Soliq statistikasi indd


Yuridik shaxslarning jami daromadi tarkibi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

Yuridik shaxslarning jami daromadi tarkibi
t/r Yuridik shaxslarning jami daromadi tarkibi
1. Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushgan tushum
2. Boshqa daromadlar


157
Jami daromad tarkibiga yuridik shaxs tomonidan olinishi lozim 
bo‘lgan (olingan) ortilgan tovar, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat 
haqlari sifatidagi pul va boshqa mablag‘lar yoki qaytarmaslik sharti 
bilan olingan mablag‘lar kiradi. 
Jami daromadga quyidagilar kiradi:
1. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan, shu 
jum ladan yordamchi xizmatlar tomonidan realizatsiya qilishdan 
qo‘ shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i chegirib tashlangan hol-
da olingan tushum tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qi-
lishdan olinadigan daromaddir.
Vositachilik faoliyatidan olingan daromadlarni hisoblashda yuri-
dik shaxslarning ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinishi lozim bo‘l-
gan haq inobatga olinadi.
Qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-
sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy ishlar bo‘yicha daromad miqdorini 
aniqlashda bajarilgan ishlarning shartnomaviy baholardan qo‘shil-
gan qiymat solig‘i ayrilib tashlanadi.
2. Yuridik shaxslarning boshqa daromadlariga quyidagilar ki-
radi:
– soliq to‘lovchining asosiy vositalari va boshqa mol-mulki 
chiqib ketishidan olinadigan daromadlari;
– mol-mulkni operativ ijaraga berishdan olinadigan daro mad-
lari;
– asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni moliyaviy ijaraga 
berishdan olinadigan daromadlari;
– tekin olingan mol-mulk, mulkiy huquqlar, shuningdek, ishlar 
va xizmatlar;
– inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-mod diy 
zaxiralar hamda boshqa mol-mulk qiymati tariqasidagi daro mad lari;
– hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi daromadlari;
– majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olinadigan daromadlari;
– o‘zganing foydasiga voz kechish shartnomasi bo‘yicha olingan 
daromadlari;


158
– ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning 
o‘rnini qoplash tarzidagi daromadlari; 
– xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan olinadigan daromadlar;
– birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olinadigan daromadlari; 
– undirib olingan yoki qarzdor tomonidan tan olingan jarimalar 
va penya, shuningdek qonuniy kuchga kirgan sud hujjati asosida 
qarzdor tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan jarimalar va penya; 
– kursdagi ijobiy farq; 
– dividendlar va foizlar;
– royalti;
– tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va reali-
zatsiya qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan 
olinadigan boshqa daromadlar.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan boshqa daromadlar qo‘-
shilgan qiymat solig‘i summasi chegirilgan holda aniqlanadi. 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini prognoz qilishda 
o‘r ganilishi talab qilinadigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri – xo‘jalik 
yuri tuvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshi-
rishda qilgan xarajatlari va ularning tarkibidir. 6–3-jadvalga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 141-moddasida 
yuridik shaxslar xarajatlarini guruhlashning umumiy qoidasi bayon 
qilingan. Soliq to‘lovchining xarajatlari chegirib tashlanadigan va 
chegirib tashlanmaydigan xarajatlarga bo‘linadi.
Chegirib tashlanadigan xarajatlar tarikibi O‘zbekiston Respub-
likasi soliq kodeksining 142, 143,144, 145- moddalarida belgilangan 
va ularga quyidagilar kiradi:
– chegiriluvchi moddiy xarajatlar;
– chegiriluvchi mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
– chegiriluvchi amortizatsiya xarajatlari;
– chegiriluvchi boshqa xarajatlar.
Aksariyat hollarda, ishlab chiqarilgan mahsulot, sotilgan tovar, 
ko‘rsatilgan xizmat va bajariladigan ishning ishlab chiqarish tannarxi 
bilan bog‘liq xarajatlar chegiriluvchi xarajatlar hisoblanadi. 


159
6–3-jadval

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin