2. “Soliq” tushunchasiga ta’rif bering. A. Soliq deganda davlat byudjetiga undiriluvchi majburiy to‘lov tushuniladi.
B. Soliqlar - davlat va jamiyatning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qo‘yilgan hajmda va o‘rnatilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to‘lovlardir.
C. YUridik shaxslar tomonidan byudjetga undiriladigan majburiy to‘lovlar tushuniladi.
D. Jismoniy shaxslar tomonidan byudjetga to‘lanadigan majburiy to‘lovlar tushuniladi.
E. Soliq deganda davlat byudjetiga undiriluvchi ixtiyoriy to‘lov tushuniladi.
3. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati nimada? A. Davlatning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish.
B. Soliqlar majburiy to‘lovlarni ifoda etuvchi pul munosabatlari.
C. Sohalar o‘rtasida mutanosiblikni ta’minlash.
D. Soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa to‘lovlar hisobi davlat moliyaviy resurslarini tashkil etishda.
E.C va D.
4. Soliqlarning o‘ziga xos belgilarini ko‘rsating. A. Foizlilik, qat’iy va doimiylik.
B. Majburiylik, ekvivalentsizlik, muddatlilik.
C. Majburiylik, qat’iy va doimiylik, foizlilik.
D. Davlat byudjetiga tushishlilik, ekvivalentsizlik.
E.Majburiylik, davlat byudjetiga tushishlilik, qat’iy va doimiylik, ekvivalentsizlik.
5. Soliqlarning ekvivalentsizlik belgisi deganda nimani tushunasiz? A. Soliqlar qat’iy belgilangan va doimiy harakatda bo‘ladi.
B. Soliqlar majburiy bo‘lib, bunda davlat soliq to‘lovchining bir qism daromadlarini majburiy tarzda olinadi.
C. Soliqlar xazinaga davlat byudjetiga tushadi.
D. Davlatga to‘langan soliq summasi to‘lovchining o‘ziga to‘liq qaytmaydi.
E. B va C.
6. Soliqlarning fiskal funksiyasi nimani anglatadi? A. Soliqlar yordamida davlatning moliyaviy mablag‘larni tashkil qilishni.
B. Davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga solishini.
C. Ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom ashyo resurslardan samarali foydalanishga ta’sir ko‘rsatishini.
D. Soliqlar vositasida shakllangan daromadlar haqida axborot bYerishni.
E. Soliq tushumlari ustidan nazorat qilishni.