Yuridik shaxslarning xarajatlari tarkibi
t/r
Yuridik shaxslarning xarajatlari tarkibi
1. Moddiy xarajatlar
2. Mehnatga haq to‘lash xarajatlari
3. Amortizatsiya xarajatlari
4. Boshqa xarajatlar
5. Hisobot davrining soliq solinadigan foydadan kelgusida chegiriladigan
xarajatlari
6. Chegirilmaydigan xarajatlar
Soliq to‘lovchining xarajatlari haqiqatda qaysi soliq davrida
amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha davrda chegirib tashlanadi.
Dastlab moddiy xarajatlarning tarkibini ko‘rib chiqamiz.
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 142-moddasiga
asosan moddiy xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
– xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor
mah sulotlar;
– ishlab chiqarilgan va (yoki) realizatsiya qilinadigan tovarlarni
o‘rash va boshqacha tayyorlash uchun, shu jumladan sotuv oldidan
tayyorlash uchun, boshqa ishlab chiqarish va xo‘jalik ehtiyojlari
uchun materiallar, uskunalar hamda boshqa mol-mulkni ta’mirlash
uchun materiallar va ehtiyot qismlar;
– inventar, xo‘jalik anjomlari, amortizatsiya qilinadigan mol-
mulk bo‘lmagan boshqa mol-mulk;
– soliq to‘lovchining texnologik, transport, boshqa ishlab chi-
qarish va xo‘jalik ehtiyojlari uchun sar
fl
anadigan barcha turdagi
yoqilg‘i, energiya, shu jumladan soliq to‘lovchining o‘zi tomonidan
ishlab chiqarish hamda xo‘jalik ehtiyojlari uchun barcha turdagi
energiyani hosil qilish, binolarni isitish, shuningdek, energiyani bir
shakldan o‘zga shaklga o‘tkazish va uzatish xarajatlari;
160
– yerlarni rekultivatsiya qilish va tabiatni muhofaza qilishning
boshqa tadbirlari uchun xarajatlar;
– belgilangan normalar doirasida suv xo‘jaligi tizimlaridan soliq
to‘lovchilar tomonidan iste’mol qilinadigan suv uchun to‘lov;
– belgilangan normalar doirasida ishlab chiqarish va tashish
chog‘idagi texnologik yo‘qotishlar;
– belgilangan me’yorda tovar-moddiy zaxiralarni saqlash hamda
tashish chog‘idagi yo‘qotishlar va buzilishlar.
Mehnatga haq to‘lash xarajatlariga quyidagilar kiritiladi:
– mehnatga haq to‘lashning qabul qilingan shakllari va ti zim-
lariga muvo
fi
q ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maosh-
laridan kelib chiqqan holda hisoblangan ish haqi;
– ilmiy daraja va faxriy unvon uchun ustamalar;
– predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘lgan fu-
qa rolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalarga muvo
fi
q jismoniy
shaxs larga to‘lanadigan to‘lovlar;
– yuridik shaxsning boshqaruv organi a’zolariga yuridik shaxs-
ning o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar;
– rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar;
– ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash;
– nogironlarga tutilgan qo‘shimcha to‘lovlar.
Amortizatsiya xarajatlariga asosiy vositalar va nomoddiy
aktivlar amortizatsiya ajratmalari kiritiladi.
Ammo ayrim asosiy vosita turlariga ammortizatsiya ajratmalari
amalga oshirilmaydi. 6–4-jadvalga qarang.
Soliq solish maqsadlari uchun har bir kichik guruh bo‘yicha
amortizatsiya ajratmalari amortizatsiya normasini qo‘llash orqali
hisoblab chiqiladi.
Ayrim xarajatlar joriy hisobot davrida soliq solinadigan foydani
hisoblab chiqarishda chegirilmaydi, ular keyingi davrlarda, soliq
to‘lovchining hisob siyosati bilan belgilangan, lekin o‘n yildan
ko‘p bo‘lmagan muddat ichida chegirilishi mumkin.
161
6–4-jadval
Dostları ilə paylaş: |