3. To‘g‘ri soliqning tarifi qaysi javobda keltirilgan?
A. Haqiqiy va huquqiy to‘lovchisi boshqa-boshqa shaxslar bo‘lgan soliq.
B. Haqiqiy va huquqiy to‘lovchisi yuridik shaxs bo‘lgan soliq.
C. Haqiqiy va huquqiy to‘lovchisi bir shaxs bo‘lgan soliq.
D. Haqiqiy to‘lovchisi yuridik shaxs va huquqiy to‘lovchisi iste’molchi bo‘lgan soliq.
E. Huquqiy to‘lovchisi yuridik shaxs bo‘lgan soliq.
4. Soliqlar iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra-…..
A. yuridik va jismoniy shaxslar soliqlari.
B. umumdavlat va mahalliy.
C. shaxsiy va real.
D. bilvosita va bevosita.
E. o‘zgaruvchan va o‘zgarmaC.
5. Soliqlar tizimi bu - ...
A. bir xil mohiyatga ega va o‘zaro munosabatda bog‘liq bo‘lib, markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq va yig‘imlar turlarining yig‘indisi.
B. davlatning soliq sohasidagi barcha tadbirlarni rejalashtirish, qonun, farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash hamda uni tashkil qilishdagi ishlab chiqilgan chora-tadbirlar yig‘indisi.
C. qonun chiqaruvchi idoralar tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlarning tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari yig‘indisi.
D. soliqlarning tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari yig‘indisi.
E. B va D.
6. Qaysi soliq turi soliq to‘lovchining moliyaviy holatini hisobga oladi?
A. Egri soliq.
B. Real soliq.
C. Xususiy soliq.
D. Umumiy soliq.
E. Shaxsiy soliq.
7. Egri soliqlar keltirilgan javobni ko‘rsating.
A. Aksiz solig‘i va mol-mulk solig‘i.
B. QQS, aksiz, bojxona boji.
C. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va yer solig‘i.
D. Real soliqlar.
E. Aksiz solig‘i, foyda solig‘i.
8. To‘g‘ri soliqlar keltirilgan javobni ko‘rsating.
A. Jismoniy shaxslar daromad solig‘i, yuridik shaxslar foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig‘i.
B. Jismoniy shaxslar daromad solig‘i, yuridik shaxslar foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, aksiz solig‘i.
C. Jismoniy shaxslar daromad solig‘i, yuridik shaxslar foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, yer solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i.
D. Yuridik shaxslar foyda solig‘i, resurs solig‘i, mol-mulk solig‘i, davlat boji.
E. Yuridik shaxslar foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, yer solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i.
Dostları ilə paylaş: |