Soliq akademiyasi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə4/32
tarix14.01.2020
ölçüsü1,4 Mb.
#30154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi o


*-№4- «Mijoz faoliyati (biznesi) bilan tanishish» nomli auditning
milliy standarti bekor qilinib, uning o’rniga qabul qilingan.


Uchinchi pog’ona- standartlarni tadbiq qilish uchun zarur hujjatlar to’plami, ya’ni auditorlik tashkilotining ichki ishchi standartlaridan iborat. Bu hujjatlar standartlarni qo’llash va standartlar asosida auditorlik faoliyatini tashkil etishga doir ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.

Auditorlik tashkilotlari bilan mijoz-korxona o’rtasidagi munosabatlar O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga muvofiq shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Auditorlik xizmati ko’rsatish shartnomasi audit predmetini, xizmat ko’rsatish joyini, haq to’lash hajmi va tartibini, tomonlarning javobgarligini o’z ichiga oladi. SHartnoma shartlari va topshiriq mazmuni O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunga zid bo’lmasligi lozim.

«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunga muvofiq auditorlik faoliyati bilan faqat yuridik shaxs huquqiga ega auditorlik tashkiloti shug’ullanishi mumkin.

Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir.

Auditorlik tashkilotlari o’z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.

Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining shakllanishi va rivojlanishida professional jamoat tashkilotlari muhim o’rin tutadi.

I. O’zbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy assotsiatsiyasi (O’BAMA) – buxgalterlar, auditorlar, ilmiy va pedagogik xodimlar, soliqlar bo’yicha maslahatchilarning respublika jamoat tashkiloti bo’lib, o’z a’zolarini ular manfaatlari va maqsadlarining umumiyligi, hududiy yoki profes-sional tamoyillar bo’yicha birlashtiradi.

Assotsiatsiya O’zbekiston Respublikasida buxgalterlar va auditorlar kasb malakasini rivojlantirish va ularni xalqaro standartlar talablariga moslashtirishni ta’minlaydi. shuningdek, buxgalterlar va auditorlarni professional himoyalashda amaliy yordam ko’rsatadi.

Assotsiatsiya buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, soliqqa tortish, xususiylashtirish, qimmatli qog’ozlar bozori, korxonalar moliya- xo’jalik faoliyatining tahlili va moliyaviy menejment bo’yicha qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. SHu bilan birga yuqorida sanab o’tilgan masalalar bo’yicha maslahatlar beradi va «hammasi buxgalterlar uchun» nomli oylik byulleten, o’quv, me’yoriy hamda uslubiy adabiyotlar nashr qiladi.

II. O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP) – malaka sertifikatiga ega mustaqil auditorlarni ixtiyoriy tarzda birlashtiruvchi, mustaqil notijorat jamoat tashkiloti. Auditorlar Palatasining asosiy maqsadi auditorlarning professionallik darajasini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlashga yordam ko’rsatish, o’z a’zolarining kasbga oid manfaatlarini davlat va jamoat organlarida himoya qilish, hamda kasbga oid talablar bo’yicha barcha o’zgarishlar to’g’risidagi va axborot ta’minoti bo’yicha aloqa o’rnatishdan iborat.

Auditorlar Palatasining asosiy vazifalariga quyida-gilar kiradi:

  • audit sohasiga oid me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

  • o’quv dasturlarini hamda malakaviy imtixonlarni topshirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash;

  • auditorlik malaka sertifikatini olish uchun da’vogarlar uchun malakaviy imtihonlarni o’tkazish;

  • auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha o’quv markazlari tashkil etish;

  • auditorlarni kasb ahloqi kodeksi qoidalariga rioya qilishini nazorat qilish;

  • O’zbekiston auditorlar palatasi a’zoligiga malakali auditorlarni jalb etish uchun xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatimiz organlari bilan hamkorlik qilish;

  • O’zbekiston Respublikasi auditorlarining boshqa davlatlar jamoat tashkilotlari tomonidan tan olinishiga erishish.


3. Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari

va javobgarligi.

Auditorlik tashkiloti mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning 6-moddasiga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:

auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish;

auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotganda xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirayotgan moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq hujjatlarni to’liq hajmda olish, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning amalda mavjudligini hamda har qanday majburiyatlarning amaldagi holatini tekshirish;

auditorlik tekshiruvini o’tkazish davomida yuzaga kelgan masalalar bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektning moddiy javobgar shaxslaridan og’zaki va yozma tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlarni olish;

uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni xo’jalik yurituvchi sub’ektdan olish;

ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo’lgan barcha axborot xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik tekshiruvi o’tkazishdan bosh tortish;

auditorlik tekshiruvini o’tkazishda ishtirok etishga auditorlar va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish.

auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

Auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqadi.

Хo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari ya’ni ustavi va ta’sis shartnomasi bilan tanishish auditorga bo’lg’usi mijozining yuridik maqomi, faoliyat turi, predmeti va ta’sischilari to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi. Bunda auditor korxonaning asosiy ustav faoliyati, ustavning qachon va qaysi davlat organida ro’yxatga olinganligi hamda notarial idora tomonidan tasdiqlangan-ligiga e’tibor berishi kerak. shuningdek, ta’sis shartnomasiga muvofiq ta’sischilari kimlar, ularning yuridik maqo-mi, ustav kapitalidagi ishtiroki (ulushi), moliya-xo’jalik faoliyati bo’yicha huquq va majburiyatlari bilan tanishadi.

Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan tanishish auditor uchun korxonada buxgalteriya hisobining qaysi shakli (memorial-order, jurnal-order, jadval-avtomatlashtirilgan va b.) qo’llanilishi, buxgalteriya apparatining hajmi va tuzilishi, buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishning qay darajada me’yoriy ta’minlanganligi, umumiy moliyaviy ahvol va boshqalar to’g’risida dastlabki tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi.

Auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirayotgan moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq hujjatlarni to’liq hajmda olish, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning amalda mavjudligini hamda har qanday majburiyatlarning amaldagi holatini tekshirish.

Qonunda belgilangan ushbu huquqlar tekshiruv jarayonida zarur bo’lgan, mijoz-korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq hujjatlarni hech qanday to’sqinliksiz to’liq hajmda olish imkonini beradi. shuningdek, auditor ushbu hujjatlarda aks ettirilgan mol-mulklarning haqiqatda mavjudligini va majburiyatlar holatini tegishli usullar (inventarizatsiya qilish, qaramaqarshi tekshiruv va h. k.) bilan tekshirish huquqiga ega. Mijoz-korxona esa auditor talab qilgan barcha hujjatlarni to’liq hajmda taqdim etishi, mol-mulklar mavjudligi va majburiyatlar holatini tekshirishga zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim.

Auditolik tekshiruvini o’tkazish davomida yuzaga kelgan masalalar bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektning moddiy javobgar shaxslaridan og’zaki va yozma tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlarni olish.

Auditor tekshiruv jarayonida aniqlangan xato-kamchilik-lar, xususan kamchiliklar va ularning sabablari hamda moddiy javobgar shaxslardan yozma va og’zaki tushuntirish oladi. shuningdek, auditorlik tekshiruvini boshlashdan oldin ham moddiy javobgar shaxslar (kassir, omborchi va b.)dan belgilangan tartibda tilxat oladi.

SHu bilan birga auditor zarur hollarda uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni xo’jalik yurituvchi sub’ektdan olishga ham haqli.

Ishonchli auditorlik xulosasi tuzishi uchun barcha axborotlar xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan taqdim etilmagan hollarda auditor tekshiruv o’tkazishdan bosh tortishi va bu holni №70-«Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot haqidagi auditorlik hulosasi» nomli AFMS ga muvofiq «Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechish to’g’risidagi arizasi» bilan rasmiylashtirishi mumkin.

Bulardan tashqari auditorlik tashkiloti zaruratdan kelib chiqib tekshiruvda ishtirok etishga boshqa auditorlar va mutaxassislarni ham belgilangan tartibda jalb etish huquqiga ega.

Auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

Auditorlik tashkilotlarining majburiyatlari. Auditorlik tashkilotlarining majburiyatlari «Auditorlik faoliyati to’g’risida» gi qonunning 7-moddasida belgilangan. Unda ta’kidlanishicha, auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyati bilangina shug’ullanishi mumkin. Ushbu qonunning 3-moddasiga muvofiq «auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish va boshqa shu bilan bog’liq professional xizmatlar ko’rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi»

shuningdek, auditorlik tashkilotining zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:

auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganida ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi;

auditorlik tekshiruvi o’tkazishga doir shartnoma tuzishdan oldin buyurtmachining talabiga binoan auditorlik faoliyatini o’tkazish huquqini beruvchi tegishli litsenziyani, auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etishi;

xo’jalik yurituvchi sub’ektning so’roviga binoan auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha qonun hujjatlarining talablari to’g’risidagi, auditorning e’tirozlari asoslanilgan qonun hujjatlarining normalari to’g’risidagi axborotni taqdim etishi;

auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotlarning maxfiyligiga rioya etishi;

auditorlik hisobotida moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarining qonuniyligi buzilishi faktlarini hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishi;

xo’jalik yurituvchi sub’ektga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari zarar yetkazilganligini aniq tasdiqlab turgan faktlarni aniqlagan taqdirda bu haqda xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbariyatiga (mulkdoriga) ma’lum qilishi hamda auditorlik xulosasiga tegishli qaydni kiritishi shart. Zarur hollarda auditorlik tekshiruvining natijalarini ma’lum qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qatnashchilarning (aksiyadorlarning) umumiy yig’ilishi chaqirilishini talab qilishi shart.

Auditorlik tashkiloti zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.

Auditorlik tashkilotining javobgarligi. «Auditorlik faoliyati to’g’risidagi» Qonunning 8 moddasiga muvofiq auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo’jalik yurituvchi sub’ekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida moliyaviy hisobot hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektning boshqa moliyaviy axboroti to’g’risida noto’g’ri yakundan iborat bo’lgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida ularga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo’ladi.

Auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganlik yoki lozim darajada o’tkazmaganlik oqibatida xo’jalik yurituvchi sub’ektga va (yoki) auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi shart.

shuningdek, auditorlik tashkilotining javobgarligi O’zbekis-ton Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 336 moddasiga muvofiq ikki taraflama shartnomani bajarmaslik oqibatida ham vujudga keladi. Unda ko’rsatilishicha: agar ikki taraflama shartnomada bir taraf o’zi javobgar bo’lgan vaziyat tufayli uni bajarishi mumkin bo’lmay qolsa, ikkinchi taraf, basharti qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, shartnomadan voz kechishga va shartnomaning bajarilmasligi tufayli yetkazilgan zararni undirib olishga haqli.

Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya uni bergan davlat organi tomonidan quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish to’g’risida ariza bilan murojat qilganda;

litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;

maxsus vakolatli davlat organining litsenziya berish to’g’risidagi qarori noqonuniyligi aniqlanganda;

agar auditorlik tashkiloti unga litsenziya berish to’g’risidagi qaror qabul qilingani haqida xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy muddat ichida maxsus vakolatli davlat organiga litsenziya berganlik uchun davlat boji to’langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan bo’lsa.


  1. Ichki audit asoslari.

O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonining ustuvor yo’nalishlaridan biri – samarasiz faoliyat ko’rsatayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni davlat tasarrufidan chiqarish, ularni xususiylashtirish hamda davlat tasarrufida bo’lgan, lekin investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarga muhtoj yirik korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlariga (korporatsiyalarga) aylantirishdan iborat. Iqtisodiyotning erkin bozor munosabatlariga o’tishi uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar natijasida mulkchilikning turli shakllari vujudga kelib, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tarkibiy tuzilmalari hamda ular o’rtasidagi xo’jalik aloqalari xalqaro miqyosda kengaymoqda, tadbirkorlik faoliyatining barcha qatlamlarida moliyaviy va xo’jalik faoliyati natijalaridan manfaatdorlik darajasi tubdan o’zgarmoqda.

Iqtisodiyotimizning hozirgi sharoitida aksiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyatining yanada ravnaq topishi hamda ularning xalqaro miqyosdagi aloqalari ko’lamining kengayishi va rivojlanib borishi nafaqat son, balki sifat jihatidan yuqori saviyadagi audit xizmatlariga bo’lgan talabni oshirmoqda. Ana shu talablarni ro’yobga chiqarish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 27 sentabrda qabul qilingan «Qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish choratadbirlari to’g’risida»gi PQ – 475-sonli Qaroriga muvofiq 2007 yil 1 yanvaridan boshlab aktivlarining balans qiymati

1 mlrd. so’mdan ortiq bo’lgan korxonalarda Kuzatuv kengashi tomonidan tayinlanadigan va ularga hisobot beradigan ichki audit xizmatlarining tashkil etilishi aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish hamda aksiyadorlarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi. Buni esa korporativ boshqaruvni rivojlantirish yo’lidagi yangi pog’ona, korxona xo’jalik faoliyatini yuqori sifat darajasiga ko’tarishda muhim omil deb qarash kerak.

Ushbu Qarorning ijrosini ta’minlash, ichki auditni tashkil etishga qo’yiladigan yagona talablarni hamda uning ishini tashkil etishning metodologik asoslarini belgilash maqsadida «Korxonalardagi ichki audit xizmati to’g’risida nizom» qabul qilindi. Unga ko’ra, ichki audit – korxona boshqaruvining ijro etuvchi organi va tarkibiy bo’linmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlari hamda ichki hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yo’li bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma’lumotlarning buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy hisobotda aks ettirilishining to’liqligi va ishonchliligini ta’minlash, xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va taomillari, aktivlarning saqlanishi hamda korporativ boshqarish prinsiplari joriy etilishi bo’yicha korxona tarkibiy bo’linmasining faoliyati (ichki audit xizmati) hisoblanadi.

Asosiy maqsad – mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan korxonalarda buxgalteriya hisobining to’g’ri yuritilishini ta’minlash, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar to’g’ri yuritilishini tekshirish, mulkdorlar manfaatini himoya qilish va boshqaruv organlari tomonidan ularning manfaatlariga zid harakatlar qilinishining oldini olish, bunday holatlar aniqlangan taqdirda bu haqda mulkdorlarni xabardor etishdan iborat. Ichki audit xizmati korxona xodimlarining o’z vazifalarini yanada samaraliroq bajarishlariga va shu bilan birga korxonaning ichki imkoniyatlarini aniqlash hamda ulardan to’liqroq foydalanishga yordam beradi.

Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ichki audit xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:



  • Kuzatuvchi kengashini ishonchli axborot bilan ta’minlashga va ichki auditni amalga oshirish natijalari bo’yicha korxona faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash;

  • korxona boshqaruv organlariga ichki audit jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish;

  • boshqaruv apparatiga o’z funksiyalarini samarali bajarishi uchun auditorlik nazorati bo’yicha tahlil materiallari, tavsiyalar va boshqa ma’lumotlarni berish orqali yordam ko’rsatish.

Bu vazifalarni amalga oshirishda ichki audit xizmati jamiyat Kuzatuv kengashiga bevosita bo’ysunadi. Unga ichki audit o’tkazish va uning natijalari bo’yicha hisobot tuzishda muayyan talablar qo’yiladi. Ichki audit xizmati xodimlari o’zlari o’tkazgan tekshirishlar natijalari buzib ko’rsatilganligi, ularga taqdim etilgan yoki ular tomonidan xizmat vazifalarining bajarilishi munosabati bilan o’zlariga ma’lum bo’lgan korxona sirini tashkil etuvchi axborotning maxfiyligiga rioya qilinmaganligi uchun javobgar hisoblanadilar.

Professor A.Ibragimov ichki auditning ahamiyati va zaruriyati boshqaruv funksiyalarini tahlil qilish bilan bog’liq deb to’g’ri ta’kidlaydi, lekin ayrimlar ichki auditni boshqaruvdan alohida ajratib ko’radilar. Ammo ichki audit boshqaruv nazoratining ajralmas va zarur elementlaridan biri hisoblanib, uning ahamiyati va zaruriyati korxona boshqaruvining nazoratga bo’lgan talabidan kelib chiqadi. Ayniqsa, ayrim yirik aksiyadorlik jamiyatlarining tarkibiy bo’linmalari, filiallari geografik joylashishining tarqoq bo’lishi, mahalliy rahbarlarning mustaqil qarorlar qabul qilishida ichki audit xizmatining zarurligi yaqqol ko’rinadi. Markaziy boshqaruv apparatiga joylardagi faoliyatning holatini nazorat qilish, qabul qilgan qarorlarni maqsadga muvofiqligini baholashda aniq ma’lumotlar yetkazib beradi. Bu talablar esa ichki audit xizmatining quyidagi funksiyalari orqali amalga oshiriladi:

– har yili korxonaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq belgilangan yo’nalishlar bo’yicha tegishli tekshirishlar o’tkazish yo’li bilan ichki auditni amalga oshirish (har chorakda va hisobot yili yakunlari bo’yicha);

– tekshiruv va tahlil etish natijalariga ko’ra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash va taqdim etish, ishlab chiqarishning ichki imkoniyatlarini aniqlash, boshqaruv samaradorligini oshirishga oid tavsiyalar ishlab chiqish;

– tuziladigan xo’jalik shartnomalarining qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza o’tkazish;

– korxonaning tarkibiy bo’linmalarining faoliyatini nazorat qilish, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishda metodik yordam berish, ularga moliya, soliq, bank faoliyatiga oid qonunlar va boshqa qonun hujjatlari masalalari bo’yicha maslahatlar berish;

– ichki nazorat faoliyati samaradorligini baholash;

– suiiste’mol qilish va gumonsirash holatlari bo’lgan taqdirda maxsus tekshirishlar o’tkazish;

– texnik topshiriqlarni ishlab chiqish, tashqi auditorlik tashkilotlarining takliflarini baholash hamda auditorlik tekshirishlarini o’tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlash yuzasida tavsiyalar tayyorlashda korxonaning Kuzatuvchi kengashiga ko’maklashish.

Demak, ichki audit xizmatining amalga oshiradigan funksiyalari korxonalarda korporativ boshqaruvning muhim elementlaridan biri hisoblanib uning sifat ko’rsatkichlarini ham ifodalaydi.

Ma’lumki, auditorlik faoliyatini amalga oshirishda auditning maqsad va vazifalari, majburiyatlari va ob’ektlari har xil ekanligini inobatga olgan holda, ular tashqi va ichki audit xizmatiga bo’lingan.

Тashqi va ichki audit xizmati tashkil etilish uslubiyatiga ko’ra o’xshash bo’lsada, ular o’rtasidagi farq, avvalo ularni amalga oshirishning huquqiy, tashkiliy shakllarida namoyon bo’ladi. Bunda ichki audit doirasida aktivlar saqlanishining to’la nazoratini o’tkazish va mulk egasining mulkiy manfaatlarini himoya qilishdan tashqari, moliyaviy menejment sifati va siyosati ham nazorat qilinadi.



ichki audit - korxona boshqaruvining ijro etuvchi organi va tarkibiy bo’linmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlariga va ichki hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yo’li bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma’lumotlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining to’liqliligi va ishonchliligini ta’minlash, xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va taomillari, aktivlarning saqlanishi hamda korporativ boshqarish prinsiplari joriy etilishi bo’yicha korxona tarkibiy bo’linmasining (ichki audit xizmati) faoliyati;

ichki audit xizmati - korxona Kuzatuvchi kengashining qarori bilan tashkil etiladigan korxonaning ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy bo’linmasi.

Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

kuzatuvchi kengashni ishonchli axborot bilan ta’minlash va ichki audit amalga oshirilishi natijalari bo’yicha korxona faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash;

ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan korxona boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish.

Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy funksiyalari hisoblanadi:

har yili korxonaning kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq ko’rsatilgan yo’nalishlar bo’yicha tegishli tekshirishlar o’tkazish yo’li bilan ichki auditni amalga oshirish (har chorakda va hisobot yili yakunlari bo’yicha);

tuziladigan xo’jalik shartnomalarining qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza o’tkazish;

buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda korxonaning tarkibiy bo’linmalariga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq, bank qonunlari va boshqa qonun hujjatlari masalalari bo’yicha maslahatlar berish;

texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, tashqi auditorlik tashkilotlarining takliflarini baholashda hamda auditorlik tekshirishlarini o’tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalarni tayyorlashda korxonaning kuzatuvchi kengashiga ko’maklashish.

Ichki audit xizmati quyidagi huquqlarga egadir:

ichki auditni amalga oshirish davomida paydo bo’ladigan masalalar bo’yicha korxonaning hujjatlarini (rahbarning buyruqlari, farmoyishlari, boshqaruv organlari qarorlari, ma’lumotnomalar, hisob-kitoblar, zarur hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari va boshqa hujjatlarni), korxona mansabdor va mas’ul shaxslaridan og’zaki va yozma tushuntirishlar olish;

ichki auditni o’tkazishga ko’maklashish uchun korxonaning tegishli mutaxassislarini jalb etish.

Ichki audit xizmati quyidagilarga majbur:

ichki auditni amalga oshirishda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

belgilangan talablarga muvofiq hisobotlar tuzish;

moliya va statistika hisoboti ko’rsatkichlarining ishonchliligini tekshirish;

ichki auditni amalga oshirishda olingan axborotning mahfiyligiga rioya qilish;

korxonaga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan zarar yetkazilganidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda bu haqda darhol korxonaning kuzatuvchi kengashiga xabar berish va auditorlik hisobotida tegishli yozuvni qayd etish;

aktivlarni xatlovdan o’tkazishda va qonunda belgilangan tartibda uning o’z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish.

Ichki audit xizmati qonun hujjatlariga va korxonaning ta’sis hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo’lishi mumkin.

Ichki audit xizmati xodimlari quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:

auditorning malaka sertifikatiga ega bo’lish;

O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida, yoxud O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat muassasasida olingan oliy ma’lumotga, oxirgi o’n yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy ish stajiga (shu jumladan, o’rindoshlik bo’yicha) ega bo’lish.


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin