyati oltin chiqadigan uchastkalarni
taqsimlash yuzasidan kelib chiqqan nizolarni hal etishni oltin izlovchilarning
o`zlariga taqdim etgan holda oltin konlarini ishlab tayyorlashga kirishdilar.
Shuning uchun istalgan oltin izlovchi o`z vaqtini VMRg ga teng bo`lgan ushbu
faoliyatning eng yuksak mahsulotiga ega bo`lgan oltin qazib chiqarish va o`z
konini VMRυ ga teng bo`lgan ushbu faoliyatning eng yuksak mahsulotiga ega
bo`lgan boshqa oltin izlovchilarning tajovuzidan himoya qilish o`rtasida taqsimlar
edi. Umbek ko`rsatib o`tganidek, quyidagi shart bajarilgan taqdirda sa’y-harakatlar


112
ikki turdagi faoliyat o`rtasida teng taqsimlanadi: (VMRg G’ VMRυ)x q (VMRg G’
VMRυ)u, bu yerda – birinchi oltin izlovchi, u – ikkinchi oltin izlovchi. Ya’ni
majbur qilishda qiyosiy ustunlikka ega bo`lgan shaxslar katta o`lchamdagi oltinli
uchastkalarga, oltin qazib chiqarishda qiyosiy ustunlikka ega bo`lgan shaxslar esa
kichik o`lchamdagi oltinli uchastkalarga egalik qilishadi. XIX asrning ikkinchi
yarmida Kaliforniyada deyarli har bir shaxs o`z quroliga ega bo`lib, undan o`zini
himoyalash uchun foydalanardi, shuningdek u yerda aholining deyarli umumiy
qurollanishi asosida aholi salohiyatining namunaviy teng huquqliligiga erishilardi;
olti otarli «Kolt» «buyuk tenglashtiruvchi» deb bekorga nom olmagan. Agar har
kim qurolni qo`lga kirita olmasa (majburlash tengligiga erishilmasa), «qayerda
kuch bo`lsa, o`sha yerda haqiqat» tamoyili amal qila boshlaydi, demak, har bir
shaxs boshqa shaxslarga nisbatan o`zining majburlash salohiyatini oshirishdan
manfaatdordir.
Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish uchun kuch ishlatishdan
foydalanish imkoniyatiga faqat shartnoma tomonlari uning bajarilishini nazorat
qilish huquqini uchinchi tomon – davlatga topshirgan taqdirdagina, yo`l
qo`ymaslik mumkin. Shartnomaning boshqa xildagi uchinchi tomoni, masalan,
hakamdan farqli o`laroq, davlatga kuch ishlatishdan foydalanishni nazorat qilish
huquqi ham topshiriladi. Aynan shundan davlatning unga jismoniy kuch ishlatishni
amalga oshirish monopoliyasini topshirish orqali beriladigan ta’rifi kelib chiqadi.
Yuqoridagi erkin qabila misoliga qaytib, uchinchi o`yinchi – davlatning
paydo bo`lishi natijasida o`yin tarkibida yuz bergan sezilarli o`zgarishni
ta’kidlaymiz. Kuch ishlatishning bir tomonlama qo`llanishi jazolanadigan holatga
aylanadi va uning natijasida tajovuz qiluvchi zarar ko`radi, davlat unga ko`rilgan
zararning qoplanishini kafolatlagan tajovuz qurboni esa, hech narsa yo`qotmaydi.
Shunday qilib, biz quyidagi matritsaga ega bo`lamiz.
2-oila
Qo`riqchilarni saqlab
turadi
Faqat chorvachilik
1-oila
Qo`riqchilarni
saqlab turadi
4;4
4; 10
Faqat chorvachilik
10; -4
10; 10 [N, St
1
, St
2
, P]
Davlatning aralashuvi majbur qilish imkoniyatini to`xtatadi va resurslarning
bir qismini samarali foydalanish uchun bo`shatadi. Agar davlat kuch ishlatishni
qo`llash uchun to`liq monopoliyani joriy etsa, u holda Nesh bo`yicha va Pareto
bo`yicha yagona muvozanatli yakun (10; 10) bo`ladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin