Soliq solishdan jismoniy shaxslarning to’liq ozod qilishi Jismoniy shaxslar daromad solig’idan qisman ozod qilinishi Xulosa Kirish


Jismoniy shaxslar haqida tushuncha



Yüklə 32,88 Kb.
səhifə2/4
tarix14.12.2023
ölçüsü32,88 Kb.
#179498
1   2   3   4
Soliq

Jismoniy shaxslar haqida tushuncha

Ma‘lumki, soliq qonunchiligida soliqqa tortish maqsadida soliq to‘lovchilar ikkiga bo‘lingan, ya‘ni yuridik va jismoniy shaxslarga. Jismoniy shaxslarga – yuridik shaxs maqomini olmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiradi. Jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar ichida budjet tushumlaridan salmoqli o‘rinni egallaydigan soliq bu – jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idir. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – davlat budjeti daromad manbalaridan biri bo‘lib, u umumdavlat soliqlari tarkibiga kiradi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, soliq jismoniy shaxslarning bevosita daromadlaridan olinadi.


Soliq kodeksiga ko‘ra moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni to‘lovchilar hisoblanadi. Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslar rezidentlar va norezidentlarga bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshlanadigan yoxud tugaydigan o‘n ikki oygacha bo‘lgan istalgan davr mobaynida 183 kun yoki undan ko‘proq muddatda O‘zbekistonda turgan jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi. O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarga ularning O‘zbekiston Respublikasidagi, shuningdek undan tashqaridagi faoliyati manbalaridan olingan daromadlari bo‘yicha soliq solinadi. O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lmagan jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha soliq solinadi.
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi soliq solish ob‘ekti hisoblanadi. Soliqqa tortiladigan baza bo‘lib, jismoniy shaxslarning jami daromadidan soliq Moliya vazirligi yillik hisobot materiallari asosida tuzilgan. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i qonunchiligiga ko‘ra belgilangan chegirmalarni ayirib tashlagandan keyingi qoldiq summa hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan, O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning daromad solig‘i summalari O‘zbekiston Respublikasida soliqni to‘lashda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadi. Hisobga olinadigan summalarning miqdori jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan stavkalar bo‘yicha hisoblab chiqarilgan daromad solig‘i summasidan oshmasligi lozim.
Rezident - chet ellik jismoniy shaxsdan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi singari jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq undiriladi. Norezident - chet ellik jismoniy shaxslardan to‘langan joyidan qat‘i nazar O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq undiriladi.


Yüklə 32,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin