Выпуск журнала № – 20 Часть–4_ Май–2023 129 2181-3187 Tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini va huquqlarini himoyalash
bo‘yicha vakili instituti joriy qilindi. Tadbirkorlarning qonuniy manfaatlari va
huquqlarini himoyalash bo‘yicha vakilning faoliyat yo‘nalishlari hamda asosiy
vazifalari sifatida tadbirkorchilikni rivojlantirish, tadbirkorlarning huquq va manfaatini
himoyalash sohasidagi davlat olib borayotgan siyosatini shakllantirish hamda uni
amalga oshirishda faol ishtirok etish, davlat idoralari, jumladan, nazorat idoralari va
huquqni muhofaza etuvchi organlar tomonidan tadbirkorlarning qonuniy manfaatlariga
va huquqlariga rioya qilinishi bo‘yicha nazoratni amalga oshirib borish,
tadbirkorlarning faoliyati tekshirilayotganida esa ularni huquqiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash kabilar ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat
tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi qonun 16-moddasida tekshirilayotgan xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning huquqlari belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari O‘zbekiston
Respublikasining 2020-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilgan Soliq kodeksi 135-
moddasi ham soliq to‘lovchilar haqida qonun talablarini buzib olingan hujjatlar yohud
boshqa axborotlar mazkur shaxslarni soliq sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir
etganlik yuzasidan turli javobgarliklarga tortilishiga asos sifatida xizmat qilishi
qonunan mumkin emasligini ko‘zda tutadi. Demak, xulosa qilishimiz mumkinki Soliq
kodeksida bu kabi qoidalarning qat’iy belgilab qo‘yilishi soliq nazorati jarayonida
barcha tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlari himoya qilinishining
kafolatlanganligidan darak beradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi, albatta.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli
Qarori bilan tasdiqlangan “Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi
to‘g‘risida”gi Nizomda soliq to‘lovchilarning qonuniy huquq va manfaatlari nazarda
tutilishiga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, ushbu nizomning 3-bob, 17-bandida
soliq tekshiruvlarini o‘tkazish jarayonlarida soliq to‘lovchi bo‘lgan tadbirkorlik
subyektlari bir qator huquqlarga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan. Jumladan, soliq
idorasi xodimining tekshirish bilan bog‘liq masalalarga aloqadorligi bo‘lmagan
talabini bajarmaslik, tekshirishlar o‘tkazish jarayonida o‘z vakili bilan yoki shaxsan
ishtirok etish va boshqalar shu kabi bir qator huquqlarini ta’kidlashimiz o‘rinlidir.