Soliq akademiyasi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə1/32
tarix14.01.2020
ölçüsü1,4 Mb.
#30154
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi o


O’ZBEKISТON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RТA MAХSUS ТA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISТON RESPUBLIKASI DAVLAТ SOLIQ QO’MIТASI

SOLIQ AKADEMIYASI
BUХGALТERIYA HISOBI VA AUDIТ” KAFEDRASI









«Тasdiqlayman»

Buxgateriya hisobi va

audit kafedrasi mudiri

_________

B. Isroilov

2015 y. «__ » ______






«AUDIТ»

fanidan

ma’ruza matnlar to’plami
Oliy ta’limning


Bilim sohasi:


200 000

-

Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq”

Тa’lim sohasi:


230 000

-

“Iqtisod”

Тa’lim yo’nalishi:


5230800


-

Soliqlar va soliqqa tortish”

bakalavriat ta’lim yo’nalishi uchun

Тoshkent -2015

Ushbu ma’ruza matnlar to’plami 5230800 - «Soliqlar va soliqqa tortish» ta’lim yo’nalishi talabalarining «Audit» fanidan mukammal bilim olishlari uchun mo’ljallangan.


Buxgalteriya hisobi va audit

kafedrasi mudiri B.Isroilov





Тuzuvchilar:

Isroilov B.I.







Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi mudiri i.f.d., prof.


Тaqrizchilar:

Muhammadiyev R.



Davlat soliq qo’mitasi Moliya va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari









Mazkur ma’ruza matnlar to’plami Soliq akademiyasi “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasining majlisida muhokama qilingan.



KIRISH

Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustuvor yo’nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiysiyosiy hayotni, jumladan, iqtisodiyotni erkinlashtirish, mulkdorlar sinfini tashkil qilishdan kelib chiqqan holda bir qancha sohalarni, jumladan audit tizimini ham isloh qilishni taqozo etmoqda.

Хo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti yuzasidan xulosa berishda auditorlar o’zlarining shaxsiy, haqqoniy va mutaxassisligi bo’yicha yuqori darajadagi bilimlariga tayanishlari lozim, zero auditorlar tomonidan xo’jalik sub’ektining moliyaviy hisobotlari to’g’risida berilgan beg’araz xulosadan mulk egalari, investorlar, kreditorlar, banklar aksiyalarni sotib olishda va sotishda, kreditlar va qarzlar berish to’g’risida qarorlar qabul qilishda foydalanadilar.

Ma’lumki, so’ngi yillarda auditorlik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga muvofiq, 2000 yil 26 mayda yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida» gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonunni amalga oshirish, auditorlik xulosalari soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olinishini ta’minlash maqsadida 2000 yil 22 sentabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’pisida» gi qarori va boshqa qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi, Auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun attestatsiya o’tkazish va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish tartiblari belgilandi. 20 dan ortiq auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqildi. shuningdek, 2000 yil 7 avgustda O’zbekiston hududida faoliyat ko’rsatayotgan auditorlar va auditorlik tashkilotlarini ixtiyoriy ravishda birlashtiruvchi mustaqil jamoat tashkiloti - O’zbekiston auditorlar palatasi tashkil etildi.

Mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash, bozor islohotlarining yanada chuqurlashtirilishi natijasida yildan yilga salmoqli natijalar qo’lga kiritilib, barqaror iqtisodiy o’sish yo’nalishi mustahkamlanib bormoqda. Bunda hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy siyosatning to’la va izchil amalga oshirilishi, iqtisodiyotning muhim ustuvor tarmoqlarining belgilab berilishi hamda ularni rivojlantirish bo’yicha «Audit» fanini chuqur o’rganish moliya, soliq, bank ishi va boshqa iqtisodiy sohalardagi muammolarni hal qilishda muhim rol o’ynaydi.

Soliqlar va soliqqa tortish yo’nalishidagi mutaxassislar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining ma’no-mohiyatini anglashi, iqtisodiy bilimlarga ega bo’lishi bilan bir qatorda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning byudjet oldidagi qarz majburiyatlarini hisobini yuritish tartiblarini, soliqlar va boshqa majburiy ajratmalar hisob-kitoblarini hamda hisobotlarini tekshirish ko’nikmalarga ega bo’lishi zarur.

SHu jihatdan «Audit» fanini chuqur o’rganish moliya, soliq, bank ishi va boshqa iqtisodiy sohalardagi muammolarni hal qilishda muhim rol o’ynaydi.

Uning asosiy maqsadi - moliyaviy buxgalteriya hisobotlaridagi ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash, sub’ekt faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish, hisob yuritish bo’yicha maslahatlar berish va boshqalardan iborat. «Audit» fanini o’rganish uning turli mulkchilik shakllaridagi korxonalarni tekshirishda tutgan o’rnini tushunish va nazariy bilimlarni amaliy bilimlar bilan boyitishni vazifa qilib qo’yadi.



1-MAVZU: AUDIТ MOHIYAТI, MAQSADI VA VAZIFALARI
REJA:

  1. Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi.

2. Auditorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va vazifalari.

3. Auditorlik tekshiruvining turlari.

4. Хorijda auditorlik faoliyati.
Тayanch iboralar:

(Moliyaviy nazorat, audit, auditning ma’lumot manbalari, auditor, auditorlik tashkiloti, majburiy audit, tashabbusli audit, auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari)
1. Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi

Ma’lumki, har qanday voqea, hodisa, buyum qaysi zamonda va makonda paydo bo’lishidan qat’iy nazar ma’lum zaruriyat tufayli yuzaga keladi. Auditga oid manbalarda ta’kidlanishicha, uni quyidagi shart-sharoitlar keltirib chiqargan:



  • axborot yetkazib beruvchilar (ma’muriyat) bilan axborotlardan foydalanuvchilar (davlat organlari, banklar, aksiyadorlar, kreditorlar) manfaatlarining mos kelmasligi, natijada, ular o’rtasida ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelganida ma’muriyat tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar berilishi;

  • noto’g’ri axborotlarga asoslangan holda xo’jalik qarorlarining qabul qilinishi natijasida noqulay iqtisodiy ahvolga tushib qolinishi yoki inqirozga yuz tutilishi;

  • iqtisodiy axborotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun zarur maxsus bilimlarga ehtiyoj;

  • axborotlardan foydalanuvchilarda ma’lumotlarni bevosita baholash va sifatini aniqlash uchun maxsus malaka, vaqt va materiallarning yetishmasligi va h. k.

Mana shu muammolarni hal qilishga yordam beradigan auditorlik xizmatlari shakllana boshladi. Uning asosiy vazifasi axborotlardan foydalanuvchilarga taqdim qilinadigan hisobotlar to’g’risida xolis fikr-mulohazalar bildirishdir. Auditorlar yetarli bilim va tajribaga, shuningdek, buxgalteriya hisobi hujjatlari va asoslovchi ma’lumotlarni olish huquqiga ega bo’lganliklari uchun bu vazifani malakali darajada bajaradilar. Bundan tashqari, ular korxona ma’muriyatiga bo’ysunmaydigan va uning tazyiqlaridan holidirlar.

Ayrim manbalarga ko’ra buxgalter-auditor kasbi XVII asrning o’rtalarida Yevropaning aksiyadorlik kompaniyalarida aksiyadorlar, kreditorlar va soliq xizmati xodimlari o’rtasidagi munozarali masalalarni hal qilib berish zarurati tufayli shakllana boshlagan. O’sha paytlarda mustaqil faoliyat ko’rsatib, korxonaning ishlab chiqarish moliya faoliyati to’g’risida aniq xulosa beradigan mutaxassislarga ehtiyoj kuchaygan.

Natijada, 1862 yili Angliyada, 1867 yili Fransiyada, 1937 yili esa AQSHda majburiy audit to’g’risidagi qonun qabul qilingan. Hozirgi paytda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda o’zining tashkiliy huquqiy infratuzilmalariga ega bo’lgan audit institutlari faoliyat ko’rsatmoqda.

Auditorlik kasbi turli xil mamlakatlarda turlicha nomlanib kelingan. Masalan, Amerikada jamoatchi-buxgalter, Fransiyada buxgalter ekspert yoki schyotlar bo’yicha komissar, Germaniyada xo’jalik nazoratchisi, yoki kitoblar (Das Buch) nazoratchisi, qator anglosaksoniya mamlakatlarida kompaniyaning moliyaviy faoliyatini nazorat qiladigan taftishchi kabilar.

Auditorlik faoliyatining rivojlanishiga 1929-1933 yillarda jahon iqtisodiy tanazzuli katta turtki bo’ldi. Bu davrda aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa korxonalarning ko’pchiligi inqirozga yuz tutdilar. Natijada hisobotlarni, xususan, balans, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot ma’lumotlarini tasdiqlash tartibini qat’iy belgilash, ularning to’g’riligi va haqqoniyligini mustaqil auditorlar tomonidan tekshirish ehtiyoji yuzaga kelgan.

Audit XIX asr o’rtalarida SHotlandiyada ham vujudga kela boshlagan. Ingliz temiryo’lchilari, sug’urta va boshqa investorlar SHimoliy Amerikaga yo’l olishganida ular bilan birga yirik ingliz sarmoyador (kreditor)larining manfaatlarini himoya qiladigan mustaqil taftishchi-auditorlar ham birga borganlar. 1844 yilda Angliyada aksiyadorlik kompaniyalarining buxgalteriya schyotlarini, aksiyadorlarga beriladigan hisobotlarni yiliga kamida bir marta mustaqil buxgalterlar tekshiruvidan majburiy o’tkazilishini talab qiladigan qonunlar chiqarilgan.

Dastlab auditorlik vazifalari aniq belgilanmagan bo’lib, barcha investorlar, aksiyadorlar, kreditorlar auditorlarni o’zlarining himoyachisi sifatida qabul qilganlar.

Auditorlar haqida ularni aksiyadorlar oldidagi mas’ul shaxslar deb qarash 1929 yilda «Kompaniyalar to’g’risidagi qonun» chiqarilishi bilan o’zgardi. Ushbu qonunga muvofiq barcha kompaniyalar o’zlarining moliyaviy hisobotlarida foyda va zararlarni majburiy ravishda ko’rsatishlari belgilab qo’yildi.

Тarixiy manbalardan ma’lumki, markazlashgan davlatchilikning barpo bo’lishi hamda rivojlanishi natijasida mamlakatni boshqarish uchun hisob, nazorat va moliya ishlariga zaruriyat kuchaygan. Ularning ildizlari insoniyatning uzoq tarixiga borib taqaladi. Masalan, auditorlik professor P. I. Kamishanov ma’lumotlariga ko’ra taxminan eramizdan oldingi 200 yillarda kasb sifatida shakllana boshlagan. Bu paytlarda kvestorlar ya’ni Rim Imperiyasi davrida moliya va sudlov ishlarini olib boruvchi mansabdor shaxslar joylardagi hukumat buxgalterlari ustidan nazorat qilib turganlar. Kvestorlarning hisobotlari Rimga yuborilib, imtihon qiluvchilar tomonidan eshitilgan. «Auditor» lotinchadan «eshituvchi» degan tushuncha ham shundan kelib chiqqan.

Demak, «Audit» tushunchasi lotincha bo’lib, «auditing» - aynan tarjimasi «u eshitayapti», «eshituvchi» degan ma’nolarni bildiradi.

Amir Тemur tuzuklarida ham hisob, moliya va nazorat ishlari mamlakatni boshqarishda muhim vosita bo’lganligi haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Masalan, «Raiyatdan mol-xiroj olish, mamlakatni tartibga keltirish, uning obodonchiligi, xavfsizligini amalga oshiruvchi kishilar tuzugi»da saltanatni boshqarishda hisob va nazorat ishlari haqida shunday deyilgan: «... har o’lkaga uch vazir tayinlashlarini buyurdim. Bulardan biri raiyat uchun bo’lib, undan yig’iladigan soliqlarning undirilishini kuzatib, hisobotini olib borsin. Oliq-soliq miqdori, soliq to’lovchilarning nomlarini yozib borsin va raiyatdan yig’ilgan mablag’ni saqlasin. Ikkinchi vazir sipoh ishlarini boshqaradi. Sipohga berilgan va berilishi lozim bo’lgan mablag’ hisobini olib borsin. Uchinchi vazir esa daraksiz yo’qolgan kishilar, kelib-ketib yuruvchilar (sayohatchilar va savdogarlar), har xil yo’l bilan yig’ilib qolgan hosil, aqldan ozganlarning mol-mulki, vorissiz mol-mulkni, qozilar va shayxulislomlarning hukmi bilan olingan jarimalarni tartibga keltirsin». 1

«Sipohga haq taqsimlash tuzugi»da esa o’sha zamonga xos nazorat tizimi haqida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan: «Mulk qilib berilgan har bir mamlakatga ikkitadan vazir tayinlasinlar. Biri viloyatdan yig’ilgan molni yozib, raiyat ahvolini tekshirib tursinki, jogirdor fuqaroga jabr zulm yetkazib, ularning holini xarob etmasin. U viloyatdan yig’ilgan butun mol ashyolarni kirim daftariga yozishi lozim. Ikkinchi vazir esa (daromad)ning xarj etilgan qismini chiqim daftariga yozsin va (yig’ilgan mollardan) sipohiylarning maoshi uchun taqsim qilsin. Qaysi amirga mulk berilar ekan, uni uch yilgacha o’z holiga qo’ysinlar. Uch yil o’tgandan so’ng uni tekshirib ko’rsinlar. Agar mamlakat obod, raiyat rozi ekan, shu holicha qoldirsinlar. Agar ahvol bunga ters bo’lsa, u viloyatni holisa2ga o’tkazib, uch yilgacha o’sha jogirdorga haq berilmasin»3.

Keyingi 25 yil mobaynida auditorlik faoliyati 3 xil rivojlanish bosqichidan o’tdi:


  1. Тasdiqlovchi audit – bunda asosan hisob registrlari va hujjatlar tekshirildi.

  2. Maqsadli sistemali audit – bu bosqichda muomala (operatsiya)larni nazorat qilish sistemasini kuzatish imkoniyati yaratildi.

  3. Тavakkalchilikka asoslangan audit - sistemani nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlariga baho beriladi.

Maqsadli sistemali audit shakllanishi bilan auditorlar ichki nazorat orqali ekspertiza o’tkaza boshladilar. Buning oqibatida shu narsa isbotlandiki, agar ichki nazorat tizimi samarali tashkil qilingan bo’lsa, xato va kamchiliklarni aniqlash uchun jiddiy tekshirishlar o’tkazishga hojat qolmaydi.

Тavakkalchilikka asoslangan audit yoppasiga yoki tanlov yo’li bilan o’tkaziladigan tekshirish bo’lib, u korxona faoliyati sharoitidan kelib chiqadi va asosan tor doiradagi ob’ektlarni tekshirish bilan yakunlanadi.

Davlat organlarining auditorlik xizmatlariga munosabati turlicha. Masalan, AQSH va Buyuk Britaniyada auditorlik tashkilotlari mustaqil bo’lib, ular auditorlarni o’zlari tayyorlaydilar, tegishli malakaviy unvonlarni beradilar va keyinchalik ham ularning o’z vazifalarini vijdonan, halol bajarishlarini nazorat qilib turadilar. Boshqa Yevropa mamlakatlarida auditorlik faoliyati hukumat organlari tomonidan tashkil qilinadi.

Bozorning kengayishi bilan auditorlik firmalari ko’rsatadigan xizmatlar turlari va hajmlari ham ortib boradi. Ko’plab firmalar odatdagi buxgalteriya hisobiga oid maslahatlar va xizmatlardan tashqari soliqqa tortish, boshqaruv faoliyati va axborotlarni olish texnologiyasi, marketing, moddiy ishlab chiqarish zahiralarini baholash, iqtisodiy rejalashtirish va istiqbolni belgilash, bank va sug’urta ishlari bo’yicha ham xizmat ko’rsata boshladilar.

Bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratning quyidagi tashkiliy tizimidan foydalaniladi:

1. Davlat moliyaviy nazoratining oliy organi schyotlar palatasi yoki davlat bosh auditorlik apparati bo’lib, u bevosita parlament yoki prezidentga bo’ysunadi. Uning asosiy vazifasi davlat byudjetining xarajatlar qismini umum nazorat qilishdir.

2. Soliq boshqarmasi. Hukumatga yoki moliya vaziriga bo’ysunadi, davlat byudjeti daromadlar qismining to’ldirilishini nazorat qiladi.

3. Vazirliklardagi nazorat taftish bo’linmalari byudjet tomonidan mablag’ bilan ta’minlanib, davlat moliyaviy nazoratining oliy organi yoki tegishli vazirlikka bo’ysunadi. Asosiy vazifasi byudjet mablag’larining to’g’ri sarflanishini nazorat qiladi.

4. Mustaqil auditorlik moliyaviy nazorat balans ma’lumotlarining to’g’riligini, amalga oshirilgan muomalalarning qonuniyligini shartnoma asosida nazorat qiladi. Nodavlat sektoridagi korxona va tashkilotlarga ham shartnoma asosida hisob va moliya masalalari bo’yicha maslahat (konsultatsiya) beradi.

Rivojlangan mamlakatlarda mustaqil auditorlik tashqi moliyaviy nazoratning asosiy shakli bo’lib hisoblanadi va u keng profilli taftishchilar tomonidan amalga oshiriladi.

Тurli mamlakatlarda auditni tashkil qilish bilan bog’liq qoidalarni o’rganish shuni ko’rsatadiki, ularda bir-biriga o’xshashliklar mavjud:


  • korxonalar moliyaviy hisobotlarini majburiy audit nazoratidan o’tkazish;

  • auditorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar uchun ma’lum malakaga ega bo’lishi bilan bog’liq talablar.

  • auditorlikka faqat shu mamlakat fuqarolarini tayinlash.

Bu mamlakatlarning har birida auditorlik xizmatlarining soni juda ko’p. Ularning faoliyati shu darajada keng tarqalganligi xalqaro auditorlik tashkilotlarining shakllanishiga olib keldi. Хususan, Diplomli jamoatchi buxgalterlar xalqaro assotsiatsiyasi 147 ta mamlakatda faoliyat ko’rsatadigan 4 mingdan oshiq auditorlik firmalarini birlashtiradi. Хorijiy mamlakatlarning nazorat amaliyotidagi ijobiy tajribalarni o’rganish va yoyish maqsadida 1953 yili BMТ qoshida nodavlat tashkiloti - Oliy Nazorat Organlarining Хalqaro Тashkiloti (INTOSAI) tuzilgan. Bu tashkilotni tuzishga quyidagi omillar sabab bo’lgan:

  • jahon iqtisodiyotida baynalminallashish tendensiyalarining kuzatilishi;

  • biznes va savdosotiqning rivojlanishi;

  • ko’p millatli korporativ operatsiyalarning kengayishi;

  • pul mablag’larini samarali nazorat qilishga intilish;

  • davlat nazoratining kuchaytirilishi va chet el inves-titsiyalarining boshqarilishi.

Buxgalter-auditorlarning professional tashkilotlari jahonning ko’p mamlakatlarida tuzilgan. Jumladan Buyuk Britaniyada Angliya va UELS mamlakatlarida mustaqil buxgalterlar instituti tashkil qilingan bo’lsa, AQSHda diplomli va diplomsiz jamoatchi buxgalterlarning buxgalter-auditorlar jamiyati, Germaniyada Auditorlar palatasi va Auditorlar instituti faoliyat ko’rsatmoqda.

Barcha auditorlik firmalari, xizmatlari o’z faoliyatlarida «Хalqaro audit normalari va qo’shimcha ishlar Nizomi» dan foydalanadilar. Хalqaro audit normalari normativi 29 ishdan iborat bo’lib, unga yana 4 ta qo’shimcha ishlar normativlari ham kiritilgan.

Тashqi audit bilan birga ko’pchilik korxonalarda ichki audit yo’lga qo’yilgan bo’lib, ular ishlab chiqarish xarajatlarining darajasi, rentabellik, tejamkorlik, maqbul rejimga rioya qilish va ko’rsatiladigan xizmatlarning yuqori sifatliligi ustidan nazorat qiladilar.

Firmalarning, shu jumladan auditorlik firmalarining ham bozorda mustahkam o’rin topishida ularning mahsulot (ish, xizmat)larining sifati muhim ahamiyatga ega. Ichki audit transnatsional firmalar ishlab chiqarish-moliya faoliyatining muhim omilidir. Masalan, «Istmen Kodak» oliy sifatli sport mollari sotish va xizmat ko’rsatish bo’yicha jahonda yetakchi o’rin egallaydi. Unda ichki auditning tashkil qilinganiga 60 yildan oshgan. Uning uchun mas’uliyat Rochester (Nyu-York shtati) dagi umumiy audit bo’limiga yuklangan.

Har bir korxona va har bir tadbirkor ular xo’jalik yuritadigan sohada amalga oshiriladigan muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish zarurati bilan to’qnashadilar. Ammo audit nima ekanligini hali ko’pchilik tushunib yetgan emas.

Audit mamlakatimizdagi xo’jalik faoliyatini nazorat va iqtisodiy tahlil qilishning nisbatan yangi yo’nalishidir. Agar G’arb mamlakatlarida audit 150 yildan buyon ma’lum bo’lsa, O’zbekistonda esa, mustaqil faoliyat sohasi sifatida xo’jalik yuritishda davlat monopoliyasidan voz kechish va bozor iqtisodiga o’tish natijasida shakllana boshladi. shuning uchun auditorlik faoliyati rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rganish zarurdir. Тa’kidlash joizki, oldin ham mamlakatimizdagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda xo’jalik faoliyatini nazorat va taftish qilish amalga oshirilgan. Ammo, nazorat va taftish bilan audit tushunchalari bir-birlariga yaqin bo’lsa ham, ularni bitta narsa deb tushunish to’g’ri emas.

Auditorlik bizning tushunchamizdagi xo’jalik faoliyatining tahlili, hujjatli to’liq taftish, balans schyotlarini tekshirish yoki aytaylik, sud-buxgalterlik ekspertizasi emasligiga qaramasdan, auditorlar o’z xizmat vazifalarini amalga oshirish chog’ida yuqorida sanab utilgan ishlar tartibi va hisob hamda nazorat-tahliliy amaliyotning boshqa sohalaridan foydalanadilar.

Audit tushunchasi nazorat va taftish tushunchalariga qaraganda kengroq, chunki u nafaqat moliyaviy ko’rsatkichlar to’g’riligini tekshirishni, balki xarajatlarni maqbullashti-rish va qonuniy asosda foydani ko’paytirish maqsadida xo’jalik faoliyatini yaxshilash bo’yicha takliflar ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Auditni biznesni o’ziga xos ekspertiza qilish deb ta’riflash mumkin. Bunda buxgalteriya hisobi va ichki xo’jalik nazorati shartnoma asosida amalga oshirilib, moliya-xo’jalik muomalalarining qonunchilikka muvofiqligi tekshiriladi (ya’ni hisobot ko’rsatkichlarining haqqoniyligi nazorat qilinadi). shuningdek, noo’rin xarajatlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida ekspert konsultatsiyasi o’tkaziladi.

Biznes bo’yicha ekspert vazifalarini bajarish uchun auditor keng bilim, mahorat va tajribaga ega bo’lishi lozim.

Bizning mustaqil mamlakatimizda auditning dunyoga kelishi va auditorlik firmalarining barpo etilishi asosan, aksiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar va tijorat banklarining tashkil etilishi bilan bog’liq bo’lib, ularning hisobotlari auditor xulosasiz rasmiy maqomga ega bo’la olmaydi.
2. Auditorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va vazifalari.

Har qanday tushuncha, ayniqsa ilmiy atama o’zining mohiyatini ifodalovchi ta’rifiga ega bo’lishi lozim.

Auditorlik faoliyatining ta’rifi o’zining tarixiy taraqqiyot yo’lida turli manbalarda turlicha bayon qilingan. Masalan, professor M.M.Тo’laxo’jayevaning «O’zbekiston Respublikasida Moliyaviy nazorat tizimi» nomli kitobida auditga quyidagicha ta’rif berilgan:

«audit – bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy hisobotini yoki u bilan bog’liq moliyaviy axborotni ushbu hisobot yoki axborotning qonun va boshqa normativ hujjatlarga muvofiqlik darajasi to’g’risida xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etilishidir».

Auditorlik faoliyati va auditorlik kasbining ta’rifi O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida quyidagicha keltirilgan:

Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish va ushbu qonun-ning 17-moddasida nazarda tutilgan professional xizmatlar ko’rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi. (3)

Birinchi ta’rifda auditning tafsiloti keng bayon etilgan bo’lsa, so’ngisida auditorlik faoliyati tekshiruv o’tkazish jarayoni bo’lishidan tashqari professional xizmat ko’rsatish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati ekanligi ham ta’kidlangan.

O’zbekistonda davlat hoqimiyati va boshqaruvi organlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish qonun bilan taqiqlangan.

Auditor – auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir.

Agar auditor auditorlik tashkilotining shtatida turgan bo’lsa yoki auditorlik tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo’lsa, u auditorlik tekshiruvi o’tkazishga jalb etilishi mumkin.

Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganligi, tijorat sirini oshkor etganligi hamda boshqa hatti-harakatlari oqibatida auditorlik tashkilotiga zarar yetkazganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida javobgar bo’ladi (3).

shuningdek, Qonunning 4-moddasiga muvofiq «auditor yordamchisi auditor malaka sertifikatiga ega bo’lmagan va auditorlik hisobotida, auditorlik xulosasida, auditorning ekspert xulosasida hamda auditorlik tekshiruvini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan boshqa rasmiy hujjatda imzo chekish huquqiga ega bo’lmagan tarzda auditorning topshirig’iga binoan auditorlik tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir».

Auditor yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida qayd etilgan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.

Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarni oshkor etmaslik majburiyati auditorning yordamchisiga nisbatan tadbiq etiladi.

Auditorning yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditor malaka sertifikatini olish uchun zarur bo’ladigan ish stajiga qo’shiladi.

O’zbekistonda auditorlik faoliyati mustaqil yuridik shaxs huquqiga ega auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Qonunga ko’ra auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir.


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin