307
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun
soliq
9,64
8,71
7,69
8,68
6,80
Suv resurslaridan foydalanganlik
uchun soliq
0,39
0,38
0,35
0,39
0,33
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, O‘zbe-
kis ton Respublikasi davlat budjeti daromadlari yil sayin o‘sib bor-
ganligini kuzatishimiz mumkin. Mol-mulk solig‘i
tushum sum-
masining absolut miqdorlari yillar bo‘yicha oshib borgan bo‘ lib,
uning Davlat budjetining maqsadli jamg‘armalarisiz jami daro-
madlaridagi foizdagi salmog‘i esa nobarqarorlik tendensiyasiga
ega. Jumladan, 2010-yilga borib 2,7 foizni tashkil etgan. 2011-yilda
bu ko‘rsatkich 3,3 foizni tashkil etgan
va kamayish tendensiyasiga
ega. 2014-yilda mol-mulk solig‘ining Davlat budjetining maqsadli
jamg‘armalarisiz jami daromadlaridagi ulushi 2,97 foizni tashkil
qilishi kutilmoqda.
Mol-mulk solig‘ining soliq solish bazasi haqida so‘z yuritganda,
albatta yuridik va jismoniy shaxslarning
mol-mulklaridan olinadigan
soliqning soliq solish bazasi tushuniladi. Yuridik shaxslardan oli-
nadigan mol-mulk solig‘ining soliqqa tortish bazasi mol-mulkning
tarkibi bilan bevosita bog‘liq. Mol-mulk tarkibidan kelib chiqqan
holda yuridik shaxslarning mol-mulklaridan
olinadigan soliqning
soliq solish bazasi quyidagi tartibda aniqlanadi:
a) asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (shu jum-
ladan moliyaviy ijara (lizing)shartnomasi bo‘yicha olingan aso siy
vositalar);
b) nomoddiy aktivlarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati;
v) belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish obyektining
o‘rtacha
yillik qiymati;
g) me’yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalarning o‘rtacha
yillik qiymati hisoblanadi.
Soliq solish bazasida mol-mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiy-
mati muhim ahamiyat kasb etar ekan, uni bilish talab qilinadi. Soliq
308
solish obyektlarining o‘rtacha yillik
qoldiq qiymatini aniqlash
uchun hisobot davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga
ko‘ra soliq solish obyektlarining qoldiq qiymatlari qo‘shiladi. Hosil
qilingan yig‘indi 12 ga bo‘linib soliq solish obyektining o‘rtacha
yillik qiymati aniqlanadi. Soliq solish obyektining o‘rtacha yillik
qiymati aniqlanadi quyidagi formuladan foydalanamiz:
O‘rtacha
yillik
qoldiq
qiymati
31-yanvar
28 (29)
fevral
30-noyabr
31-dekabr
12
=
Mol-mulk solig‘i tushumlarini prognoz ko‘rsatkichlariga so-
liq solish bazasi katta ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari soliq to‘-
lov chilar soni, soliq stavkalarining miqdori ham prognoz ko‘rsat-
kichlarini belgilashda inobatga olinadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining stav ka lari
har yili keyingi moliya yili uchun tasdiqlanadigan asosiy makro iq-
tisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘-
risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida
bel gi lanadi. 2012-yil 1-yanvardan boshlab
yuridik shaxslardan oli na-
di gan mol-mulk solig‘i stavkasi quyidagi miqdorlarda belgi langan.
10–2-jadval
Dostları ilə paylaş: